August 25

Ta’til  yoshlarimiz uchun mazmunli va maroqli bo‘ldi

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan bu yilgi yozgi ta’til har yilgidan o‘zgacha kayfiyat va ruhiyatda o‘tdi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Pastdarg‘om tuman 4-son politexnikumida qisqa muddatda yoshlarimiz ongu tafakkurida muhim o‘zgarishlarni yuzaga keltira oldi.

U oddiy “yozgi mashg‘ulotlar rejasidan” tubdan farq qiladi: bu loyiha yoshlar hayotiga mazmun, intilish va maqsad olib kirdi. Loyiha faqat yozgi mavsum tadbiri emas, bu — yoshlar salohiyatini uyg‘otuvchi, ularni jamiyatga integratsiyalovchi ijtimoiy mexanizm bo‘lib xizmat qildi. Bu orqali yoshlar uchun imkoniyatlar eshigini ochdi. Ularni kasb, til, ma’naviyat va sport bilan bog‘ladi. Ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minladi. Jamoa mas’uliyatini oshirdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ta’lim muassasalari nafaqat bilim beruv­chi markaz, balki jamiyatga foydali shaxs yetishtiruvchi tarbiya o‘chog‘i bo‘lishi kerak. Biz pedagoglar oldimizga ana shunday ezgu maqsadlarni qo‘ygan holda astoydil faoliyat olib bormoqdamiz.

585 o‘ringa mo‘ljallangan politexnikumimizda o‘quvchilar 6 ta yo‘nalishda kasb-hunar o‘rganib kelishmoqda. Tikuvchilik, payvandlovchi, traktor mashinist, elektromontyor, avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash, avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat ko‘rsatish kasblari bo‘yicha 714 nafar o‘quvchilar ta’lim olib kelishmoqda.

“Dolzarb 90 kun” doirasida politexnikumda o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 24 ta fan va sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilib, ushbu to‘g‘raklarga 300 dan ortiq o‘quvchilar jalb etildi. Loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida politexnikum o‘quvchilari va hududdagi “Chortut”, “Balxiyon”, “Kamolot” mahallalarining uyushmagan yoshlarini jalb qilgan holda ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, sport-sog‘lomlashtirish kabi bir qator keng ko‘lamli tadbirlar fvflga oshirildi.

“Dolzarb 90 kun” davomida har kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha chet tili fanidan va kitobxonlik, sport hamda kasbiy fanlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilib yoshlarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashildi. Buning uchun ta`lim dargohimizda yoshlar uchun barcha shart sharoitlar yaratildi. Shu o‘rinda aytmoqchimanki, Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga joriy etilgan ushbu muhim loyiha yoshlarimiz hayotida katta o‘zgarishlarga asos bo‘ldi.

Dilnoza NURMAMATOVA,

Pastdarg`om tumanidagi 4-son politexnikum direktori o‘rinbosari