Og Mandioning “Dunyoning eng buyuk savdogari ” asariga taqriz
“Sen nimagadir urinib ko‘rsang va bundan xech narsa chiqara olmasang,aslo uyalib o‘tirma.Sening bu xarakating hech narsa qilmasdan vaqtini bekorga o‘tkazgan odamga nisbatan ming chandon yaxshiroq”
Og Mandio-Amerikalik yozuvchi.Aslida ko‘p yozuvchilarning tarjimayi holini o‘qiganimizda ularda qabdaydir oldindan tayyorlangan buyuklikning belgilari,o‘zgacha hislatlar bo‘ladi.Yozuvchi qismatidan farqli o‘laroq ushbu iqtidorni o‘zida shakllantirgan Og Mandio jahon adabiyotidagi umumiy“ko‘rinmas yo‘l”ni barcha uchun oshkor etadi! Uning dunyo yuzini ko‘rgan asarlari o‘zgacha muvaffaqiyat bilan qarshi olinadi.Mashxur asarlari:“Buyuk savdogar”, m“Yaxshi yashash siri”, “Akabar “Umidnoma”si”, “Dunyodagi buyuk mo‘‘jiza” kabi 14 ta kitobi jahondagi 25 tilda 50 milliondan ortiq nusxada bosilib chiqqan.
Asar haqida
Asar bu har bir kitobxon uchun - qo‘llanma! Unda YAShASh SIRI aytiladi. Asarda voqealar rivoji asosiy planda qo‘yilmaydi. Markaziy obraz orqali yozuvchining insoniyatga yetkazmoqchi bo‘lgan tavsiyalari , yo‘l -yo‘riqlari izohlab , tushuntirib beriladi. Yozuvchi asar syujetini bitta ipga teradi. Ya‘ni obrazlarning taqdiri bir -biriga bog‘langan holda davom ettiriladi. Boy savdogar Patrosning hayot yo‘li - Xafidning hayot yo‘li - Pavelning hayot yo‘li ( Garchi Pavelning hayot yo‘li Xafidning oldiga kelgunicha yaratilgani aytilsa-da , uning keyingi taqdiri kitobxonga ma‘lum bo‘ladi!) Har bir voqealikda yozuvchi keyingi voqealik uchun bittada luqma tashlab ketadi. Buni asarni ikkinchi marotaba o‘qigan odam ko‘proq his qilib, tushunadi. Asardagi qahramonlarni birlashtirib ,hayot yo‘lini o‘xshashligiga sabab : “Dunyoning eng buyuk savdogari” maqomi va “Nomalar”dir!
Ruhiyat.
Asarda yozuvchi har bir qahramonga alohida xarakter va ruhiyat yuklaydi.Insonni iymonini yuzaga chiqaradigan narsa bu - DINdir. Mana shu iymon ,ishonch, e‘tiqod har bir qahramonga singdirilgan. Asarda Iso payg‘ambarning hayot yo‘li bilan bog‘liq voqea atrofida mana shu 3 shaxs ( Patros, Xafid, Pavel) gavdalantiriladi. Ya‘ni Iso payg‘ambar tug‘ilgan kechada Xafidning chaqaloqni o‘ragan yopinchig‘i ( bu voqeadan keyin, Xafid Alloh tomonidan xoslar ichidan joy oladi) , Pavelning o‘sha yopinchiqni oradan ancha yillardan keyin topib, Iso payg‘ambar dinini targ‘ib qilishi.( Yopinchiq esa Patrosga tegishli) Har uchchala shaxsning “dunyoning eng buyuk savdogari ” bo‘lishiga aynan shu voqealar sabab bo‘ladi.Inson nimagaki erishmoqchi bo‘lsa, unga kuchli ruhiyat va iroda kerak bo‘ladi:
Asarning“ mag‘zi”
Asardagi “mag‘z” bu - nomalar! Insonni to‘g‘ri yashashga o‘rgatadigan , iymonini butun, irodasini mustahkam , o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada orttiradigan bu -nomalar! Har bir nomada ko‘rilgan, kuzatilgan hikmatlar, qarashlar berib boriladi. Garchi asarda savdo soxasida dunyoning eng buyuk savdogari bo‘lish tavsiyalari yozilgan bo‘lsa-da , bu asarni turli kasb vakillari, butun insoniyat o‘zining olamin qayta yaratish uchun ham o‘qishi kerak! Asardagi hikmatlar va dalilga ega bo‘lgan fikrlar insonni qaytadan kashf qiladi:
“Mingta donish- manddan "omad nima?" deb surasang, ularning xdr biri ayricha javob kaytaradi. Ammo, ulardan omadsizlik nima, deb surasang, xammasi bir xil javob beradi: "Omadsizlik — bu katta yo kichik bulishidan kat'i nazar xdyotiy maksadlarga eta olish kobiliyatiga ega bulmaslikdir".
Asardan kitobxon o‘ziga nima oladi?!
Eng avvalo , hayotga bo‘lgan qarashi o‘zgaradi. Muhabbat, mag‘lubiyat, qat‘iyat, ishonch, g‘alaba, mehnat, hissiyot harakat, tajriba kabi tushunchalarni qaytadan kashf qiladi! Eng muhimi, yozuvchi aytganidek, “Men bugun yangi hayot boshlayman” deya o‘ziga baralla ayta oladi!
Meni harorati bilan isitgani uchun Quyoshni yana boshqatdan sevaman. Mening qalbimdagi g‘amlarni va tushkun xislarimni yuvib ketayotgani uchun yomg‘irga xam o‘z sevgimni tortiq etaman. Yo‘limni yoritgani uchun — men nurni sevaman. O‘z bag‘rida yulduzlarni yashirgani uchun — qorong‘ilikni sevaman. Men baxtni shodon qarshi olaman — chunki u xayotimni yanada go‘zallashtiradi.
Men qayg‘udan xam ranjimayman, chunki u o‘z botinimni chuqurroq anglashimga ko‘maklashadi. Xar bir mukofotni keragidek qarshi olaman, xar bir qarshilikni ham taqdirning davati sifatida qabul qilaman. Birinchisini quvonch bilan kutib olaman, keyingisini yengib o‘taman. Nimaniki qilmay, xammasiga sevinch va muhabbat bilan yondashaman.
Men quyoshni ham yana boshqatdan sevaman.Mening qalbimdagi g‘amlarni va tushkun xislarimni yuvib ketayotgani uchun yomg‘irga xam o‘z sevgimni tortiq etaman. Yo‘limni yoritgani uchun — men nurni sevaman. O‘z bag’rida yulduzlarni yashirgani uchun — qorong‘ilikni sevaman. Men baxtni shodon qarshi olaman — chunki u hayotimni yanada go‘zallashtiradi. Men qayg‘udan ham ranjimayman, chunki u o‘z botinimni chuqurroq anglashimga ko‘maklashadi. Har bir mukofotni keragidek qarshi olaman, xar bir qarshilikni ham taqdirning davati sifatida qabul qilaman. Birinchisini quvonch bilan kutib olaman, keyingisini yengib o‘taman. Nimaiki qilmay, hammasiga sevinch va muhabbat bilan yondashaman.
Asarni o'z hayotini o'zgartirmoqchi bo'lgan , nimagadir erishmoqni niyat qilgan barcha kitobxonlarga o'qishni tavsiya qilaman!
✍️Gulinoz Anvarovna