2022 yil 2 iyun kuni IIV Malaka oshirish instituti tomonidan "Odam savdosi jinoyatining sodir etilish sabablari va imkon bergan shart-sharoitlari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi.
“Ilojsiz holda o‘z yurtini tashlab ketayotgan kishilar va qochqinlar soni tobora ortib borayotgani, ta’lim va tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati yo‘qligi, odam savdosi va majburiy mehnat, ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, qashshoqlik va ochlikka barham berish zarurati bilan bog‘liq muammolar murakkablashib borayotganiga biz chetdan tomoshabin bo‘lib qarab turolmaymiz.”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
2022 yil 2 iyun kuni IIV Malaka oshirish instituti tomonidan "Odam savdosi jinoyatining sodir etilish sabablari va imkon bergan shart-sharoitlari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi. Ushbu konferensiyada Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti 2-darajali yurist M.T.Mamayusupov ham qatnashib Vazirlar Mahkamasining 8 fevarl 2021 yildagi “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yo‘naltirish tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 60-son qarori bo‘yicha tadbir qatnashchilariga ma’ruza qilindi. Ma'ruzada:
"BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili taxminan 2 million 700 ming kishi odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Xalqaro ekspertlarning baholashicha, ushbu jinoyatchilik natijasida olinayotgan yillik daromad miqdori 7 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan. Tashvishlanarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizi ayol va bolalardir. Har yili dunyo bo‘yicha 600–800 ming nafar ayol va bolalar aldov yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.
Mazkur jinoyatlardan jabrlangan shaxslarga yordam berish va kelgusida qayta jabrlanib qolishidan saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8 fevarl 2021 yildagi “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yo‘naltirish tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 60-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
-Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
-Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan birinchi nizomda odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish faoliyati davlat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat organlariga ko‘maklashadi.
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash va identifikatsiya qilish mazkur shaxslarning huquqlarini himoya qilish, odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik tamoyiliga asoslanadi.
Quyidagilar dastlabki identifikatsiyani bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
- O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar;
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hisoblanadi.
Hulosa o‘rinda shuni ayishimiz mukinki Odam savdosida jabrlangan yoki odam savdosida jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yo‘naltirish tizimida har bir davlat idoralari xodimlari o‘z vakolatlarini sidqi dildan bajarsa, ushbu turdagi jinoyatdan jabr ko‘rganlarni soni sezilarli darajada kamayishiga olib keladi." deb koferensiya qatnashchilariga ma'ruza qilindi.