"Gorio ota" romaniga taqriz
Buyuk fransuz adibi, dramaturg Onore de Balzak (1799 - 1850) o'z davrining eng buyuk adiblaridan biri hisoblanadi. Uning buyukligi shunda ediki, u jamiyatdagi muammolarni bor bo'yi bilan , reazlim asosida qayta yozdi, butun bir obrazlar tizimini yaratdi, u qahramonlari yordamida jamiyatga " ko'zgu tutdi" . Balzak asarlari " Insoniy komediya " nomi ostida birlashtirilgan bo'lib, ushbu epopeyadan 147 asar o'rin olgan. Ushbu asarlar ichida eng mashhur romani - "Gorio ota" hisoblanadi.
" Gorio ota " romani 1834 - yil yozilgan . O'zbek tiliga Sulton Muhammadjonov tomonidan tarjima qilingan.
Asar qahramonlari - Gorio ota, Anastazi, Delfina , Ejen de Rastinyak, Byanshon, Maksim de Trayer va boshqalar.
Asarda Gorio ismli shaxsning fojiali hayoti aks etadi. Adib birgina oila misolida butun fransuz jamiyatining chirkinligini, odamlar pul uchun , obro' , mansab uchun hech narsadan qaytmasliklarini, ular uchun oilaning hech qanday ahamiyati yo'q ekanini ko'rsatib bergan.
Gorio ota - sobiq tadbirkor, sarmoyador shaxs . U rafiqasi vafotidan so'ng butun hayotini , bor mehrini, qalb qo'rini ikki qizi - Anastazi va Delfinaga bag'ishlaydi. Ularni malikalardek voyaga yetkazadi. Afsuski , qizlar bemehr chiqadi, ularga faqat otasining pullari kerak edi xolos!
Ejen de Rastinyak - shaharga o'qish maqsadida kelgan , huquqshunoslik fakukteti talabasi. Oddiy oilaning farzandi bo'lgan Ejen shaharda yashash, obro' orttirishning yagona yo'li - kiborlar jamiyatiga yaqinlashish deb hisoblaydi. Shu sabab o'zining uzoq qarindoshi de Bosean xonimdan maslahat oladi. Rastinyak endi Gorio otaning boy badavlat qizlari bilan tanishadi ( Gorio otaning qizi ekanini keyinchalik bilib qoladi.) Lekin ko'zini mol dunyo ko'r qilgan , qanday qilib bo'lmasin boyish orzusida bo'lgan yigitcha bu ikkala bemehr qizning harakatlarini ko'rib afsuslanadi. Har ikki qiz ham oilali, farzandlari bor , lekin shunga qaramay , ular turli ballarga borishni, maishat qilishni, qimmatbaho taqinchoqlar taqishni, ma'shuqalari bilan qimor o'ynashni sevadilar. Ma'shuqalaridan ajralib qolmaslik uchun bor budini berishga tayyorlar. Ularning barcha qarzlarini sho'rlik Gorio ota to'laydi. O'zi bir xaroba uyda ijarada tursa - da, qizlari uchun eng oxirgi pullarini berishga ham rozi. Muhimi, bir on bo'lsa ham qizlarini ko'rishni istaydi. Lekin qizlari otasidan or qiladi. Ko'cha ko'yda u bilan ko'rishishni yoqtirishmaydi. Ammo , boshlariga tashvish tushsa , darrov otasi yoniga kelishadi. Mana , qizlarning haqiqiy aksi! Rastinyak bu voqealarni ko'rib eziladi, kasalmand otaga yordam beradi. Vafot etganda esa qizlari o'rniga o'zi dafn marosimi o'tkazadi... Bu nonko'r qizlar hatto otasi bir necha marta chaqirishiga qaramasdan o'limi oldidan bir marta ham ko'rishga kelmaydi, dafn marosimiga esa xizmatkorlarini jo'natishadi ...
Ushbu asar orqali kitobxon XIX asr fransuz jamiyati bilan tanishadi va bu jamiyatning illatlari , nafs , mol dunyo odamlarni ne ko'yga solganligining guvohi bo'ladi. Asarda oilalarning barbod bo'layotgani, ming yillik qadriyatlar so'nayotgani ta'sirli tarzda yoritilgan.
Asardan iqtiboslar:
" Bizning yuragimiz - bir xazina: uni birdan sarflab qo'ydingizmi, gado bo'lasiz qolasiz"
βββ
" Ko'ngli tor odamlar o'zlarining xoh yaxshi , xoh yomon hislarini behisob mayda qiliqlar qilib qondiradilar"
βββ
" Dunyoda eng ko'ngilsiz narsa - nuqsonlaringning o'zgaga oshkor bo'lishi"
βββ
" Boshimizga biror baxtsizlik tushishi bilanoq, darrov bu xabarni yetkazib, yuragimizga xanjar urib , uni kavlaydigan va xanjarning bejirim dastasini tomosha qilishimiz uchun , uni shu alfozda tashlab ketadigan do'st hamma vaqt ham topilib turadi"
βββ