Abdulla Chimirzayev "HAYOT YOĞDULARI"
Men ham yashayabman òz zamonamda, Davrimdan qayga ham tushardim yiroq (Rauf Parfi)
Ilk bor kitobni qòlimga olganimda kitobni nomidan-la ichimda ģalati bir his paydo bòldi, nahotki "hayot yoģdusi "bor bòlsa, u bizning yashab turgan olamda mavjud bòlsa,yòq -yòq hayotimiz yoģdusi bòlsa-ya deya kitobni bir bir varoqlashga kirishdim. Yosh qalamkash bòlsa-da asarlari muhabbatning, òzbek xalqining tub ildiziga kira olgan Abdulla Chimirzayevni ushbu tòplamiga bir nechta hikoyalari òrin olgan.
Asarda òzbek mehnatkashlari, òzbek fidoyilarining jon zaxmatlari, òzbekchiligimizga xos bòlgan sharqona qadriyatlar, asrlar davomida adabiyotimizning ajralmas qismi va nomi òchmas sahifasiga aylangan :MUHABBAT uchqunlari, mutolaa qilayotgan inson qalb kòzini bevosita ochadi hamda bu dunyoda faqat òz va òz uchun emas, atrofimizdagi insonlar va yaqinlarimizga bòlgan e'tiborimizni yana bir bora mutolaa vaqtida eslatadi!
Ğoya: asarning bosh ģoyasi bu òz nomi bilan-Hayot dir. Ya'nikim mazmunda hayotdan ma'no qidirish, nima uchun bu olamda yaralganimiz va Ollohga bòlgan iymon-e'tiqodimiz asarda uluģlanadi. Asarda qishloq hayoti, mehribon insonlar, chin muhabbat, dòstlik kabi fazilatlar mujassamlangan. Shunday vaziyatlar bòlar ekanki biz : hayotdan ma'no qidirganda -uni yòqotib qòyishligimizni anglab yetar ekanmiz. Hayot Ýoģdulari -ya'nikim asardagi qahramonlar ismi ham òz jismiga monand yuragi toshga aylangan-Toshtemir, mehnatkash va muhabbatga hayoti yòģrilgan-Zarifa va shunchaki qòrqoq va ayni damda sevgisi uchun jon fido qilgan -Bek Ali hayotidagi zulmat va yoruģ kunlar haqida sòz boradi.
Ahamiyati: bugungi kunga kelib ushbu asarning kitobxonlar va yoshlarga ma'naviy ozuqaga boy asarlar dandir. Unchalik mashhur bòlmasa-da kimnidir qalbi va hayoti aks ettirilgan hikoyachadir. Ya'ni hech kimning hayoti qoronģu emas-uni zulmat qilish ham, charoģon etish ham har bir insonning òziga boģliq! !
© Apelsin Qiz