November 18, 2024

Toyloqda qabulxonaga rahbar tayinlandi

Toyloq tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Mamatjon Turdiyev, tuman hokimi Baxodir Bobonazarov, sektor hamda korxona tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushayotgan murojaatlar ijrosi, fuqarolar bilan hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda echimini topayotgan muammolar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining farmoyishiga asosan, uzoq yillardan buyon hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelayotgan Ziyodillayev Zayirjon Fazliddinovich Prezidentning Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri vazifasiga tayinlanganligi eʼlon qilindi.