August 4

Endi barcha ta`lim  tashkilotlarida autsorsing tizimi joriy etiladi

Samarqand viloyatidagi barcha maktabgacha ta`lim tashkilotlarini autsorsing tizimini joriy etish bo`yicha Samarqand shahridagi 109 - son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish jarayonlariga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘ribosari S. Mirzayev hamda boshqarmaning bo‘lim boshlig‘i S.Nomirovlar davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish jarayonlari bo`yicha atroflicha ma’lumotlar berdi.

Ma’lumot uchun hozirgi kunda viloyatdagi mavjud 773 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 129 tasida (16,7 foizi) 9 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan autsorsing usulida ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Qolgan 644 tasida an’anaviy usulda ovqatlantirish amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ovqatlantirishni autsorsing usuliga o‘tkazish bo‘yicha tender asosida tanlovlar bo‘lib o‘tmoqda. Tanlovlar natijasiga ko‘ra, viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari ausorsing tizimiga o‘tkaziladi va “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida tarbiyalanuvchilar ovqatlantiriladi.

Baxtigul QARSHIEVA,

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati rahbari