"Baxtli bölishning önta siri"
Siz baxt izlab butun olamni kezib chiqasiz, U esa doim yonginangizda, har qanday insonning qo'li yetguday masofadadir... (Goratsiy)
Istalgan kishingizdan hayotdan hammadan ortiq qanday tilagi borligini so'rasangiz, eng ko'p tarqalgan javob : "Men shunchaki baxtli bo'lishni istayman" degan so'zlardan iborat bo'ladi. Bo'lmasa nima uchun baxtli insonlar shunchalik oz? Nima sababdan dori ishlab chiqarishda antidepressant (tushkunlikdan asrovchi vosita) lar eng jadal rivojlanayotgan soha bo'lmoqda? O'zlarini baxtli hisoblovchi kishilar nima uchun bunchalar kam? Balki, topish mumkin bo'lmagan joydan izlayotgandirmiz?
Asarimiz qahramoni ham baxtni yonidaligini sezmaydigan, bunday olib aytganda "baxtsiz" edi.
Bu voqea kuz fasli oktyabr oyining sovuq, izg'irin yomg'irli kunida bo'lgan. U (ismi asarda keltirilmagan) o'z mashinasida ketayotganida mashinasini nosozlik sabab yo'l chetida to'xtatdi. Tushkun kayfiyatda biroz koyingadek bo'ldida, yaqin atrofdagi telifon bor joyga yetib borib mashina bo'yicha texniklarga telifon qilib chaqirdi. Texniklar bir soatlarda yetib borishlarini aytishdi. Yigitcha tushkun holda sekin qaytarkan, mashinasi yonida oq kampizon va sariq beyzbol kepkada kiygan bir qariya turardi. U afsonaviy keksa xitoylik edi.
Keksa xitoylik uni mashinasini ko'zdan kechirarkan, yigitcha bilan suhbatlashdi. Uni horg'in, tushkun holatiga qarab, "sen baxtni qanday tushunasan, qanday bo'lsang baxtli bo'lasan?" mazmundagi savol bilan yuzlandi. Yigitcha "puli ko'p bo'lishi va yaxshi yashashi baxtli degani" degan mazmunda javob berdi. Keksa xitoylik baxtli bo'lishning sırları haqida, baxt pulda va yaxshi yashashda emasligini unga tushuntirib, qo'liga bir qog'oz tutqazdi.
Qog'ozda o'nta ism bilan birga ularni telifon raqamlari yozilgan edi. Yigitcha qog'ozdan ko'z uzib atrofga qaraganida keksa xitoylik ketib bo'lgandi. Birozdan keyin texniklar kelishdi, yigitcha unga yordam bergan kimligini anglolmay hayron edi.
U qog'ozga keltirilgan insonlar bilan telifon orqali suhbatlashdi va birin ketin ular bilan uchrashdi.
- Birinchi sir — Munosabatlar quvvati.
Ro'yxatdagi birinchi inson Barri Kasterman ismli kishi edi. Yigitcha u bilan keksa xitoylik haqida suhbatlashdi. Janob Kasterman o'qituvchi edi. U boshidan kechirgan hodisalarni yigitchaga so'zlab berarkan, keksa xitoylikni uchratganidan keyin hayoti tubdan o'zgarib ketganini, u baxtli bo'lishning oltin qoidalari haqida so'zlardi. Janob Kasterman yigitchaga misol tariqasida xonadagi bor jigar rang narsalarga ahamiyat berishini so'radi va ko'zini yumib zangori rangdagi hamma narsalarni nomini aytishni so'radi. Yigitcha u faqat jigar rang narsalarni ko'rganini, zangori ranga ko'zi tushmaganligini aytdi. Janob Kasterman yigitchaga yana bir bor xonani ko'zdan kechirishni aytdi va unda zangori rangdagi narsalar ko'p edi. Misol uchun javondagi kitoblar, gilam naqshi, hatto janob Kastermanning o'zi ham zangori rangdagi ko'ylakda edi. Janob Kasterman bu bilan inson nimani ko'rishni istasa shuni ko'rishini, bu esa atrofdagi boshqa narsalarni ko'rishga to'sqinlik qilishini tushuntirib berdi. (ya'ni biz atrofdagi yaxshi, ijobiy holatlarni, voqeliklarini ko'rishni xoxlasak biz uni ko'rolamiz, aksincha faqat yomon hayollar, noxushliklardan cho'chisak shu narsa biz bilan sodir bo'ladi. Misol uchun 👑virusni ham yaxshi tomonlarini ko'ra bilishimiz, (ya'ni oila davrasida ko'proq bolayotganimiz, mehr ko'zda naqli qanchalik to'g'riligi o'z tasdig'ini topdi manimcha) tartib qoidalarga rioya etishimiz, vahimaga tushmay yaxshi narsalar haqida o'ylashimiz darkor. Bu baxtli hayot oltin sirini birinchi qoidasidir)).
