January 29, 2023

Ernest Xemingueyning «Chol va dengiz» asari haqida

        Har bir so‘z ustasining adabiyotda tutgan oʻrnini belgilashda uning yozgan asarları, asarlariga ishlangan tarjimalari muxim rol o‘ynaydi. Amerika xalqining ulug‘ yozuvchisi, Nobel mukofoti laureati Ernest Xemingueyning nomini dunyo yuziga tanitgan «Chol va dengiz» asari bo‘lib, u 1952-yili Bagama orolida  yoziladi.

       Xemingueyning asarlari inson va tabiat, kurash va qahramonlik, ma’naviy kuch va yolg‘izlik, muvaffaqiyatsizligining ulugʻvorligi bilan bogʻliqdir. «Chol va dengiz»asari yozuvchining shu mavzuda yozilgan asarlarining eng choʻqqisi boʻlib hisoblanadi. Shuning uchun ham har birimiz uning asarlaridan oʻzimizni topa olamiz.Asarda markaziy mavzu muvaffaqiyatsizlik boʻlsa ham, u omadsizlikka uchraganiga qaramay, oxirigacha kurashishni davom etadi.Bu boʻlsa oʻz navbatida isonga ulugʻvorlik bagʻishlaydi.
Xeminguey “Men bu asarni oddiy bola,oddiy chol, oddiy dengiz haqida yozganman” deydi. Shuningdek, yozuvchining voqealarni yoritishi,qahramonlarni gavdalantirishi, qahramonlarni soʻzi orqali psixik holatlarini namoyon qilishi , odamzodning insoniy fazilatlarini oddiy obrazlar orqalı ochib berishi  katta filosofik  mazmun ekanligini guvohi boʻlamiz.

Inson qanchalar oʻz hayotida, faoliyatida, ishlarida, fikr olamlarida hatto matonatli,jomart, tanti va nihoyatda orginal qarashga ega boʻlishi mumkinligini mana shu qissa koʻrsatib bergan.

       Qissa Kubalik Santyago degan cholning qayiqda  dengizga chiqib, bir necha kundan beri baliq ovlab,omadi yurishmay turgan vaqtlaridan boshlanadi.Cholning xotinini olamdan oʻtgan, oilasi yoʻq, nihoyatda kambağal, kulbasidan boshqa hech narsasi yoʻq edi.Bunda yozuvchi Kubaning okeanga tutash sohillarida boʻlayotgan voqealarni tasvirlangan.Mana shu baliqchiliktan oʻzga hunari yoʻq chol yilning 85-sanasida ya’ni eng omadli kunida   okeanga baliq ovlashga chiqadi va to’sattan ulkan bir baliqni qarmog‘iga ilintiradi.U baliqning og‘irligi yarim tonnadan ortiq boʻlib, koʻz oldimizga keltirsak bir cholni yolgʻiz oʻzi bunday kattalikdagi baliqni eplashi juda qiyin. Mana shu syujet ichida Santyago cholni qiyofasini  yozuvchi ocha boradi.


«Shamol–bu, so‘zsiz bizga birodar,-deb oʻyladi u, biroq har doim ham emas. Ko‘zga ilinmas dengizni olsak - u ham doʻst–dushmanlarga toʻla. To‘shak chi..– o‘yladi u - to‘shak birodarim. Ha...oddiy toʻshak. O‘rningga oyoq soʻzish hikmatning oʻzi. Yengilib boʻlganingdan keyin yelkangdan tog‘ ag‘darilganday yengil tortasan! – o‘yladi u. – Men buning bunchalar oson boʻlishini bilmagan edim.Kim seni yengdi oʻzi,chol?-so‘radi oʻzidan oʻzi. –Hechkim , javob berdi u.–Aybim shuki,men dengizdan uzoqlashib ketdim».

U oʻzi bilan oʻzi, baliq bilan, dengiz ,okean, samo bilan, yulduzlar bilan gaplashadi.Hamma narsaga gaplashganda oʻzini oʻziga hos bir fikrini aytadi.Butun borliqni bir butunlikda koʻradi.

Go‘yo uni gapiriyotgan gaplariga qarab bu Santyago emas, Platon, Sent Ekzyuperi yo Aristotel bolsa kerak deb oʻylaysiz.Uning gaplari shu darajada chuqur donishmandlik bilan aytilgan,fikrlari insonni lol qoldirmay qoʻymaydi.Har bir soʻzini oʻziga hos jozibasi, ohangrabosi bor.Santyago yolg‘iz o‘zi dengizning o‘rtasida qolgan vaqtlarida baliqqa «o‘lsam o‘laman,lek sendan ajralmayman»,sovuq tushgan paytlarida bo‘lsa «baliq chidayaptimi,men ham chidayman» deb aytishi cholning haqiqiy matonatidan, sabrliligidan, vajohatidan, o‘jatlik bilan bo‘lsa ham o‘z maqsadiga erishish yo‘lida, chidam bilan harakat etayotganligidan darak berari so‘zsiz.

Mening fikrimcha chol baliqchilik sohasida katta muvaffaqiyatka erishmagan boʻlsa ham, oʻzi uchun maʼnaviy boylik toʻplay oldi.Bunga sabab, birinchidan u oʻz umri davomida oʻqimagan duolarini baliq tutish uchun oʻn marotaba oʻqishga, «Bibi Maryam» duosini bir necha marotaba oʻqishga tayyor ekanligini aytib oʻtadi. Ikkinchidan, agar u baliqni rosti bilan tutsa koʻp tabarruk joylarga sigʻinishga borishini qasam ichib aytadi.

«...Biroq inson bolasi yengilib,yengilganiga rozi boʻlib keta berish uchun yaratilmagan. Odamzotni yanchib tashlash mumkin , lekin uni yengib boʻlmaydi ».

Bu oson gap emas,inson hayotini boshqarishga va tizimga solishga qodir oltin soʻzlar hisoblanadi.

Asarni oʻqiy oʻtirib, inson bolasi oʻz maqsadlariga erishish yoʻlida koʻp qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini, biroq kitob qahramoni Santyago singari bunday qiyinchiliklarni kerak yerida qaysarlik bilan yengib, oʻz maqsadiga erishish mumkinligini tushunib yetish mumkun.

  Demak, Ernest Xeminguey bu asarida insonning ulugʻvorligini,undagi erk va matonat, oʻz azim-u qaroridan qaytmasligini oʻzgacha uslubda tasvirlab bera olgan.

© Azatbaeva Aynura

Telegram: @mutolaa_sehri