“Dolzarb 90 kun”: o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli o`tmoqda
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Samarqand viloyati Samarqand tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan ham bir qator tadbirlar o`tkazilib kelinmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi pedagoglar uchun juda muhim tashabbus bo‘ldi. Bolalar to‘qqiz oy davomida maktabda tahsil olib charchagan bo‘lishadi, shu bois yozgi ta’til kunlarini mazmunli, maroqli va sog‘lom o‘tkazishlari muhim.
Yozgi ta’tilni samarali tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning asosiy maqsadi — ota-onalar ishda bo‘lgan paytda bolalarning vaqtini uyda bekor o‘tkazishining oldini olishdir. Shu sababli har bir maktabda kunduzgi oromgohlar tashkil etilib, ularda sport, rassomchilik, shaxmat, shashka kabi sakkizga yaqin yo‘nalishda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Maktabimiz pedagog-xodimlari tomonidan nafaqat "Barkamol avlod" maktabida, qolaversa tumandagi barcha umumta`lim maktablarida raqs, estrada xonandaligi, aktyorlik, tasviriy san’at, cholg‘u ijrochiligi, kashtachilik, ekodizayn, tasviriy sanʼat, to‘qish" hamda shaxmat to'garaklari bo‘yicha bolalar va yoshlar uchun ko‘plab mashg`ulotlar olib borilmoqda. “Ochiq eshiklar kuni”, “Nafosat malikasi”, “Sog‘lom oila — yangi O‘zbekiston tayanchi” kabi loyihalar bo`yicha ishlar olib borilmoqda.
“Dolzarb 90 kun” dasturi yozgi ta’tilni nafaqat dam olish, balki o‘quvchi-yoshlar uchun o‘sish, o‘rganish, rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari yo‘l sifatida qaralayotganini ko‘rsatmoqda. Mazkur tashabbus kelajak avlodning sog‘lom, bilimli va faol bo‘lib ulg‘ayishi uchun muhim zamin yaratadi.