December 27, 2024

Kasbiy rivojlantirish soati muhim mashg`ulot

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati”tadbirlari bosqichma-bosqich o`tkazilib kelinmoqda.

“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarida mentor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.

Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi tasarrufidagi 36- umumiy o`rta ta`lim maktabida Tabiiy fanlar ''Kasbiy rivojlantirish kuni '' - ''Kasbiy rivojlantirish soati '' doirasida maktab yetakchi o'qituvchisi Yulduz Amonova tomonidan trening mashg`ulotlari o'tkazildi. Mashg`ulotda 6 nafar fan o'qituvchilari qatnashdilar. Mashg`ulot davomida Hamroyeva Oygul, Hakimova Charos, Urinov Ismat,Aliqulova Kifoyat, Ostanaqulov Jo'rabeklar o`z bilim va ko`nikmalarini oshirdilar.