Mudofaa ishlari vaziri Pastdarg`omdagi "Jasorat maktabi" ga bordi
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga asosan respublikamizdagi bir qator maktablar "Jasorat maktabi"ga aylantirilmoqda. Pastdarg`om tumanidagi 82-maktab ham ana shunday maktabga aylantirilmoqda.
Taʼmirlash ishlari yakunlangan sinf xonalari, harbiy anjomlar va devoriy suratlar unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida mustahkam hayotiy qarash va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak masʼuliyat tuyg‘usini shakllantiradi.
Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov tuman hokimi Sherzod Raxmanov hamda masʼullar hamrohligida ushbu maktabda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Maʼlumot uchun, bu kabi harbiy taʼlim muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasi yo‘nalishidagi fanlar o‘qitiladi va shu bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tiladi.
Albatta, bunday dargohlarning barpo etilishi yosh avlodni har tomonlama yetuk bo‘lib kamol topishi va Milliy armiyamizni yana-da qudratli bo‘lishida alohida o‘rin tutadi.
Tanishuv mobaynida tashkil etilgan sinf xonalar haqida iliq fikrlar bildirilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Muzaffara ABDIEVA, Pastdarg`om tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi mudiri