May 13, 2022

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yil 6-maydagi videokonfrensaloqa tarzida o‘tkazilgan tezkor majlis bayonining 7-bandi bo`yicha 2022 yil 13 may kuni Jarqo‘rg‘on tuman “Davr” savdo kompleksi radiouzelida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi M.Mamayusupov 2022 yil 13 may kuni Jarqo‘rg‘on tuman “Davr” savdo kompleksi radiouzelida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va har bir moddasining mohiyati va ahamiyati, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va 13.08.2020 yildagi “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi ва “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida” PF–101-son Farmoni, 28.01.2022 yildagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmonlari, “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021 yildagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli va 31.03.2022 yildaagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarorlari mazmun mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.