"O'kinma"(Doktor Oiz Qarniy) asari
"O'kinma" ( La tahzan) - ushbu asar arabistonlik mashhur yozuvchi va davlat arbobi. Oiz ibn Abdulloh ibn Oiz al- Qarniy qalamiga mansub.
Ushbu kitobda juda ibratli gaplar , nasihatlar , avliyo- yu anbiyolar hayotidan lavhalar, o'gitlar o'rin olgan.
"Ushbu kitob sizga xushchaqchaq va baxtli bo'ling, yaxshilik tomonini izlang va tinchlaning deydi. Hayotga o'z holicha boqishni , mamnun , quvnoq va shod yashashni o'rgatadi.
Yo'nalishlar, odamlar ,zamon va makon bilan muomala qilishda fitratga zid xatolarni tuzatadi "
"Ushbu O'kinma kitobini o'qib, uni sog'lom mantiq va aql muhokamasiga topshiring. Shunda mazmunni bexato anglaysiz "
" Ushbu kitob siqilganlar , g'am tashvish chekayotganlar, musibatzadalar , iztirob sabab uyqusizlik dardiga mubtalo bo'lganlar uchundir"
Adib asar muqaddimasida yuqoridagi yo'nalishlarni beradi. Ushbu asar har birimiz uchun juda katta ibrat vazifasini o'taydi. Asarni diqqat bilan o'qish ( eshitish ) lozim. Yozuvchi asarga tajribali psixolog sifatida yondashgan.
Har bir inson hayotida og'ir damlar, tashvishlar, azoblar bo'ladi. Hech qachon hayot bir tekisda , ravon bo'lmaydi. Asar mutoalasi davomida gap xuddi siz haqingizda ketayotgandek tuyuladi... Chunki, hammaning hayotida bunday vaziyatlar kuzatiladi. Asar sizni o'ylantirib qo'yishi tabiiy hol . Shu paytgacha o'tgan hayotingiz haqida mushohada qilasiz, o'ylaysiz , fikrlaysiz , afsuslanasiz , yig'laysiz...
Insonning hayotidagi yagona taskin beruvchi , yagona suyanchiq , yagona ishongani - Alloh !
"Alloh - eng chiroyli ism. Harflarning eng go'zali, kalimalarning eng buyugidir. Har kuni U tinimsiz harakatdadir. Unga teng biror zotni bilurmisiz?!
Uning zikri bilan tillar aylanib, yordam so'rab , hamd o'qib , nido qilur . Uning zikri bilan qalblar xotirjam, ruhlar oromda, tuyg'ular sokin, aql joyida , e'tiqod mustahkamdir"
Asarda Qur'ondan, hadisdan namunalar keltirilgan. Ulug' zotlarning hayoti ibrat qilib ko'rsatlgan. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v haqida ham go'zal fikrlarni uchratasiz.
Asarda bosh g'oya - inson ruhining xotirjamligi, sokinligiga erishish. Bu o'tkinchi , yolg'on dunyoga ishonmaslik, haqiqiy dunyoda ko'rish mumkin bo'lgan azoblar oldida ushbu musibatlar sariq chaqalik qiymatga ega emasligi, insonlarning e'tiqodi mustahkam bo'lishiga erishish kabilardir.
Zamon g'ajib so'ngaklarimni ,
Zamin yuzin qoplasa g'ubor.
Munjotim bo'lding dilimda,
Munojotga aylandim xushhol...
Asardan iqtiboslar:
Odamlarga har qanday yaxshilikni ravo ko'ring, shunda qalbingiz shodlanadi.
βββ
Samarali ishlar bilan band bo'ling , shunda g'am anduhni unutasiz.
βββ
G'azablanmang! Halim va oliyjanob bo'ling chunki hayot juda qisqadir...
βββ
Qo'lingizdagi ne'mat bilan yo'qotganlaringizni chamalab ko'ring. Shunda yo'qotganlaringizdan ko'ra topganingiz ko'pligiga amin bo'lasiz.
βββ
Alloh sizga bergan ne'matlar haqida fikr yuriting
βββ
Allohdan kechirishini , tan sog'lik , ofiyat berishini duo qilib so'rang.
βββ
Ey insonlar , Alloh yerdagi barcha narsalarni sizga bo'ysundirib qo'yganini ko'rmadingizmi
βββ
Shukr qiling , doimo tavbada bo'ling.
βββ
Ne'matlar tugab , intiqom vaqti kelishini kutmang, Allohga tavakkul qiling.
βββ
O'tgan ish o'tdi. O'tgan ishga siqilish befoydadir. O'kinish ularni qaytarmaydi.
βββ
O'tgan zamon daftarini o'qishingiz - bugungi kunning yo'q bo'lishidir. O'tib ketgan ishga qaytmoqchi bo'lgan odam xuddi unni qayta tegirmondan chiqarmoqchi yoki arralangan yig'ochni yana arralamoqchi bo'lgan odamga o'xshaydi...
βββ
Haqiqiy kun - buguningizdir. Umringiz bir kun - yashash abadiy degani shudir.
Nilufar Zokirovna
Β© @mutolaa_sehri