May 18

Jonajon maskanim, rozimiz sendan

Har qanday inson hayotida ilk ta`lim olgan maskan, undagi kechinmalar bir umrga muhrlanib qoladi. Tarbiyachi opalarning mehri ila voyaga eta boshlagan bolakay uchun sevimli maskani bilan xayirlashmoq naqadar hayajonli.

Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 63-son davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida ana shunday hayajonli daqiqalarga boy bo`lgan "Xayr bog`cham, salom maktab" ma`naviy-ma`rifiy tadbiri bo`lib o`tdi.
Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, ota-onalar va jamoatchilik vakillari bog`cha bilan xayrlashayotgan bolajonlarga oq yo`l tilab, ta`lim dargohida olgan bilimlari va iste`dodini o`zlari ta`lim oladigan maktablarida takomillashtirib borishlariga omad tiladi.

Tadbirda bolajonlar o‘z tashkilotida o‘rgangan bilimlari uchun o‘z ustozlariga minnatdorchilik bildirib, ustoz, bog‘cha va maktabni tarannum etuvchi she’r, qo‘shiqlar ijro etib, ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Bundan tashqari jajji bolajonlar tadbirda buyuk siymolar ko‘rinishi, ertakdan parchalar, she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro qilishdi.

Tadbir so‘ngida o‘z kasbining fidoyisi bo`lgan ta`lim tashkiloti tarbiyachisi Gulrux Boynazarova ta`lim tashkiloti rahbariyati tomonidan munosib rag`batlantirildi. "Yil tarbiyachisi" kurik tanlovining "Yilning eng yaxshi ijodkor - ixtirochi tarbiyachisi" nominatsiyasiyasi bo`yicha Samarqand shahar bosqichi g`olibi G.Boynazarovaga tarbiyalanuvchilarning ota-onalari tomonidan minnatdorchilik bildirilib, o`z tashakkurlarini izhor qildilar.

Dilshoda UZOQOVA,

Samarqand shahridagi 63-son davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti direktori