A.Irgashev va Y. Medvedovskaya “Bir yuz bir” romaniga taqriz
“Tug‘ilgansan ozod, mudom Ozod bo‘lib qol.” (Nazrul Islom)
O‘zbek va rus yozuvchilarining hamkorligida yozilgan ushbu asar Ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik qahramon jangchilarning porloq xotirasiga bag‘ishlanadi! Biz turlicha urushlar va turlicha insonlarning taqdirini(urush davridagi) o‘qiganmiz.Ammo nemislar tomonidan insoniyat tarixidagi bu voqeani o‘chirishni istagan, umuman tarix sahifasidan joy egallashini xohlamagan bir tarix borki,u biz,O‘ZBEKlar haqida! Birinchi va Ikkinchi jahon urushida qatnashgan minglab o‘zbek yigitlarining nomlarini shahidlar daftaridan ko‘zda yosh bilan o‘qiganmiz.Ammo ularning asirlikdagi holidan yaqin- yaqinlardagina xabar topdik.O‘sha mash‘um o‘tmishning qora sahifasi “Bir yuz bir”da bitilgan!
Asar syujeti.
Asar to‘qima yoki hayolot mahsuli emas.U reallikka asoslangan.Aynan mana shu belgi “o‘zbekman”degan farzandning yurak yuragigacha yetib boradi!Asarda bir yuz bitta o‘zbek yigitining( samarqandliklar)o‘ta fojiali qismati hikoya qilinadi. Garchi nemislar qo‘lida xor-u zorlikda ,och-nahorlik , yupunlikda o‘zbeklar sabr -toqat bilan asirlikning eng qiyin davrida yashagan bo‘lsalar-da ,ular yagona narsani ya‘ni O‘ZBEKNING QADDINI HECh QAChON BUKA OLMASLIKLARINI nemislarga har tomonlama uqtirib,anglatib ketishdi...Gitlerning makkorona rejasini o‘zining milliy urf odatlari bilan o‘zi bilmagan holda yenggan o‘zbek o‘g‘lonlariga tasanno aytmay iloj yo‘q!( Bir necha haftalab ochlikda yotgan asirlar o‘rtasiga bir parcha non tashlanadi. O‘zbeklarning naqadar“past” irqdan ekanligini isbotlash uchun kamera(Surat) larga olishmoqchi.Ammo o‘zbek yigitlari nima qiladi?!O‘rtadagi nonni olib katta yoshdagi o‘zbekka beradi.U nonni ko‘ziga surtib,atrofidagilarga bir chindimdan bo‘lib beradi.So‘nggida qo‘lini duoga ochib, “Allohu Akbar”kalimasini aytadi!Endi nemisning holini ko‘ring!)Minglab tarixlarda insoniyatning o‘zligidan ayirar darajada xor-u zorliklarga giriftor qilganlarida bunga na oliy irq-u,na past tabaqa chiday olgan.Ammo mana shu bir yuz bir o‘zbek yigitining bardoshi va chidamiga hatto nemislar tan olishni baralla aytolmasa-da,ich- ichidan his qilgan.
Asar yozuvchi tomonidan hikoya yo‘sinida aytilib,so‘ng fashist qamoqxonasi boshlig‘ining o‘g‘li,ammo ko‘nglidan o‘zbekka mehri tovlanib turgan jajji bolakay - Martin tilidan hikoya qilinadi. ( Aynan Martinning xarakterini berishda yozuvchi nemislar ichida ham qalbi go‘zal insonlar borligi,lekin keyinchalik bu go‘zallik yanchilib tashlanishini aytmoqchidek go‘yo)
Siyosat va o‘zbeklar.
Amerfort konslageridagi do‘zax azobiga mardonavor bardosh bergan o‘zbeklar oz bo‘lsa-da,nemis siyosatiga TO‘SIQ bo‘ldi! Garchi ular nemis askarining birortasiga zarar yetkaza olmagan bo‘lsa-da,ularning ruhiy tushkunligiga ,Moskvani hech qachon bunday mard kurashchilarga qarshi chiqib yengga olishmasligiga ishontirishdi!Asardagi sho‘x, olg‘ir mard inson Shuhratning taqdiri judayam achinarli bo‘lgani holda,Hoshimning juda ham og‘ir vaziyatlarda ( kartserda 4 kun qolib ketganda:
“ - Bu haqida gapirishga yuzim chidamayapti,ammo o‘g‘lim Martin bu yovvoyi mahluqqa non bermoqchi bo‘lgan.
- Nega u nonni yemagan?
- Tomog‘idan o‘tmagan.Chunki u yoqda askarlari och...Uni o‘lgudek yomon ko‘rsam-da,tan olmay ilojim yo‘q,u bizga munosib raqib ekan!”)qaddini tik tutgani hozirgi o‘zbek yigitlariga chin ma‘noda o‘rnak bo‘ladi.
▪️Mohiyat
O‘zbeklar nima qildi?
- Nemislarga o‘zbekni qaddini buka olishsa ham g‘ururini hech qachon sindira olmasligini isbotladi.
- Ular nemis o‘lkasida“targ‘ibot tajribasi”qurboniga aylangan bo‘lishsa-da,haqiqiy mardlik,birdamlik,yuksak intizom,o‘zbekona madaniyatni ko‘rsatib qo‘yishdi!
- Kudrist o‘rmonida yetmish yetti(qolganlari kaltaklab,turli qiynoqlarda o‘ldirilgan)nafar o‘zbek yigitining qoni to‘kilgan bo‘lsa-da,ularning o‘lim oldidan aytgan baralla qo‘shig‘i hali bu voqea ovozasini butun olamga yoyadi...
Ona yurtdan olis -olisda
Yuraklarim qondir sog‘inch-la
Diydor nasib etarmikan-a?
Bulbulmakon ona yurtimga ?!
Asarni o‘qish davomida ko‘zingizga yosh quyiladi. Albatta o‘qing....
✍️Gulinoz Anvarovna.