September 28, 2023

Uy ishchisi bilan ham mehnat shartnomasi tuzilishi mumkinmi?

Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi uy ishchisi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.

Ishga qabul qilinayotgan uy ishchisi bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.

Mehnat shartnomasi tuzilguniga qadar uy ishchisi ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan mehnat shartlari to‘g‘risida oldindan xabardor qilinishi kerak.

Uy ishchisi bilan mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan biri ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi, ikkinchisi ish beruvchida qoladi, uchinchisi esa xodimga beriladi.

Uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Agar taraflar uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga erishgan bo‘lsa, bu shart mehnat shartnomasining mazmuniga kiritilishi kerak.

Uy ishchilarini ishga qabul qilish buyruq e’lon qilinmasdan amalga oshiriladi.

Uy ishchilariga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.

Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi YUXKM boshlig‘i M.T.Mamayusupov