Vatanga xizmat - yuksak mas`uliyat
Yoş avlod qalbida vatanparvarlik, milliy ğurur va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğularini şakllantiriş bugungi ta’lim-tarbiya jarayonining muhim vazifalaridan biridir. Ana şu ezgu maqsad yölida taşkil etilayotgan «Vatan tayançi» harakati yoşlarda fidoyilik, intizom va mas’uliyat fazilatlarini kamol toptirişga xizmat qilmoqda.
Samarqand şahridagi 58-umumiy örta ta’lim maktabida «Vatan tayançi» otryadi a’zolarining tantanali va’da beriş marosimi kötarinki ruhda bölib ötdi.
Tadbir Markaziy harbiy okrug harbiy orkestri sadolari ostida Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yangraşi bilan boşlandi. Madhiyaning jarangdor ohanglari yiğilganlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini yanada jöş urdirdi.
Marosimning eng hayajonli lahzalarida otryad a’zolari tantanali va’da qabul qilib, Vatanga sadoqat, yurt tinçligi va ravnaqi yölida munosib farzand bölişga ahd etdilar. Şundan söng yoşlarga «Vatan tayançi» kökrak nişonlari va guvohnomalari tantanali ravişda topşirildi.
Tadbirda iştirok etgan harbiy faxriy, iste’fodagi podpolkovnik T. Buriyev hamda mayor M. Haydarov sözga çiqib, yoşlarni uşbu unutilmas kun bilan samimiy tabrikladilar. Ular Vatanga muhabbat, harbiy-vatanparvarlik, intizom va mas’uliyat har bir yoşning hayotiy mezoniga aylanişi lozimligini ta’kidlab, öquvçilarga kelgusi öqişlari va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.
Tantanali marosim yakunida harbiy orkestr ijrosidagi jöşqin kuy-qöşiqlar tadbirga yanada kötarinki kayfiyat bağişladi.
Darhaqiqat, bugun tantanali va’da bergan öquvçilar uçun bu kun şunçaki kökrak nişoni va guvohnoma oliş marosimi emas. Bu — Vatan oldidagi mas’uliyatni çuqur anglaş, el-yurt işonçini oqlaş va kelajakda munosib fuqaro bölib voyaga yetiş sari qöyilgan muhim qadamdir. Zero, Vatan ravnaqi, avvalo, unga sadoqatli, bilimli va fidoyi yoşlar qölidadir.
Samarqand şahridagi 58-umumiy örta ta’lim maktabi ÇQBT rahbari