Aholi muammolariga elkadosh deputat
Bugungi kunda aholi, xususan, saylovchilar bilan doimiy muloqot qilish, ularni o'ylantirayotgan masalalarni hal etish deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatining ustuvor yo'nalishiga aylandi.
Deputatlar saylov okruglaridagi faoliyati davomida Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning borishini, yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini etkazmoqda.
Xususan, xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Lobar Nosirova ham xalq bilan muloqot qilish, joylardagi mavjud muammolarni mahallabay, xonadonbay o'rganish maqsadida tumandagi Bogʻbon mahallasidagi Ayronchi qishlogʻi hamda Ravon koʻchasida yashovchi aholi bilan yuzma-yuz muloqotda bo'ldi.
Muloqot jarayonida Ravon ko`chasi aholisi ko`chaga o`rnanilgan elektr simyog`ochlarini ayrimlari yaroqsiz ahvolga kelib qolganligini, bir necha bor tuman Elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilingani lekin natija bo`lmayotganini aytishib, shu muammoning echimi bo`yicha amaliy yordam so`radi. Deputat bu masala bo`yicha deputatlik so`rovi yuborib masalaga echim topishga va`da berdi. Maqolani tayyorlash jarayonida dtputatlik so`rovi bo`yicha aholi muammosi hal etilib Ravon ko`chasidagi 6 ta eskirib ketgan simyog`ochlar beton to`sinlarga almashtirilganini xabar berishdi.
Lobar Nosirova tumandagi 11 hamda 84 - umumta`lim maktablarining bitiruvchi yoshlari bilan ham uchrashib ularning orzu intilishlari, kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha tushuntirishlar berib, ularning kelgusidagi hayot yo`llari bo`yicha o`zining taklif va tavsiyalarini berdi.