May 2, 2020

"Qalbingga quloq sol "...

"Qalbingga quloq sol "...

Asar nomidanoq kitobxon qiziqa boshlaydi. Chunki har birimiz har doim ham qalb
amriga binoan ish qilavermaymiz. Ba'zan yurakka qarshi chiqib aql bilan ish tutishga to'g'ri keladi. Lekin INSON - HIS TUYG'ULARI BILAN INSON !!!

Asardagi bosh qahramon - Yodgor ismli yigit bo'lib , ota ona mehrini ko'rmay o'sgan yigit. Qiyinchilik bilan o'qishga kirib o'qiydi. U oilaviy hayot qurishda Aziza ismli qiz tomonidan aldanadi...

Lekin Yodgor " bahori kelishi" ya'ni hayotidagi zulmatni olib tashlovchi bir insonni kutib yashadi. U kutgan" bahor " - Charos uning hayotiga kirib keldi...

Afsuski, sevgini , uning dardini " kommunistik jamiyat quruvchilari" tushunishmaydi. Ular xuddi Yodgorga sevish mumkin emasdek uni " sud " qilishadi. Shunga qaramay, sevgan qalblar doimo bir biriga intiladi.

Qissadagi eng ziddiyatli obraz - Vasila Nazarovna. U Charosning onasi, matematika fani o'qituvchisi, maktabda " zovuch". Hamma undan zir titraydi. Bu ayol sevgi neligini tushunmaydi, tushunishni ham istamaydi. U ishi, kareyrasi uchun oilasini barbod qilgan, qizini otasiz qoldirgan. Asarda Dilfuza ismli qizning hayotini ham barbod qiladi. Qalbida endigina kurtak otgan sevgini, hali Rustam va Dilfuza o'zlari nima ekanini anglamayotgan hislarini Vasila Nazarovna loyga qorishtiradi, qizni hammani olidida sharmanda qiladi. Natijada qiz o'z joniga qasd qiladi...

Charos esa Yodgorning avval uylanganini bilgach, butun orzu hayollari ostin ustun bo'lib, dunyodan bezib qoladi. Lekin baribir sevgi ustun keladi.

Asarni o'qir ekanmiz, hayotda doim ham biz istagan narsalar bo'lavermasligi, sevgi kimgadir erta , kimgadir kech berilishi, ba'zilarga esa umuman nasib etmasligi, sevgi deb o'ylaganlari orzu havas ham bo'lishini ko'ramiz. Vasila Nazarovna misolida esa pedagoglar oldida ulkan mas'uliyat borligini, hech qachon o'quvchini( ayniqsa , qiz bolani) jamoat oldida izza qilmaslik kerakligini anglab yetamiz. So'z ham o'ldirishga qodir. O'rinsiz va nojo'ya so'z kishi hayotini barbod qilishi mumkin.

Asar har bir kishini doimo vijdoniga , qalbiga quloq solib yashashga undaydi. " Odamlar nima deydi?" " Birov eshitsa nima bo'ladi? " deb emas, inson o'z baxti uchun , o'zi ,faqatgina o'zining baxti uchun harakat qilishi, kerak bo'lsa kurashishi lozimligini o'rgatadi. Osonlik bilan erishilgan baxt - pufakka o'xshaydi, u baribir yoriladi. Shunday ekan, asar qahramoni Yodgor misolida sarobdek baxtga ishonmasdan faqatgina QALBINGIZGA QULOQ SOLING!!!

NILUFAR ZOKIROVNA

© @mutolaa_sehri