Kun tartibida ekologiya mavzusi
Oqdaryo tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida "Turizm va ekologiya", "Tabiatga sayohat" mavzusida to'garak rahbarlari o`rtasida trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
Treningda "Turizm va ekologiya" yo'nalishi uslubchisi Zoxida Uralova va Iqtidorli bolalar bilan ishlash yo'nalishi uslubchisi Lutfiya Jabborovalar tomonidan o`quvchi - yoshlar qalbida ona tabiatga muhabbat ruhini shakllantirish, ularni atrof muhit musaffoligi, ekologik muvozanatga bee`tibor bo`lmaslikka o`rgatib borish bo`yicha mashg`ulotlar o`tildi.
Trening yakunida uch daqiqalik Iayfxak guruhlar o'tasida o'tkazilib joyida g'olib guruhlar aniqlanib baholandi va barcha to'garak rahbarlari o'z fikrlarini bildirib o'tdilar .
"Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori Sevara Muxammadiyeva trening yakunida uslubchi va to'garak rahbarlarini fikrlarini tinglab, o'z fikr va mulohazalarini bildirdi. Kelgusida har bir to`garaklar bo`yicha tajriba almashinuvni yo`lga qo`yishga kelishib olindi.
🖌Оqdaryo tuman "Barkamol avlod"bolalar maktabi Axborot xizmati.