August 7

Yoz taassurotlarga boy o`tmoqda

Samarqand tumanidagi 22-sonli DMTT da yoz mavsumi munosabati bilan o`tkazilib kelinayotgan tadbirlar o`z mazmun - mohiyatiga ko`ra bolajonlarda katta tassurot qoldirmoqda.

Sport -sog`lomlashtirish mashg`ulotlarida tarbiyalanuvchilar turli yozgi sport o`yinlariga jalb etilmoqda. Qum va suv o`yinlari, quyoshda toblanish mashg`ulotlari ularni chiniqishida ayni muddao bo`lmoqda.
Ta`lim tashkilotimizning "Yozgi sahnasi"da o`tkazilayotgan turli ma`naviy - ma`rifiy tadbirlar bolajonlarga yanada o`zgacha zavq ulashmoqda. Ayniqsa, milliy ertaklar namoyishi, milliy liboslar ko`rgazmasi kabi chiqishlar ularda milliy urf-odatlarimizga mehrini oshirmoqda.

Yoz mavsumi bo`lganligi uchun vitaminlarga boy mevalar olamiga sayohatlar uyushtirilmoqda. Bolajonlarga har xil mevalar haqida atroflicha ko`rgazmali ma`lumotlar berilib, ularning foydali jihatlari haqida hayotiy misollar orqali tushunchalar berilib borilmoqda.

Olib borilayotgan mashg`ulotlar jarayonida tayyorlov guruhi tarbiyachisi Parvina Samadova, katta guruh tarbiyachisi Manzila Abdullaeva, 2-katta guruh tarbiyachisi Bahora Ma`rufova kabi tarbiyachilar o`z faolliklarini namoyon etib kelishmoqda.
Asosiysi tashkilotimizda o`tayotgan yozgi mavsum o`z mazmun - mohiyati bilan bolajonlarimiz olamida unutilmas lahzalarga boy bo`lmoqda.

Dilnoza G`ANIEVA, Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi 22-son DMTT direktori o`rinbosari