June 1, 2020

Mich Elbomning "Morrining seshanba darslari" asariga taqriz

Bu asar insonni o'zgarishga va o'zgartirishga undovchi asarlardan biri.Asarni o'qiganda shaksiz chuqur o'yga botasan kishi. Amerika hayotini yoritib, unday hayotdan qanday voz kechish kerakligini o'rgatadigan asar bu. Yo'q emas bor hozir ham Amerika hayotini orzu qiladigan insonlar.Ammo hamma amerikalik ham o'z hayotidan faxrlana olmasligini anglamaymiz.Morrining seshanba darslarini amerikalik ba'zi kishilar o'qisa ancha hayoti izdan chiqqani kinodek ko'radi menimcha.Axir, kitobda yozilgan narsa, badiiy to'qima emas hayot haqida.

Xulosa: Insonning manmanlik, o'ta g'ururchanlik, xudbinlik kabi illatlarini yo'q qilishni o'rgatuvchi asar ekan.Hayot,vaqt va yaqin kishilarga bo'lgan qarashlarni yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, asarni o'qigan odam tanadanda ko'r ruhni muhimligini yanada chuqurroq anglasa ajab emas.

© Samandarov Ortiqboy

Telegram: @mutolaa_sehri