Mental arifmetika san’at va aql-idrokni rivojlantiradi
522+145+398-573+847=? Ushbu matematik amalni bir necha soniyada yodda yecha olasizm? Sizning farzandingiz uddalaydi. Bizning hayotdagi omadimiz ko‘p holda bizning aql-idrokimizga bog‘liq. Mental arifmetika bu san’at va aql-idrokni rivojlantiruvchi mashg‘ulotdir. Ushbu mashg‘ulot yordamida bolalar nafaqat o‘qis-o‘rganishda muvaffaqiyatga erishadilar, balki hayot motivatsiyasi (ichki turtki)ga ega bo‘lib, maqsadga iltinuvchan bo‘ladi.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13-son davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida ushbu dastur bilan ishlash puxta yo‘lga qo‘yilgan. Qo‘shimcha to‘garak sifatida haftasiga uch kun yo‘lga qo‘yilgan aqliy mashg‘ulot qisqa fursatlarda tarbiyalanuvchilarda o‘zining ijobiy samarasini bera boshladi.
Arifmetikaning ushbu turi yordamida bolalarga kalkulyatordan tezroq hisoblashni o‘rgatish, ularning ijodiy salohiyati, tahlil qilish va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Bu esa miya faoliyatini keng miqyosda rivojlantirishga yordam beradi, bolalarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, xotirani kuchaytiradi, konsentratsiya va ijodkorlik kabi asosiy ko‘nikmalarini yanada yaxshilaydi.
- Mental arifmetika — bu yuqori sifatli dastur bo‘lib, matematik amalni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o‘rgatadi va diqqatni jamlash, tasviriy xotira ijodiy fikrlash, tinglash va kuzatuvchanlik, tasavvur qilish, mantiq, analitik fikrlash kabi qobiliyatlarni rivojlantirmoqda, - deydi ta`lim tashkiloti direktori Dilfuza Mahkamova. – To`garak rahbari Madina Shonazarova haftada uch kun mashg`ulotlar olib bormoqda. Bolajonlarimizda rivojlanish ko`rsatkichi yaxshi. Hozirda ota-onalarda ham farzandlarini ushbu mashg`ulotga qo`yish istagi ortmoqda.
Ta`lim tashkilotida hozirda 2 ta guruhda 45 nafar tarbiyalanuvchilar mashg`ulotlarga qatnamoqda. Bolajonlarning faolligi va dasturni o`zlashtirishi ijobiy samara berayotganligi bois tuman, viloyat miqyosidagi bellashuvlarda yuqori natijalar qo`lga kiritilmoqda.
Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida “ZIYO SAM AKADEMYASI” ning tashabbusi bilan mental arifmetika bo`yicha bo`lib o`tgan ochiq chempionatda maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari yuqori natijani qo`lga kiritdi.
Jamolova Esma, Aktamova Anora, Sobirova Imona, Nishonova Nuryalar faxrli 3-o‘rinni qo`lga kiritib Dubayga 10 dollarlik, Sarimsoqov Islombek, Nematov Islombek, To‘rayev Murodullo, Lapasov Imronbeklar 2-o‘rinni egallab Dubayga 20 dollarlik, Nurilayeva Mumtoza, Abduvahobov Zarifjon, Baxtiyorov Begzodlar faxrli 1-o‘ringa loyiq deb topilib Dubayga 30 dollarlik vaucher va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shu o`rinda aytish joizki ushbu ta`lim tashkilotida yosh avlodni har tomonlama bilimli va itellektual salohiyatli avlod sifatida voyaga etkazishga alohida e`tibor qaratilmoqda.