September 3

Mavsum taassurotlarga boy bo‘ldi

Yurtimizda yozning issiq kunlari boshlanishi bilanmaktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumiga start beriladi. Bu o‘sish va rivojlanishda bo‘lgan bolajonlarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish uchun qulay mavsum.

Mavsum boshlanishi munosabati bilan bizning Samarqand tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 18-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotimizda ham bir qator mazmunli va namunali tadbirlar o‘tkazilib, kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarga har tomonlama g‘amxo‘rliklar ko‘rsatildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan joriy yil bog‘chalarda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini sifatli va samarali o‘tkazish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, mutaxassislarning taklif va tavsiyalariga asosan bolajonlarni intellektual salohiyatli, jismonan sog‘lom bo‘lib rivojlanishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Bu bo‘yicha ta’lim tashkilotimizning barcha guruhlarida mavsumni samarali o‘tkazish maqsadida zarur chora-tadbirlar olib borilib, qizg‘in tayyorgarliklar ko‘rildi. Tarbiyachi – pedagoglarimiz tomonidan har bir o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar ochiq osmon ostida o‘tkazilib, tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda o‘n kunlik mavsumiy taomnoma asosida sog‘lom ovqatlantirilish e’tibor markazimizda bo‘ldi.

Bundan tashqari, yozgi mavsumda bolajonlar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etildi. O‘yin maydonchalarining bayramona yasatilishi ham bolajonlarda estetik did va ma’naviy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Mavsum davomida mavzuli rejalashtirish asosida hafta va oy nomlaridan kelib chiqib, tarbiyachilar ochiq havoda turli o‘yinlarni tashkil etildi.

Ayniqsa, bolajonlar uchun tashkil etiladigan chiniqtirish muolajalari – quyosh vannasi, massaj yo‘laklari, havo vannasi, suv havzalarida cho‘milishlari ularni sog‘lom o‘sishlariga katta jarayon bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda mavsum bolajonlarimiz uchun katta taassurotlar va quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi.

Manzila SALIMOVA,

Samarqand tuman 18-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori