April 30, 2020

“Sherlok Xolms haqida hikoyalar”(A. K. Doyl) haqida

✔️Asar haqida

Ko’pchilik kitobxonlarning sevimli asarlari odatda detektiv asarlardir. Xech shubha yo’qki bu mavzu tilga olinar ekan ko’z oldimizda dunyoning eng mashxur detektivlari Sherlok Xolms hamda Puaro siymolari gavdalanadi. Dunyo adabiyotida detektiv janr taniqli amerika yozuvchisi Edgar Allan Po asarlari bilan paydo bo’lgan. Keyinchalik ham bu janrda ko’plab adiblar samarali ijod qilishgan. Artur Konan Doyl yaratgan favqulotta zakovat egasi Sherlok Xolms esa dunyo kitobxonlarini, detektiv shaydolarini ayniqsa lol qoldirib, o’zining mustahkam o’rnini kitobxonlar qalbidan egallagan. Sherlok Xolms ilk bora “Skarletdagi tadqiqot” (1887) asarida dunyoga kelgan. Ushbu asar Sherlokning obrazi orqali ulkan mashxurlikka erishgan. Shu sababdan Artur Konan Doyl “Sherlok Xolmsning so’ngi ishi” asarida uni halok qilishi ko’plab noroziliklarga sabab bo’ladi. Keyinchalik muhlislar talabi va muhabbati sabab “Bo’sh uy” hikoyasida qadrdon Sherlok Xolms yana detektiv olamida paydo bo’lib barcha muhlislar qalbini ham hayratga ham quvonchga to’ldiradi. Biz tanishib chiqqan “Sherlok Xolms haqida hikoyalar” asari 18ta turli, bir-biridan ajoyib hikoyalardan tashkil topgan.

✔️ Fikrlar

Detektiv janrda mening sevimli qahramonim Erkyul Puaro bo’lib kelgan edi. Ammo men Sherlok va Puaroning aql zakovatini taqqoslay olmayman. Faqat shuni ayta olamanki, Puaro bilan kechadigan syujetlar biroz yumshoqroq. Sherlokda obrazlar va ular atrofida kechadigan syujetlar biroz dag’alrod deb o’yladim. Bunga sabab fikrimcha, Puaroning ayol tomonidan, Sherlokning erkak yozuvchi tomonidan yaratilgnligi degan hulosadaman. Albatta, zamon va muhit ham muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda har ikkala qahramon ham eng kuchli zakovat egalari sifatida dunyo miqyosida o’zining mashxurligini saqlab, doimo eng sevimli obrazlar qatorida qoladi.

✔️ Taassurot

Hikoyalar bilan birma-bir tanishar ekanman sirlar va jumboqlardan zavqanardim. Detektiv asar mutolaa qilish yoki film ko’rish jarayonida barcha insonla shubhasiz, masalaning yechimini o’zicha izlaydi. Men ham har bir muammoga o’zimcha turli yechimlar berardim va detektivlarning ajoyib usuli “mayda ikir-chikirlar ham bunday ishda eng muhim omil” ekanligini unutmadim. Hikoyalar ichida menga eng yoqqani “Mesgreyvlar xonadoninng udumi” hikoyasi bo’ldi. Hikoya Karl II davridagi boyliklar, unga olib boruvchi o’ziga xos yo’l, bu haqida habardor bo’lgan va shu boyliklar ilinjida halok bo’lgan eshik og’asi Branton haqida. Ayanan shu asarning eng ko’p yoqtrganim sababi asardagi jumboqlar yechimi juda o’ziga xos. “Sherlok xolmsning so’ngi ishi” hikoyasini o’qiganimda albatta hafa bo’ldim. Biroq, shunday insonning bu tarzda o’lim topishi uning asardagi ahamiyatiga munosib emasdek tuyuldi. “Bo’sh uy” hikoyasini boshlar ekanman,” nahotki asarning davomida Sherlok ishtirok etmasa?” degan savol hayolimni band qilardi. Keyinchalik men Sherlokning qaytishi mumkin degan tahminimda bardavom turdim va adashmagan ekanman.

✔️ Sherlok Xolms

Bu inson nafaqat cheksiz aql idrok sohibi, balki chin insoniy faziatlar ham unga begona emas. U zakovati orqali bizni lol qoldirsa, harakteri, o’zini tutishi, ijobiy xislatlari orqali qalbimizga kirib boraveradi. U aqlli inson, iqtidorli mutaxassis, ajoyib hamkasb, mehribon ijarachi va beqiyos do’st. Janob Uotson Sherlokning obrazini yanada boyitishga hissa qo’shgan ajoyib topilma obrazdir.

✔️ Xulosa

Insonlarning biror ish qilishidan albatta maqsadi bo’lmog’I darkor. Shunday ekan detektiv asarlar mutolaasi bizga nima beradi? Detektiv asarlar inson miyasiga ajoyib hordiq beradi. Bu shuday hordiqki, avvaliga miyangizga turli ma’lumotlar joylanadi, jumboqlar paydo bo’ladi, tugunlar tuguladi va sizni yechim tomon undaydi. Yechimni topishingiz bilanoq kayfiyatingizda ko’tarinkilik paydo bo’lib, xayolimizdagi tugunlar yechilib ruhimiz xushnud topadi. Bu xuddi qorong’i labirintga kirib qolib, axiyri yo’lni topib chiqishdagi lazzatga o’xshaydi. Shunday ekan mashxur va sirli detektiv olami bilan tanishishda davom eting!

✍️ Habibi Nur
📖 @mutolaa_sehri