''Fotima va Zuhra'' romaniga
Taniqli yozuvchi O' Umarbekovning ''Fotima va Zuhra '' romani umrining so'nggida , 1994-yilda yozilgan. Asarda milliy ma'naviyatimizdagi salbiy jihatlar, illatlar sarguzasht yo'sinida aks ettiriladi. Muallim oilasida ulg'aygan ,ammo jinoyatchilar to'dasiga qo'shilib qolgan erka o'g'il Hamidullaning qimor o'ynab singlisi Fotimani yutqizib qo'yishi bilan ketma -ket turli fojialarga yo'l ochadi.
Sultanov kabi yurt kattalarining boylik orttirish maaqsadida turli qabihliklar qilishi, insonlardan o'z manfaati yo'lida foydalanishi, bu yo'lda hatto odamlarni vaxshiylarcha o'ldirishi kishida nafrat uyg'otadi.
Asar rivojida Aliyev va u boshchiligidagi jinoyatchilarga qarshi guruh va Teshaboy Sultonov va u boshchiligidagi jinoyatchilar guruhining ayovsiz kurashiga guvoh bo'lamiz. Bu kurash halol va harom, ezgulik va yovuzlik kurashidir. Bu kurash orqali jamiyatdagi qusurlar ochib beriladi. Ammo bunda mutlaqo begunoh Fotima, uning otasi qurbon bo'ladi.
Fotima- hayot ostonasiga endi qadam qo'yayotgan yosh qiz. Orzulari osmon qadar keng, qor kabi oq edi. Ming afsuski...
Hayot beshavqatligi bu gulni xazon qildi... Ammo yomonlik jazosiz qolmaydi. Yaratgan yomonlarni albatta jazosini beradi. Zuhra o'zining o'zining jasurligi qat'iyatliligi bilan uncha- muncha yigit qila olmaydigan ishlarni qilib opasining, otasining qasosini oldi. Lekin afsuski... Ular endi qaytishmaydi. Asarni o'qish davomida meni Zuhraga rahmim keldi.
Asar qahramonlaridan biri Qodir Aliyevning hayot tajribasi, ishiga nisbatan vijdonan yondashishi, xalq manfaatini ustun qo'yishi kishida hayotga nisbatan umid uyg'otadi. U o'z hayotini, oilasini xavf ostiga qo'yib bo'lsada, jinoyatchilar bilan kurashadi va g'alaba qozonadi.
Asarda shu davrga xos illatlar ochiq- oydin ko'rsatib o'tilgan: o'sha davrda avj olgan korrupsiya, asr vabosi bo'lmish qoradori bilan shug'ullanish, insonlarga zulm o'tkazish kabi. Afsuslar bo'lsinkim bular hozirgi kunda ham dolzarb muammolar hisoblanadi. Yozuvchi bular bilan kurashishda xalq va davlat idoralari birlashishi keraklagini ko'rsatib bergan.
O'qishni tavsiya qilaman
© Sanobarxon Jamolova