September 28, 2023
Homilador ayollarga antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash uchun qo‘shimcha bo‘sh kunlar beriladi
Ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘riklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar berishi shart.
Homilador ayollarni antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Jarqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi YUXKM boshlig‘i M.T.Mamayusupov