Alber Kamyu: "Begona"
Alber Kamyu Nobel mukofoti sohibi. «Vabo», «Baxtli o’lim» kabi romanlar, «Begona», «Inqiroz» kabi qissalar, «Kaligula», «Qamal holati», «Anglashilmovchilik» kabi p`esalar, «Sizif haqida asotir», «Astar va qiyofa», «Nikoh», «Nemis do’stga maktub», «Isyon qilayotgan odam», «Quvg’inlik va saltanat», «Yoz», «Ijod va zrkinlik», «Iona yoki Ijodkor ish ustida» kabi badia, hikoya, ocherk, tarixiy-falsafiy asarlar muallifi…
Uning "Begona" qissasi
(L 'Etranger) 1940 -yilning mayida yakunlangan.
Bugun onam o'ldi. Yo kechamikan, bilmayman. G'aribxonadan Onangiz vafot qildi.Ko'mishi ertaga. Chuqur hamdardlik bildiramiz degan telegramma oldim. Tushunmaysan balki kecha o'lgandir.''
Asar boshlanishidagi ushbu jumlalarni o'qir ekanman. Bu gaplar kimga tegishli? Nega onasining qachon o'lganini o'lganini bilmaydi? Nega bu gaplarni shunchalik xotirjamlik bilan aytyapti. Nega onasi g'aribxonada edi degan savollar paydo bo'ldi
Asar Mersoning onasi vafot etishi bilan boshlanadi. Lekin buni Merso oddiy hol deb qabul qiladi. U onasini ko'mish uchun Marendoga boradi. G'aribxonada unga onangizni Songi marta korasizmi deyishsa yoq deb javob beradi. Hatto orasini necha yoshda ekanligini bilmaydi. Ertasi kuni esa u Ishxonadagi tanishi Marini korib qoladi. U bilan aysh ishrat qiladi. Huddi hech narsa bolmagandek. Bir kuni U bilan dosti Raymonnikiga boradi. Xuddi shu kuni Raynonni dushmanlari uni yoq qilish uchun keladi. Raymon va Merso birga ular bilan olishmoqchi bolib borishadi. Merso Bir arabga ketma ket 5marta oq uzadi. Shu bilan Birinchi bob tugaydi. Ikkinchi bobda esa sud jarayoni bo'lib otadi. Va unga qamoq jazosi tayinlanadi
Muallif Begona syujeti rasmiyatchilik uchun qabul qilingan odob - axloqqa ishonmaslik tashkil etadi , deb hisoblagan,
Asarda Merso va jamiyat o'rtasidagi tafavvut ko'rsatilgan. Odamlar uni jamiyat yaratgan qoidalarga amal qilishini xohlaydi. Qat'iy qoidalardan, rasmiy qabul qilingan qarashlardan uzoqlashmasligi kerak deb hisoblaydi. Ammo Merso ushbu qonunlarga bo'ysunmaydi. O'zida ushbu qoidalarni inkor qilishda kuch topa oladi. Lekin jamiyat o'ziga o'xshamagan hamma rioya qilib kelgan axloq normalariga uyg'un harakat qilmagani uchun Mersoni begona deb biladi. U sudda marvni o'ldirgani uchun emas, balki onasining olimi kuni yig'lamagani uchun, ertasiga tanishi Mari bilan birga bo'lgani uchun sud qilinayotgandek tuyiladi. Sudda uning qalbi jinoyatchi deb topiladi. Va unga o'lim jazosi beriladi.
Yozuvchi Ulug'bek Hamdam asar haqida ''Mersoning ziddiyatli qalbini tushunish uchun unga barcha liboslarni yechib, inson o'laroq yaqinlashish kerak. Savol tug'iladi:madaniy axloqiy va diniy qadriyatlarsiz inson insonmi? Insonga yaqinlashar ekanmiz, qadriyatlarni bosh mezon qilib olamiz, ularga suyanamiz. Mana shu ma'noda Merso hech qanday qadriyatlarga orqa qilmaydi. Libos kiymaydi. ''degan edi.
Yozuvchi bir qarashda bemehr, loqayd, odam o'ldirgan jinoyatchi yigit Mersoni qoralash yo'lini tutmaydi. Aksincha uni, inson sifatida kashf etish, tushunish va anglab yetishga harakat qiladi. Merso haqiqatdan qochib ikkiyuzlamachilik asosida yashashga asoslangan insonlar jamiyati uchun begona. Kamyu o'zi aytganidek ''uni atrofdagilar o'yiniga qo'shilmagani uchun jazolashadi. U yolg'on gapirishdan bosh tortadi. Jamiyat esa bundan o'zini xavf ostida qolgandek sezadi.
© Sanobarxon Jamolova