May 22, 2025

Soyadagi imperiya 🖤

Ep2

Soyadagi Imperiya
2-qism: Sokinlik yorilgan on
Yoongi rulda jim. Yurishi aniq, ko‘zlari doim orqa ko‘zguda. Motosikl tobora yaqinlashmoqda. Harakatlar beparvolikdan yiroq — bu ataylab kuzatish. Yashirin tahdid.
U birdan mashinani chapga, tor ko‘chaga burdi. Yunso cho‘chib ketdi — mashina keskin harakat qildi. U hech narsa demadi, ammo qo‘llari bukildi. Yuragi tez ura boshladi.
Yoongi tormozni bosdi.
Mashina to‘xtadi.
Orqa tarafda motosikl ham to‘xtadi.
Yunso nima bo‘layotganini tushunmadi, ammo tanasidagi har bir to‘qima xavfni his qila boshladi. Mashina ichida og‘ir sukunat. Faqat yurak urishi, va Yoongining chuqur, sovuq nafaslari.
Birdan Yoongi mashinadan chiqdi.
Hech narsa demay.
U og‘ir qadamlar bilan motosikl tomon yurdi.
Yunso hayratda. Deraza ortidan nigohi bilan unga ergashdi. "U nima qilmoqchi?" Yuragi g‘alati qisilmoqda edi. Ichida bir narsa: "To‘xta! U xavfli!" deb baqiryapti.
Ammo kech edi.
Yoongi qora kiyimli, shlem taqqan motosikl haydovchisining yoniga yetib bordi. U bir og‘iz ham gapirmadi. Bir zumda qo‘lidagi pichoqcha porladi, ammo u bilan urilmadi — shunchaki haydovchining shlemini yechdi.
Yunso yuragini ushladi.
Bu odam... tanish emas. Ammo Yoongi unga nimalarnidir shivirlab gapirdi. Motosikl haydovchisi birdan yuzidan rang qochib, orqaga tisarildi.
Keyin... u hech narsa demay, o‘z mototsiklida ortga qarab g‘oyib bo‘ldi.
Yoongi mashinaga qaytdi.
O‘z joyiga o‘tirdi. Mashina yurdi.
Ammo Yunso uning ko‘zlariga qaray olmadi.
Qo‘rqqan edi. Uning yuragiga sovuq bir his o‘rnashib olgan — bu odam oddiy qorovul emas.
Ammo hali hech nima so‘ramadi.
Yoongi esa faqat oldinga qaradi. Og‘ir jimlik orasida, sekin ovozda birinchi marta tilga kirdi:
— Har doim orqangdan kuzatadiganlar bo‘ladi... lekin hammasi ko‘rinmaydi.
Yunso indamadi.
U faqat o‘zining endi yolg‘iz emasligini, ammo bu "birga bo‘lish" unga osudalik emas, xavf olib kelishini tushunib ulgurgandi.

Yunso

Mashina Yunsoni studiyaga yetkazib qo‘ydi. U mashinadan tushayotgan paytda Yoongi unga qarab ham qo‘ymadi — nigohi o‘zida edi, xuddi nimanidir o‘ylayotgandek. Qiz eshikdan kirib ketdi.

Ammo orqasiga qaraganda — mashina allaqachon yo‘qolgan edi.

Yoongi yo‘q edi.

Bu oddiy g‘oyib bo‘lish emasdi. Bu — reja. Bu — niqob ortidagi harakat edi.


Shaharning eng tuban, eng qorong‘i burchagida, yuzlar niqob ostida yashirilgan, xaritada yo‘q bo‘lgan joyda, Yoongi o‘z imperiyasining yashirin qarorgohiga yetib kelgan edi.

Kirishda turgan qora kiyimli soqchilar unga e’tibor bermadi. Uni tan olishdi. Bu yerda u — so‘nggi so‘z.

Yoongi uzun tunel bo‘ylab yurdi, devorlarda faqat yashil rangli sensorlar yonib turardi. Nihoyat bosh ofis eshigi ochildi. Ichkarida monitorda turgan maxsus xaker uni kutib o‘tirardi.

