June 21

Bola tafakkuriga haykal siymosi orqali kirib borish

Bugungi kunda ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat yuridik va tashkiliy choralarni, balki ma’naviy-ma’rifiy yondashuvlarni ham talab etmoqda. Ayniqsa maktabgacha ta’lim tizimida bu muammoni dolzarbligi bilan ajralib turadi. Chunki bolalikda shakllangan qadriyatlar, keyingi hayotda shaxsning axloqiy tayanchiga aylanadi. Shu nuqtayi nazardan haykaltaroshlik san’atini tarbiyaviy vosita sifatida qo‘llash korupsiyaga qarshi ongni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Haykaltaroshlik insoniyat tarixida qadimdan buyon estetik va ma’naviy qadriyatlarini ifodalash vositasi bo‘lib kelgan. Haykallar orqali milliy qahramonlar, adolatparvar shaxslar, halollik timsollari avlodlarga yetkazilgan. Bolalar bu kabi haykallar orqali ma’naviy mezonlarni ongli ravishda qabul qiladi.

Amir Temur, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur kabi shaxslar haykallari orqali bolalarda milliy g‘urur, adolat va mehnatsevarlik g‘oyalarini shakllantiriladi. Bu esa korrupsiyaning tub sababi bo‘lgan axloqiy inqirozning oldini olishga xizmat qiladi. Estetik tarbiya bolaning ruhiy va axloqiy kamoloti uchun muhim san’at, xususan haykaltaroshlik bilan tanishish, bolalarda go‘zallikka, to‘g‘rilikka va poklikka intilish hissini kuchaytiradi. Shu asosda shakllangan shaxsiy immunitet, kelajakda korrupsiyaga qarshi ongli kurashuvchi avlodni tarbiyalaydi.

Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar san’at asarlari orqali “To‘g‘ri yo‘l”, “Halol mehnat”, “Vijdon” kabi tushunchalarni o‘zlashtiradi. Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi boshqaruv mexanizmlarini faqatgina huquqiy yondashuvlar bilan emas, balki madaniy-ma’rifiy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish muhimdir.

Haykaltaroshlik asarlari orqali muhitida ijobiy-ahloqiy aura yaratiladi, halollik kuni kabi targ‘ibot tadbirlari ko‘rgazma shaklida tashkil etiladi, Ta’lim tashkiloti ijtimoiy va madaniy markazga aylanadi.

Bu esa tizimda ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazoratining kuchayishiga olib keladi.

Adolat tarozisi tutgan haykal - bu ko‘plab madaniyatlarda adolat, tenglik, hallolik va qonun ustuvorligini ifodalaydi. Odatda bu haykal adolat mezoni har bir odamning ishi, harakati yoki aybi bir xil mezon bilan og‘irsizlik va tarafkashliksiz baholanadi. Tarozilar odatda ikki pallali bo‘ladi. Bu ikki tomonlama baholashni, ya’ni barcha tomonlarning dalillarini teng o‘rganishni bildiradi. Ko‘zi bog‘langan ayol xolis, ya’ni shaxs lavozim yoki boylikka qarab hukm qilmasligini anglatadi. Ayol siymosi mehr-shavqat bilan adolat uyg‘unligini bildiradi. Qo‘lidagi qilich - adolat qarori qat’iy kuchga ega ijro etilishi shart. Qonun buzilgan bo‘lsa jazolash kuchi mavjud.

Adolat tarozisi bolalarda halollik, xolislik va adolat kabi qadriyatlarini shakllantiradi. Korrupsiyaga qarshi ongni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Hech kim qonundan yuqori emasligini eslatib turadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bu haykal yoki uning ramziy tasviri orqali tarbiyalanuvchilarga to‘g‘ri va noto‘g‘ri, haq va nohaqlik tushunchalarini estetik yo‘l bilan yetkazadi.

Bir so‘z bilan aytganda haykaltaroshlik asarlari orqali tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish - innovatsion va samara beruvchi usullaridan biridir. Maktabgacha ta’lim bosqichida bolalarga milliy qadriyatlar, halollik, poklik va adolat tuyg‘ularini singdirish orqali kuchli ijtimoiy ong shakllanadi. Bu esa korrupsiyaga qarshi boshqaruv mexanizmlarining barqaror ishlashiga zamin yaratadi.

Fotima Toshpulatova,

Nurobod tumanidagi 20-DMTT direktori