May 2, 2020

"Da vinchi siri" asariga taqriz

Ushbu asar har qanday kitobxonni o'ziga maftun etib qo'yadi. Boisi asar didektiv yo'nalishda yozilgan bo'lib, asar syujeti shu darajada qiziqarliki, siz bevosita asar qahramonlari bilan yonma yon sezasiz o'zingizni.

Asar Luvr muzeyida ishlovchi buyuk olim - Jak Sonyerning o'limi tavsilotlari bilan boshlanadi. Ushbu o'lim sababchisi - Saylas ismli albinos rohib. Asarni o'qish davomida biz uning juda ko'plab jinoyatlariga , begunoh insonlarni o'ldirganiga guvoh bo'lamiz. Lekin uning ahvoli juda achinarli , chunki undan o'z maqsadlari yo'lida foydalanishdi. Asar yakunida esa uning o'zi ham o'ladi.

Asardagi bosh qahramonlar - ROBERT LENGDON va SOFI NEVYO.

Robert Lengdon - butun dunyoga mashhur amerikalik ramzshunos olim, tarixchi va o'qituvchi. U o'zi bilmagan holda juda katta mashmashaga aralashib qoladi. Asarni o'qir ekansiz uning juda kuchli bilim sohibi ekani , tarixning chuqur bilimdoni ekanligiga amin bo'lasiz. Aynan shu bilimi tufayli voqealar markazida turadi.

Sofi Nevyo - Jak Sonyerning nabirasi, Fransiya ichki ishlar departamenti agenti , mohir kriptograf . U bobosi bilan 10 yillar avval aloqani uzgan , lekin o'limi tavsilotini eshitgach, u bilan bog'liq ishlar borligini his qiladi va endi DA VINCHI SIRI ortidan ketadi...

Asar shu darajada sizni hayratga soladiki, unda tarix , din , qiziqarli ramzlar haqida so'z boradi. " Deya asari " nomli birodarlik tashkiloti ming yillar davomida yashirib kelayotgan maxfiy sir va bu sirni ochilishini istagan kuchlar o'rtasida ziddiyatlar kelib chiqadi. Asarda eng sevimli qahramonga aylangan LYU TIBING aslida Ulug' ustoz ya'ni " Deya asari" tashkilotining rahnamosi bo'lib chiqadi.

Asardagi faktlar, tarixiy ma'lumot va ramzlar sizni befarq qoldirmaydi. Bu bilimlar sizning tarix va din borasidagi bilimlaringizni ostun ustin qilib yuboradi. Ayniqsa , Iso payg'ambar haqidagi haqiqatlar...

Bundan tashqari , romanda siz deyarli butun Fransiya hamda Britaniyani kezib chiqasiz😊
Afsonaviy Luvr muzeyi , Fransua Mittiran qurdirgan oynavand obida, Billing saroyi, Angliyadagi ulkan kutubxona va boshqa inshootlar juda batafsil tasvirlanib , sizni sayohat zavqi bilan bahramand qiladi.

Ushbu asar orqali doimo ikki qarama qarshi kuch - yaxshilik va yovuzlikning azaliy kurashini ko'ramiz. Asar yakunida Sofi Nevyo o'z oila a'zolarini topadi, yovuz kuchlar mag'lub bo'lishadi, Robert Lengdon esa oliy haqiqatni anglab yetadi , u Graal kosasini topadi...

Asarni barcha barchaga tavsiya qilaman. Sizni din va tarix olamiga qiziqarli sayohatga chorlab qolaman 😊

Nilufar Zokirovna