Ya'ni baxtli hayot oltin qoidasini birinchi siri Munosabatlar quvvatidir :
♦️ Mening baxtim hayotga bo'lgan munosabatimga asoslangan.
♦️ Mening aqlim qay darajadagi baxtga chog'lansa, shuncha baxtiyorman. Shu lahzadan boshlab o'z aqlimni baxtni tuyish uchun yo'naltiraman.
♦️ Agar yaxshi natijaga umid qilsam, unga yetishishga harakat qilaman!
♦️ Baxt - bu har qanday lahzada, har qanday joyda, hamma yoqda o'zim tanlashim mumkin bo'lgan imkoniyat.
♦️ Har bir anduhning ijobiy ahamiyati mavjud nuqtai nazarni topish mumkin.
♦️ Shu lahzadan e'tiboran har bir narsa va hodisaning ijobiy jihatlarini izlay boshlayman.
♦️ Har qanday og'ir va murakkab vaziyatda o'zingizga uchta savol berishingiz zarur :
Bu vaziyatning nimasi ajoyib?
Unda ajoyib nima bo'lishi mumkin edi?
Hali mukammal bo'lmagan tomoni qaysi?
♦️Vaziyatni tuzatish va bu jarayonda qoniqish uchun nima qila olaman?
♦️ Aslı baxtiyorliknining negizi shukronalikdir. Shu lahzadan boshlab shukronalik bildirishga arzigulik narsalarni izlayman.
♦️ Zinhor tashqi shary-sharoitlar emas, faqat fikru o'ylarim meni baxtli va baxtsiz qiladi.
♦️ O'z fikrlarimni boshqaraman, baxtimni ham boshqaraman.
2. Ikkinchi sir — Tana quvvati.
Ro'yxatdagi ikkinchi inson Rodni Grinuey ismli shaxs edi. Janob Grinuey sog'lom turmush tarzi bo'yicha taniqli yo'riqchi edi. U yigitcha bilan suhbatlasharkan oldin advokat bo'lganini, o'z ishidan huzurlanmasligi, doim ruhiy zo'riqishlar bilan hayot kechirganini so'zlab berarkan, unga qorovul unga "ko'tarilish" kerakligini aytganini so'zlab berdi. Ya'ni jismoniy mashqlar bilan ruhan "ko'tarilish" ni. Janob Grinuey shundan keyin o'zini sportga bag'ishlagani, boshqalarni ham ruhan ko'tarilish ga ko'maklashganini so'zlab berdi.
Asl Baxtiyorliknining ikkinchi siri - Tana quvvati.
- ♦️ Harakat sezgilariga ta'sir qiladi.
- ♦️ Jismoniy mashqlar streslarni yengilashtiradi va badanda o'zimizni yaxshi sezishga ko'maklashuvchi kimyoviy reaktsiyalarni paydo etadi.
- ♦️ Muntazam ravishda - imkon boricha 30 daqiqa davomida jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmoq darkor.
- ♦️ Mening hissiyotlarim qaddi-bastimga ta'sir etadi. Tananing bardamligi baxtiyorlik hissini vujudga keltiradi.
- ♦️Baxtiyorlik hissini istalgan lahzada "langar" yordamida anglab chaqirish mumkin. (ya'ni siz qay holatda yoki vaqtda o'ziz erkin va baxtiyor sezasiz. Tushkun holatizda o'sha holat ("langar")izni qo'llasangiz kifoya).
- ♦️ Ovqatlanish o'zimizni qanday his qilishimizga ta'sir etadi. Qahva, choy, alkogol, qandga boy oziq-ovqatlar va sun'iy qo'shinchalardan uzoqroq bo'lish zarur hamda ho'l meva va sabzavotlar, donli va dukkakli oziqlarni ko'proq iste'mol qilish kerak.
