June 1, 2020

Robina Sharma: "O'lsang kim yig'laydi" asari

Robina Sharmaning "O'lsang kim yig'laydi" asarining nomida bir olam ma'no bor.Ha bu asar insonlarga hayotning har qanday zarbasiga qarshi qalqon vazifasini o'taydi.Ayniqsa, hozirgi insonlar pala-partish hayotini tartibga solib olishi uchun yordam beradi.Bu kitob bir marta o'qilib javondan joy oladigan kitob emas.Uni xohlagancha, xohlagan vaqtda o'qib undan saboq olish mumkin.

Robin Sharma bilan shu asari orqali ilk bor g'oyibona tanishdim.

Hayot haqiqatlarini ajoyib tarzda yozgan yozuvchiga qoyil qolmaslikni iloji yo'q.Haqiqiy motivator ekanligiga ishondim.Ayniqsa shu kunlarda kayfiyatim yo'qroq, o'zimni har qachongidan ham loqayd his qilgan mahalda o'qiganim uchun bu kitobdan juda zavq oldim.Robin Sharma go'yoki tepamda turib tur nega o'tiribsan? O'lsang kim yig'laydi degandek bo'laverdi.Men o'zimni qo'lga oldim, hayotga bo'lgan ishonchim qaytdi, bu kitobni endi men doim o'qiyman chunki unda oltindan ham qimmatli ajoyib maslahatlar berilgan.

Ishonmaysizmi?

Unda o'qib ko'ring, albatta afsuslanmaysiz hayotingizni o'zgartirishiga ishonaman! Hech bo'lmasa undagi maslahatlardan bir yoki ikkitasiga harakat qilib ko'rishingizga ko'zim yetadi!

Quyida esa men asardan olgan iqtiboslarni yozaman!

β˜†β˜†β˜† Sen tug'ilganingda yig'laganding,dunyo esa shod-xurram edi.Shunday yashaganki, vafot etayotganingda dunyo yig'lasin, sen shod-xurram bo'l.
β˜†β˜†β˜† Har kuni biron notanish odamga yaxshilik qil. β˜†β˜†β˜† Bir-Birimizga g'amxo'r bo'laylik.
β˜†β˜†β˜† Ezgulik- Umrimizning har kuni uchun to'lanadigan o'lpon.
β˜†β˜†β˜† O'zingizga qanchalik qattiqqo'llik bilan yondoshsangiz,hayot sizga shunchalik yumshoqlik bilan yondashadi.
β˜†β˜†β˜† Muvaffaqiyatga erishgan odamlar hech qachon vaqtini vaziyatdan oson chiqib ketishga sarflashmaydi.
β˜†β˜†β˜† Yodingizda tuting: baxtli odamlar baxtsizlardan ko'ra ko'proq iztiroblarga duch kelgan bo'lishi mumkin.
β˜†β˜†β˜† Men o'zimga o'zimning ishonchga hamda tiyib bo'lmas jasurlikka to'la ekanligimdan baxtiyorman.
β˜†β˜†β˜† Band bo'lishning o'zi yetarli emas, chumolilar ham band bo'ladi.Muammo siz nima bilan band ekanligingizda.
β˜†β˜†β˜† Dard eng yaxshi ustoz, omadsizlik esa muvaffaqiyatga olib boruvchi eng qisqa yo'l. β˜†β˜†β˜† Baxt- xafsalasiz odamlarga yordam bera olmaydi.
β˜†β˜†β˜† Hayot menga buyuklik mayda ishlarda bo'lishini o'rgatdi.
β˜†β˜†β˜† Donishmandlik-ayni paytda nima qilishni bilish, uquv-buni qanday bajarishni tushunish,haqiqiy jasorat esa - shartta bajarib qo'yish.

Yuqoridagi gaplarning hammasi ham Robin Sharmaga tegishli emas, ushbu ayrim gaplar aynan shu asarda keltirilgan.Bunday gaplarga asarning ichi to'la agar siz hali bu kitobni o'qimagan bo'lsangiz albatta topib o'qing!

Β© Samandarov Ortiqboy
πŸ“– @mutolaa_sehri