— Kecha orqamdan ergashgan motosiklchini aniqlang, — dedi Yoongi ovozi sovuq va aniq.

Xaker qo‘lini harakatlantirdi. Ekranda videolar, kuzatuvlar, sun’iy intellekt tahlillari, yuzni aniqlash tizimlari birin-ketin ishga tushdi.

— Ustoz... bu odam tasodifiy emas, — dedi xaker. — U ilgari sizning nomingiz bilan bog‘langan bitimlarda ko‘ringan. Lekin qayerdandir qaytib kelgan... go‘yo biror kuch uni jo‘natgan.

Yoongi lablarini qattiq qisdi. Ko‘zlari qoraydi.
— Kim meni kuzatayapti? Kim men haqimda juda ko‘p biladi?


Shu vaqtda Yunso makiyaj xonasida o‘tirar, ko‘zgu ortidan eshik tomonga tez-tez qarab turardi. Ichida nima bo‘layotganini o‘zi ham tushunmasdi. Yo‘qolgan qorovulni sog‘ingan emasdi — unga ishonmagan edi. Ammo shu sukunat, bu g‘oyiblik... yuragini g‘ash qilardi.

Ichki his esa shivirlardi:
“Bu odam aslida kim?”

Kechqurun Yunso repetitsiyadan so‘ng studiyadan yakka holda chiqdi. Kutilmaganda qorovulning o‘rnida turgan mashina boshqa edi. Haydovchi notanish, ammo qo‘lida Yoongining belgilari bor ko‘ylagi — u ishchilar safidan ekani aytilgan.

Yunso biroz ikkilandi. Ammo charchoq unga hushyor bo‘lishga to‘sqinlik qildi.

— Yoongi qayerda? — dedi u, mashinaga yaqinlasharkan.

Haydovchi jilmaydi, lekin ko‘zlarida iliqlik yo‘q edi.

— U boshqa joyda. Men sizni olib boraman, — dedi past, tovushsiz ovozda.

Mashina yurdi.

Ammo marshrut... notanish edi.

Yunso endi yuragidagi vahimani yashira olmadi. Atrof qorong‘u, mashina esa begona yo‘ldan ketmoqda. Yon telefon qutulishdan umid qilgancha sumkasida qidirayotganida — shu payt orqa o‘rindiqda turgan odam unga ukol suqdi.

Yunso qichqirdi. Ammo tovushni faqat mashina yutdi.

Ko‘z oldi qoraya boshladi. Nafas olish qiyinlashdi. Hush aql bilan kurashdi, lekin tanasi asta cho‘ka boshladi.

U hushini yo‘qotayotganda, eshitgan so‘nggi tovush — mashina tormozlarining shovqini va...

“Uch daqiqa kech qoldim...” degan sovuq, ammo xavotirga limmo-lim to‘la ovoz edi.

Yoongi.


Mashina eshigi zarb bilan ochildi. Haydovchi qochishga urindi, lekin Yoongi uni to‘xtatdi. Shafqatsiz zarba, yiqilgan tana, qonga bo‘yalgan yo‘l. Ammo Yoongi buni sezmasdi — u orqa o‘rindiqqa engashdi.

Yunso hushsiz yotardi. Nafasi sekin. Og‘zi biroz ochiq... ammo lablari orasidan noaniq, qora, xiralashgan tutun chiqayotgandek.

Yoongining yuragi bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

Bu oddiy ukol emas edi.

Bu — tananing ichida nimadir uyg‘onishiga olib keluvchi zaharli modda edi.

U o‘ziga kelgancha shivirladi:

— Kim seni tanladi, Yunso? Nega seni? Ular... seni ichkaridan buzmoqchi...

U tezda telefonini chiqarib, kodli raqam terdi.

— “Qora Protokol B”... darhol zahar tahliliga kirishilsin. Ob’yekt: Yunso.


Endi sirlar tobora chuqurlashmoqda. Faqat Yoongi emas, balki Yunsoning o‘zi ham nimadandir tanlangan — yoki ta’qib qilinayotgan edi...

The end ❤️