- ♦️Tabiiy yorug'lik yetishmashligi ruhiy tushkun ahvolga olib kelishi mumkin.
- ♦️Bir kunda kamida bir soat ochiq havoda bo'lish zarur.
3. Uchinchi sir — Lahza quvvati.
Ro'yxatdagi uchinchi inson Toni Braun bo'lib, u ancha tajribali mustaqil suratkash edi.
Janob Braun yo'lda hayollar girdobida ketayotganida uni avtobus urib yuborishga sal qolgani uni bir keksa xitoylik qutqarib qolganini aytib berarkan. Baxtiyorlik hissi lahzalarda mujassamligini tushuntirib berardi.
Asl Baxtiyorliknining uchinchi siri - lahzada yashash quvvati.
♦️ Baxt yillar, oylar, haftalar va hattoki kunlar ichida yashiringan emas lekin uni har bir lahzada topish mumkin.
♦️ Har bir lahzadan yaxshisini sug'urib olsakkina, umrimizni mazmunli qilishga erisha olamiz.
♦️ Xotiralar o'ziga xos fursatlardan iborat, bunday lahzalarni imkon qadar yig'avering. .
♦️ Kechayotgan lahzadagi hayot afsus- nadomatni yo'qotadi, xavotirni yengib o'tadi va stresni pasaytiradi.
♦️ Esingizda bo'lsin, har bir yangi kun yangi muqaddima, yangi umrdir.
4. To'rtinchi sir — O'zi haqida tasavvurlar quvvati.
Ro'yxatdagi to'rtinchi inson bu Rot Mouzis xonim edi. U keksa bo'lsada ilm oladi, ha u talaba edi. U endi nafaqaga chiqqan kezlari o'zini kam harakat qariya sifatida bilar, tushkun ahvolda edi. U ham yigitchaga keksa xitoylikni uchratganidan keyin hayoti tubdan o'zgarib ketganini so'zlab berdi.
5. Asl Baxtiyorliknining beshinchi siri - Maqsad quvvati. (ya'ni maqsadni aniq va to'g'ri qo'ya bilishda, aytishadiku niyatni yaxshi qiling deb)
6. Asl Baxtiyorliknining oltinchi siri - Hazil mutoyiba quvvati. Bu doim hamma narsadan xursandchilik quvnoqlik izlash degani (manga o'xshab har qanday vaziyatda ham kulib turish degani 😁😁🙈)
7. Asl Baxtiyorliknining yettinchi siri - Kechirish quvvati. Har qanday vaziyatda ham sizga yomonlik qilganni kechirishi o'rganing shunda sizda muammo bo'lmaydi. (shu voqeasi Rashod Nuri Guntekinni "Iztirob asariga judayam o'xsharkan 😥)
8. Asl Baxtiyorliknining sakkizinchi siri - Hadiya quvvati. Bu kimnidir xursand qila olsayiz bundan albatta siz ham xursand bo'lasiz degani. Misol uchun kimgadir kitob sovg'a qildiz u bundan xursand, siz ham uni ko'rib xursand bo'lasiz shundaymi ☺️( ishonmasez buni sinab ko'ringda o'ziz guvoh bo'lasiz 🙃)?
9. Asl Baxtiyorliknining to'qqizinchi siri - O'zaro munosabatlar quvvati. Har bir insonga kulib boqsez albatta u ham sizga kulib qaraydi, bu tabiiy ☺️
10. Asl Baxtiyorliknining o'ninchi siri esa - Ishonch quvvatidir. Baxtning poydevori ham albatta ishinchdir (albatta bu ishonchni suiste'mol qolishmasa 😉).
Qissadan xissa shuki asarimiz qahramoni ham shu o'nta sirni bilib unga amal qilganidan keyin doim Baxtiyor yashabdi ☺️☺️☺️
P.s : qo'yib berishsa kitobni qayta ko'chirib chiqaman 😅😅 yaxshisi o'zingiz o'qing va baxtni o'zingiz yarating. 😍
E'tibor uchun tashakkur.
Haya bu kitobni o'qishni tavsiya qilgan do'stimga rahmatlarim ☺️☺️☺️
✍️ QAYUMOVA GULBAHOR