August 17

Deputat  ta`til  jarayonlarini  o`rgandi

Davlatimiz rahbarining 2025 yil 15 maydagi videoselektor yig`ilishida ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida xalq deputatlari mahalliy kengash deputatlari tomonidan ham o`rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputati Malika Mamadalieva tomonidan tumandagi Ahmadjon Qurbonov hamda Nazar mahalla fuqarolar yig`inlari hududidagi ta`lim muassasalarida “Dolzarb 90 kunlik” yozgi sog`lomlashtirish loyihasi doirasidagi ishlar o`rganildi.

Tumandagi Ahmadjon Qurbonov mahallasida ta`lim muassasalari bilan bu borada hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda yozgi ta`tilda bo`lgan yoshlar sport, axborot texnologiyalari, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarga qatnab o`zlarining bilim va ko`nikmalarini oshirib kelishmoqda.

Shuningdek, mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlikka, sport o‘yinlariga oshno etish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Taniqli shoir va yozuvchilarning ijodiy faoliyati, el suygan aktyor va aktrisalarning faoliyati haqidagi ma`naviy – ma`rifiy suhbatlar yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputati Malika Mamadalieva ushbu mahallaga tashrifi davomida mahalla yoshlari bilan dildan suhbatda bo`lib, mavjud muammolar va erishilayotgan natijalar haqida o`zaro muloqotda bo`ldi.

- Mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi – deydi deputat Malika Mamadalieva. – Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mazkur masalalarga alohida e’tibor qaratildi hamda tegishli vazifalar belgilab berildi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jomboy tumanida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuzatuvlarimiz davomida tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yozgi ta’til davrida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning qobiliyati va iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida turli fan, sport, san’at va hunar yo‘nalishlarida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligining guvohi bo`ldik. Xususan, o`rganishlarimiz davomida tumandagi 31 - umumta’lim maktabida ham ushbu jarayonlar ko‘tarinki ruhda davom etayotganiga guvoh bo`ldir. Maktabda yoshlar ishtirokidagi interaktiv mashg‘ulotlar, sport musobaqalari va ijodiy to‘garaklar qizg‘in tarzda tashkil etilgan.

O`rganishlar jarayonida deputat umumta`lim maktablarining pedagog – xodimlari, mahalla faollari va ota – onalar bilan ham muloqotda bo`lib, kelajak avlod vakillari yoshlarimizni har tomonlama bilimli, sog`lom va intellektual salohiyatli avlod etib kamol topishlari uchun o`zining zarur taklif va tavsiyalarini berdi.

Muhammad BARATOV,

"Mustaqil" gazetasi muxbiri