シ︎Cassiopeia♫︎'🍀
@mystic_asmo
68 posts

Zulmat ichra nur sochgan yulduz

Uy ichida bir qancha notanish odamlar bor edi. Ularning kiyimi, muomala tarzlari, yuzidagi jiddiylik — bularning bari odatiy mehmonlarga o‘xshamasdi. Selena zinapoyadan tushayotib ularni bir muddat kuzatdi, lekin hech narsa so‘ramadi. Ichki bezovtalik ko‘nglini chimchiladi, ammo u odatdagiday sukut saqlab, xonasiga qaytib ketdi.

Soyadagi Imperiya

Hamma narsa tinch edi. Endi na soya, na tahdid. Faqat bir-biriga ko‘nikayotgan ikki odam: biri — sukutga o‘rangan, biri — yuragini yashirgan. Yunso yengil nafas oldi. U hovlida, stulda o'tiribdi, kitob o‘qiyotgandek ko‘rinadi, lekin ko‘zlari har daqiqa narigi burchakda turgan Yoongiga qarab sirg‘anadi. U hali ham himoyachi sifatida yonida yurardi — lekin endi ko‘zlarida qattiqlik emas, e’tibor bor edi. — Nega bunchalik jimsan? — deb so‘radi Yunso ohista, go‘yoki havo bilan gaplashgandek. Yoongi sekin boshini burdi: — Sen jimlikni yoqtirasan deb o‘ylagandim. — Hozirgi jimlik... boshqa, — dedi Yunso, labida mayin tabassum. — Bu... yurak jimligi. Undan qochib bo‘lmaydi. Yoongi biroz jim turdi. So‘ng bir qadam oldinga chiqdi. — Men sening...

Baxt

Bizni og‘riqlar kuchli qiladi 💚