May 13, 2025

Baxt

Ep3

Bizni og‘riqlar kuchli qiladi 🍃

Ertalab, tong hali yorishmasdan turib, akam meni asta uyg‘otdi. Uning ovozida bir shirinlik, ko‘zlarida esa mehr bor edi. Men tezda kiyinib, pastga tushdim. Oshxonada pishib turgan non, choy va akamning iliq jilmayishi meni yana bolaligimga olib ketdi. Biz yonma-yon nonushta qildik. Ko‘nglimda allaqanday sokin quvonch uyg‘ondi.

Yunso

Nonushtadan so‘ng akam menga qarab dedi:
— Bugun bir joyga boramiz. Kiyinib ol.

— Qayerga? — dedim hayrat va qiziqish bilan.

U esa odatdagidek sirli jilmayib:
— Borganda bilasan.

Ichimda hayajon uyg‘ondi. Tezda o‘zimga mos libos kiyib, mashinaga chiqdim. Yo‘l bo‘ylab yuragim tob-tob urardi, yuragimda allaqanday sezgi — bugun hayotim o‘zgarishi mumkin degan tuyg‘u bor edi.

Bir ozdan keyin mashina HYBE binosi oldida to‘xtadi. U yerga birinchi bor kelayotganimda yuragim xuddi bolalarcha hayajonga to‘lgan edi. Ko‘zlarimni katta ochib atrofga qaradim: bu yer — orzular timsoli edi.

Yunsoni tanlagan kiyimi

— Aka... men bu yerga kelishni hattoki tushimda ham ko‘rmaganman... — dedim hayajon va minnatdorlik bilan.

Akam kulib, ko‘zlarimga boqdi:
— Meni emas, seni bu yerga olib kelishga BTS a’zolari o‘zi majbur qilishdi. Yur, endi ichkariga kiramiz.

Biz orqa eshikdan kirib bordik. Ichkaridagi har bir inson meni ko‘rib to‘xtab, sinchiklab tikilardi. Akam bilan yelkama-yelka yurardik. Yuragimda iliq, ammo hali to‘liq tushunib bo‘lmaydigan tuyg‘ular o‘ynardi.

Biz bir eshik oldida to‘xtadik. Jin eshikni ochdi.

Ichkarida BTS a’zolari bor edi. Ularning har biri o‘z ishi bilan band edi, lekin meni ko‘rishlari bilan jilmayib qarashdi. Ular birin-ketin salomlashishdi, va yaqinlashib, qo‘llarini uzatishdi. Men esa boshimni egib, muloyimlik bilan rad etdim.

Bu uyalganimdan emas, balki o‘z e’tiqodim, o‘zimga xos odatim bor edi: men erkaklar bilan qo‘l berib ko‘rishishni xohlamasdim. Bu orqali men hech kimni ranjitmoqchi emasdim — faqat o‘zim bo‘lishni istardim.

Men sukut saqlab turganimda akam yelkamga qo‘lini qo‘ydi. Uning qo‘li iliq edi, yuragimga taskin berdi. Jin yumshoq ovozda dedi:
— U kichkinaligidan shunday tarbiya olgan. Hafsalangiz pir bo‘lmasin.

RM jilmaydi:
— Hafa emasman. Aksincha, bu hurmatga loyiq pozitsiya.

Suga menga diqqat bilan qaradi va sekin:
— Bizning qo‘limizni ushlashni milliardlab odamlar orzu qiladi. Bu qiz esa rad etdi... Bu menga yoqdi. Unda kuchli ichki dunyo bor, — dedi.

Shu payt telefonim jiringladi — bu dugonam edi. Men tashqariga chiqdim, ammo yuragim o‘sha xonada qolgandek edi.

Ichkarida esa ular suhbatlashishda davom etishdi:

RM: — Singling o‘zingga juda o‘xshaydi — yorqin, samimiy.
Jimin: — Yana juda yoqimtoy.
V: — Va chiroyli.
Jungkook: — U nechanchi yil o‘zi?
Suga: — Men 20 yosh bergan bo‘lardim.

Jin esa kulib dedi:
— To‘ppa-to‘g‘ri. 20 yoshda. Ammo ayrim paytlarda o‘zimdan ham aqlroq gapiradi.

Ular kulishdi. J-Hope hazilomuz:
— Jin hyung, ehtiyot bo‘l, singling hammani yuragidan uryapti!

Men ichkariga qaytganimda, ularning har biri o‘z yumushiga qaytgandi. Akam yonimga kelib, meni quchoqladi. So‘ng, telefonida kim bilandir yozisha boshladi. Men esa xona chetidagi deraza yoniga bordim. U yerda osmon keng, ochiq va beg‘ubor edi — xuddi yuragimdagidek.

Shu payt yonimga kimdir sekin yondashdi. Orqamga qaradim — bu Suga edi. U o‘ziga xos sokin, ammo chuqur nigohlar bilan menga qaradi. Bir muddat hech kim hech nima demadi. Faqat yuraklarimiz bir-birini eshitayotgandek tuyuldi.

— Nega qo‘l uzatilganda rad qilding? — dedi u nihoyat. Savol yumshoq, hatto qiziqish bilan so‘ralgan edi.

Men unga qarab jilmaydim:
— Chunki men shunchaki boshqalarga o‘xshashni istamayman. Men ichimdagi qadriyatlarni saqlab qolmoqchiman. O‘zimcha yashashni istayman... hatto mashhurlar orasida bo‘lsam ham.

U boshini qimirlatib, derazadan uzoqqa qaradi:
— Yaxshi... Men seni tushundim. Sen kuchli qizsan. Men bunday odamlarni qadrlayman.

Men asta so‘radim:
— Siz-chi? Mashhurlik ortida yashash osonmi?

U chuqur nafas oldi.
— Oson emas. Ba’zida butun dunyo seni tomosha qiladi, lekin hech kim yuragingni ko‘rmaydi. Sahnadagi kulgu ortida ko‘p jimjitliklar yashirin. Men ham ba’zida oddiygina suhbatni, oddiy insoniy iliqlikni sog‘inaman...

Men nigohimni pastga qaratdim. Bu so‘zlar yuragimga urilgandek bo‘ldi. So‘ng, ohangim sekinlashgancha dedim:
— Demak, biz ikkalamiz ham bir jihatdan yolg‘iz bo‘lganmiz...

U menga qarab jilmaydi. Uning jilmayishi — shunchaki tabassum emas edi, u ichida bir og‘riq va tushunish bor edi.
— Balki, shuning uchun seni bu yerda ko‘rganimda ko‘nglimda bir narsa titradi. Men seni ko‘rganimda, o‘zimni topgandek bo‘ldim...

Men jim qoldim. Bu so‘zlarni yuragim eshitdi. Ichimda bir iliqlik yoyildi. Yana derazaga qaradik. Osmon ko‘k, tinch va chuqur edi — aynan bizning his-tuyg‘ularimiz kabi.

Shu payt Jin bizni chaqirdi:
— Hey, sizlar falsafaga kirib ketdinglar shekilli, bu yerda esa suratga tushish vaqti keldi!

Suga jilmayib, menga qaradi:
— Falsafa emas, bu — haqiqat.

Men kuldim. Chunki men ilk marta... chin yurakdan iliq bir odamga yaqinlik sezgandim.