Korrupsiya jamiyat rivojining kushandasi
Tan olib aytish lozimki, jamiyat va davlat taraqqiyotining asosiy kushandasi soʻzsiz korrupsiya desak, hech ham xato qilmagan boʻlamiz. Bu degani endi gurkurab oʻsayotgan mevali daraxt ildiziga bolta urganday degan gap. Payariq tumanidagi Abu Ali ibn Sino Jamoat salomatligi texnikumida bo`lib o`tgan tadbirda ana shu haqda gap bordi.
Bugungi kunda bu illat nafaqat Oʻzbekiston, balki butun dunyo davlatlari duch kelayotgan eng tuban muammolardan biridir. Korrupsiya orqali jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi.
Texnikum pedagogik jamoasi barcha talaba - yoshlar ishtirokida o`tgan "BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ" shiyori ostida o'tkazilgan ommaviy marafonga faol qatnashdi.
Marafon davomida texnikum direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari A. Komilov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari A. Nasrullayevlar yig`ilganlarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida hayotiy misollar orqali tushunchalar berib, barchani ushbu illatga hamjihatlikda kurashishga chaqirdi.