May 30

Pedagogik mahorat izlanish ijodiy mehnat  mahsuli

Uzluksiz ta'lim tizimini amalga oshirish jarayoni g'oyat murakkab jarayondir. Yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashda ko'p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bo'lgan pedagoglar bilangina amalga oshirish mumkmligini ta'kidlash lozim.

Shunday ekan, o'qituvchilik bu san'atdir. Bu san'atga osongina erishib bo'lmaydi. Haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar, salohiyatli, bilimli, zamonaviy mahoratga ega, mustaqillik g'oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan kishilargina erisha oladilar.

Pedagogik mahorat bo'lish bu tug'ma talant yoki nasldan-naslga o'tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat, mashaqqat yotadi.

Bo'lajak pedagog doim harakatda, izlanishda, har jabhada faol har bir sohaga oid bilim va malakaga ega bo'lishi lozim.

Pedagog pedagogik faoliyatda muvofaqiyatga erishishi uchun avvalo o'zi tarbiyalangan, innovatsion kasbiy bilimga ega, kuchli ta'sir etuvchi, ergashtira oluvchi qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Shundagina jamiyatning ijtimoy vazifalarini ijobiy hal eta oladi va u quyidagi shartlar asosida faoliyat yuritishi lozim.

- kasbiy faoliyatni tashkil etishda yangicha yondashuv

- ilg'or va ijodiy izlanuvchanlik

- demokratik boshqaruvni egallashi

- ta'lim oluvchining erkin fikrlashiga sharoit yaratish

- bola shaxsiga xurmat bildirish

- pedagogning nutq madaniyati.

Malakali pedagoglarni tarbiyalash jarayonining muvaffaqiyati sifatida ma'naviy-axloqiy sifatlarga ham e'tibor qaratish muhim sanaladi. Chunki yosh avlodni har jihatdan kamol toptirishda bu sifatlarning o'rni beqiyosdir.

Bo'lajak pedagog asosan nutq madaniyatiga etibor qaratishi lozim. Uning nutq texnikasi mukammal, fikrlari teran va nutqi ravon, aniq va tushunarli bo'lishi muhum. Chunki nutq va unda ifodalangan so'z kishiga ta'sir etuvchi qudratli psihologik kuchga ega. U mazmuni bilan, so'zlovchining aytilayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham ta'sir darajasi va qudratini yanada orttirish mumkin. Bolaga nutq orqali tasir o'tkaza olish kabiy faoliyat jarayonida yaxshi natija beradi. Har bir ta'lim oluvchining, shaxsiy qobiliyatlariga tayangan holda, intellektual salohiyatini hisobga olgan holda yondashiladigan bo'sagina ta'limiy faoliyat o'z maqsadiga erishadi. Ta'limiy faoliyat, kasbiy faoliyat muvaffaqiyati kaliti bu nutq madaniyati desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bundan tashqari pedagog tashkilotchilik qobilyatiga ham ega bo'lishi, to'g'ri qaror qabul qilishni bilishi, diqqatni teng taqsimlash qobiliyatiga ega bo'lishi, ta'limni bolaga moslashtira olishi, har bir bolaga uning menligini inobatga olgan holda individual yondosha olishi muhum sanaladi.

Pedagog mahoratli bo'lsagina ta'lim oluvchiga ijtimoiy ta'limiy muhitni yarata oladi, ta'limni aynan bolaga moslashtira oladi, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olgan holda ta'lim jarayonlarini tashkil eta oladi. Bola shaxsini hurmat qilish, ta'lim jarayonida holislilik, izchillik va tizimlilik, naan'anaviylik, kreativlik pedagogik yarayonni yaxshilashga xizmat qiladi.

Bo'lajak pedagog ham shaxsiy, kasbiy hamda maxsus kompetensiyalarga ega bo'lmog'i lozim.

Shahodat Primova,

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi

84-umumta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi