Jarqo`rg`on tumani YUXKM boshlig`i S.Allanazarov va bosh yuristkonsult M.Mamayusupov tomonidan 2022 yil 14 aprel kuni tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limida qonunchiligimizdagi yangiliklar bo`yicha targ`ibot tadbiri o`tkazildi.
Tadbir davomida 2022 yil 1 aprel sanasidan nimalar o‘zgarganligi, qanday qonun xujjatlari amalyotga tadbiq etib boshlanganligi haqida ishtirokchilarga tushunchalar berildi, hususan
1. Prezidentning 15 martdagi PQ-167-son qaroriga ko‘ra, 1 apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi.
Sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi.
Og‘ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi.
Keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi. Davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.
2. Prezidentning 7 martdagi PF-87-son farmoniga asosan, tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 mln so‘mdan 10 mln so‘mga oshiriladi.
«Hunarmand» uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi. 2022 yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltiriladi.
Ijarada turgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovining 50 foizi, ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha kompensatsiya beriladi.
3. Prezidentning 17 fevraldagi PF-74-son farmoniga ko‘ra, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 440 ming so‘mdan 622 ming so‘mgacha oshiriladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so‘m miqdorida parvarishlash nafaqasi joriy etiladi.
4. Prezidentning 7 martdagi PF -87-son farmoni bilan to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.
Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida bog‘cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi byudjetdan qoplab beriladi.
5. Prezidentning 7 martdagi PF-87-son farmoniga asosan boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:
farzandlari davlat bog‘chalariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarga byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.
Prezidentning 14 fevraldagi PQ-128-son qaroriga asosan davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarliklar holatlari to‘g‘risida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga «Davlat auditi» dasturiy kompleksi orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu ma’lumot asosida moliyaviy tekshiruvlar jarayonida aniqlanib, davlat foydasiga undirilgan mablag‘lar hisobidan mukofot to‘lanishi haqidagi qonunchiligimizdagi yangiliklardan tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi. Targ`bot tadbiri davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to`liq huquqiy tushunchalar berildi.