May 19

Ta’lim va menejment: zamonaviy ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar

Keyingi paytda mamlakatimizdagi barcha umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim tashkilotlarining direktorlaridan menejmentlik malaka toifasi talab etilmoqda. Aksariyat holatlarda ko‘pchilik direktorlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmaganligi sababli ushbu yo‘nalishda sertifikat ololmaslik holatlari kuzatilmoqda.

Bu o‘z - o‘zidan ta`lim tashkilotlari rahbarlari faoliyatiga baho berilishiga olib kelmoqda. Ta’lim menejmentining paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichiga bir nazar tashlasak qadim tarixga egadir, ammo boshqaruv nazariyasi faqat 20-asr boshlarida rivojlana boshladi. “Management” - inglizcha so‘zdan olinga bo‘lib o‘zbek tilida boshqaruvni tashkil qilish, rahbarlik qilish ma’nosida tarjima qilinadi. Umumiy rejada menejment boshqaruvni bildiradi, ya’ni u yoki bu faoliyat turini (tashkil etishni va rahbarlik qilishni) iqtisodiy, moliyani va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi.

AQSh da 20-asrning boshlarida ilmiy boshqaruv maktablari evolyusiyasi boshlangan qulay sharoitlar yuzaga keldi. Demokratik mamlakatda ulkan mehnat bozori paydo bo‘ldi. Ta’limning mavjudligi ko‘plab aqlli odamlarga fazilatlarini namoyon etishga yordam berdi. Rahbarlikning yangi usullari talab qilindi. 1911 yilda Frederik Teylorning "Prinsiplar" kitobi, Bu yangi fan - etakchilik sohasida tadqiqotlar uchun asos yaratdi. Guruh ta’sirining odamlarning mehnatga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishi mumkinligini isbotladi. Menejer turli sohalar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi va amalda tasdiqlangan usullarni qo‘llashi kerak. Maktab yirik sanoat ishlab chiqarishida hamma joyda paydo bo‘ladigan bir qator muhim boshqaruv muammolarini hal qildi. Menejmentda eng asosiy vazifa - bu odamlar bilan ishlashdir. Menejment haqidagi keltirilgan tavsiflar shundan dalolat beradiki, u boshqaruv ma’nosini bildira turib, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodi boshqaruvdan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagicha: Birinchi farq - bu bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo‘lib, ma’muriy buyruqbozlik xo‘jalikni reja asosida olib borish tizimi emasdir. Ikkinchi farq - birinchi farqdan kelib chiqadiki, ya’ni taraqqiy topgan davlatlarda menejment iqtisodiy boshqaruv usuli hisoblanadi. Uchinchi farq - menejmentni sosialistik tizim boshqaruvidan farqini oxirgi to‘rtta tavsifnibirlashtirish asosida aniqlash mumkin. Uni “menejment - bu samarali boshqaruv fani va san’ati”dir deyish mumkin. Bunday boshqaruv bu kabi mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning yuqori malakasi, ya’ni menejerlar hisobiga, ularning bilimdonligi, faol ijodiy ishi, tashabbuskorligi, fikr yuritishining egiluvchanligi, taktik va strategik masalalarni echishdagi qobiliyati, odamlar bilan bevosita ishlay olishi hisobiga amalga oshadi. Oksford izohli lug‘atida menejment tavsifi quyidagi oddiy so‘z bilan ifodalangan. Unda “Menejment - bu ma’muriy ishni bajarishdagi alohida qobiliyat va bilimdonlikdir”, - deyilgan.

Hozirgi davrda menejment - boshqaruviga qo‘yiladigan turli talablarni, ya’ni ish usuliga, ishni olib bora olish qobiliyatiga, odamlar harakatini birgalikdagi faoliyatda to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat. Shu o‘rinda aytishimiz kerak ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni beixtiyor tartibga soladigan
boshqarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi ta’limda boshqarishning barcha darajalarida dasturiy-maqsadli yondashuv, tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi buning dalilidir. Ta’limni boshqarish ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, kishilar faoliyatini boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Ta’limni boshqarish
tamoyillarini shakllantirishda boshqaruv qonuniyatlari to‘liq hisobga olinishi kerak. Boshqarishning umumiy tamoyillari aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, intizomlilik, rag‘batlantirish, pog‘onalilik. Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli boshqaruvning mohiyati bilan belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar
aniq qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji boricha aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi, xodimlar sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi. Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas, balki ana shu maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni ham nazarda tutadi. Bunda
maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina emas, balki diqqat-e’tiborni maqsadlarga erishishga halaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish ham kerak bo‘ladi. Ta’limni rejali boshqarish tamoyili ham dasturiy-maqsadli boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, harakat dasturini tuzish va uni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Rejalilik ish sharoitini normallashtirish va uni ijrochilar o‘rtasida taqsimlashda ijrochilar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish va ularga yo‘l-yo‘riq berishda, shuningdek har bir ishning va umuman dasturning bajarilishini hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Ushbu tamoyilning amalda bajarilishi butun boshqaruv tizimi reja asosida tashkil etilishiga olib keladi.

Bir so‘z bilan aytganda faoliyatimiz davomida olib borgan izlanishlarimiz asosida ishni samarali tashril etishga harakat qilib kelmoqdamiz. Ayni paytda bizning Nurobod tumani Nurbuloq qo‘rg‘onidagi 6-son davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida 135 nafar bolajonlarga 36 ta pedagog xodimlar ta`lim va tarbiya berib kelishmoqda. Asosiy maqsadimiz boshqaruvni samarali tashkil etish orqali yosh avlodga sifatli ta`lim va tarbiya berishga qaratilgan.

Mohigul YAVQOCHOVA,

Nurobod tumanidagi 6-son davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti direktori