July 21

"Dolzarb 90 kun": yoshlar iqtidori yuksalmoqda

Ma’lumki, shu kunlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlariga faol jalb qilish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida yoshlarimiz ta’tilni foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazmoqda. Loyiha doirasida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman Yoshlar markazida "Barkamol avlod" bolalar maktabi o`quvchi-yoshlari tomonidan "Barkamol avlod — yurt kelajagi" shiori ostida ijodiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayramona kayfiyatda bezatilgan sahnada yettita yo‘nalish bo`yicha chiqishlar qilinib. ishtirokchilar tomoshabinlarga o‘zlarining iqtidor, tafakkur va ijodiy mahoratlarini namoyon qilishdi.


O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan rang-barang sahna ko‘rinishlari, yaratilgan ijodiy ko‘rgazmalar, shaxmat-shashka bellashuvlari, qo‘shiqlar ijrochiligi, sport bellashuvlari, raqs va teatrlashtirilgan tomoshalar ishtirokchilar olqishiga sazovor bo`ldi.
"Dolzarb 90 kun" doirasida o`tgan ushbu ijodiy bayram — bu farzandlarimizning qalbida jo‘sh urayotgan orzu va rejalarini ro‘yobga chiqarish va kelajakka dadil qadam tashlashiga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘ldi.

Gulchehra ISROILOVA,

Sharof Rashidov tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori