January 11

Kim Vatanga sodiq boʼlsa – mendirman oʼsha  

Pastdarg`om tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi tasarrufidagi 65-son davlat maktabgacha ta`lim tashkilonida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Kim Vatanga sodiq boʼlsa – mendirman oʼsha!" mavzuida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ona Vatan himoyasi barchamiz uchun hamisha sharafli va muqaddas burch hisoblanadi. Bu vazifani ado etishda yurtimizning himoyachilari boʼlgan Qurolli kuchlarimiz tomonidan halqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari davlatimiz siyosatining muhim va ustuvor yoʼnalishlaridan biri boʼlib kelmoqda.Bu kabi eʼtibor va eʼtirof masʼuliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bagʼishlaydi.

Bayram tadbirida so`z olgan ta`lim tashkiloti direktori Shoira Uralova dastlab bolajonlarga ana shu tushunchalar haqida sodda va ravon hayotiy misollar orqali tushuntirish berib, shu yurt, shu Vatan tinchligi, osoyishtaligi va daxlsizligi kelgusida siz bolajonlar qo`lida, deya ularga yuqori kayfiyat ulashdi.

Tadbir doirasida bolajonlarning maxsus tayyorgarlik chiqishlarida yurtga sadoqat tuygʼularini kamolga yetkazish, ularni oʼz xalqiga, Prezidentiga va Vataniga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarda mardlik, jasurlik, qatʼiyat, kuch-gʼayrat, intizom kabi qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan fazilatlar o`z aksini topdi.

Muxtasar qilib aytganda, tinchlik bor joyga bayramlar-tantanalar yarashadi. Jannatmakon diyorimizda ushbu tinchlikni taʼminlab kelayotgan harbiy xizmatchilarni hayoti tadbir mohiyatidan kelib chiqib murg`ak bolajonlar qalbida yana bir bor gavdalandi.

Shexroz BARATOV,

"Mustaqil" muxbiri