June 1, 2020

Pirimqul Qodirov: "Erk"

ASAR HAQIDA

ERK shu uch harfdan iborat bo'lgan bu so'zni tariflashga gohida bu biyron tilimiz mum tishlab qoladi.Shu hajmi kichik bo'lgan so'zga yetisha olmay armonda o'tganlar qancha? Dunyo deya atalmish hu po'rtanali dengizda u nima xohlasa o'sha bo'ladi.Bu dengizdagi kemalarni xohlasa bir shamoli orqali yo'q qila oladi.Bu dengizda yo'q bo'lgan kemalarning birida Sattor va Roziya ham bor edi .Bu kemani ularning sof muhabbati boshqarar edi . Dengiz esa bir shamoli orqali bu kemani kimsasiz orolga oborib qo'ya oldi.Bu qanaqa sevgi bo'ldiki "birga bo'lamiz "deyishdi,lekin taqdir bunga izn bermadi.So'ng ular bir-birlariga "Alvido"deyishdi,ammo bu beshavqat dunyo buni ham ularga ko'p ko'rdi . Ularning sof sevgisi arosatda qoldi.

Bunga sababchi kimlar edi?

Tug'ilganidan ota -ona izmidan chiqmagan ,doimo mehnatdan charchamagan va erini Roziyadan kam sevmagan Oyshaxonmi?Yo'q u ham o'z sevgisiga javob olishga xaqli edi.Unda ayb birgina qishloqda dunyoga kelgani.Lekin bu unga bog'liq emas ediku?Balki u shaharda dunyoga kelganida o'qimishli olima bo'larmidi?

Asosiy aybdor esa ota -onalar.Ota -onalar sal bo'lsa ham farzandlar xohishini inobatga olganida balki bunday bo'lmasmidi?Shu qarorlari orqali to'rt inson taqdirini chigallashtirmagan bo'larmidi?

Nachora taqdir ekanda.

XULOSA

Asarni tugatar ekansiz siz savollar girdobida qolasiz?

Nahot bir -birini ko'rsa yuraklari to'xtab qoladigan ,agar ko'zlari uchrashsa o'zlarini boshqara ololmaydigan va har qanday chetgan kelgan odam ularning nigohlari orqali muhabbatlarini payqay oladigan darajada sevadigan bu ikki yoshning baxtli bo'lishi bu yer yuziga shunchalar og'irlik qildimi?Shuncha razil ,ablax insonlarni ko'targan dunyoga bu mitti yuraklarning sevgisi sig'madimi?Ming afsus....

Xulosani esa o'zingizga qoldirdim.Qanday xulosa olasiz,o'zingizga bog'liq.

© Ne'matullayeva Ozoda.

@mutolaa_sehri