June 8, 2025

Zulmat ichra nur sochgan yulduz

Uy ichida bir qancha notanish odamlar bor edi. Ularning kiyimi, muomala tarzlari, yuzidagi jiddiylik — bularning bari odatiy mehmonlarga o‘xshamasdi. Selena zinapoyadan tushayotib ularni bir muddat kuzatdi, lekin hech narsa so‘ramadi. Ichki bezovtalik ko‘nglini chimchiladi, ammo u odatdagiday sukut saqlab, xonasiga qaytib ketdi.

Lekin oradan ko‘p o‘tmay haqiqat sira umid qilmagan tarzda oshkor bo‘ldi.

Onasi yelkasiga qo‘l qo‘yib, sokin, lekin yurakni tirnab o‘tadigan ohangda dedi:
— Bugun kelganlar... sovchilar, Selenajon. Otang... rozilik berdi.

Selena bir necha soniya qotib qoldi. So‘ng ko‘zlarida na g‘azab, na norozilik, faqat bo‘shliq paydo bo‘ldi.

— Meni ko‘rmasdan... rozilik berishdimi?

Onasi boshini egdi. Ular uni sotib yuborishgandi.

Gap shundaki, Selenaning otasi — katta biznesmen. Uning hamkori ham o‘z biznesi uchun o‘z o‘g‘lini qurbon qilayotgan edi. Bu ittifoq — sevgi emas, foyda ustiga qurilayotgan edi. Va qurbon... Selena edi.

Lekin Selena janjal ko‘tarib, yig‘lab, qochib ketmadi. Yo‘q. U faqat ichkaridan darz ketdi. Qolgan narsalar — endi unchalik muhim emasdek tuyuldi. Shuning uchun sovchilikdan keyingi ilk uchrashuvga ham indamay chiqdi.

Ammo u bola... juda g‘alati edi.

Sunho. Yuzida yashirin nimadir bor edi. Ko‘zlari ichi qizarib, atrofiga o‘zgacha, o‘chli nigoh bilan qarar, ba'zida so‘zlarini topa olmay, lablarini qimirlatardi. Ko‘z ostlari qoraygan, ohanglari loqayd edi.

“U... narkoman bo‘lishi mumkinmi?..” deb o‘yladi Selena, yuragi hapriqib.

Va bu fikr bir marta kelgan bo‘lsa, ketmadi.

🕯 Toyga 1 oy qoldi.

Selena kechalari uxlamay chiqadigan bo‘ldi. Uyda bu haqda hech kim bilan gaplasha olmasdi. Onasi ham charchagandek, hammasiga ko‘nikib ulgurgandek edi. Otasi esa bu munosabatni muvaffaqiyat deb bilardi.

Ammo Selena... boshqacha yo‘l tanladi.

U yashirincha koreys tilini o‘rganishni boshladi. Avvaliga telefon orqali, keyin kompyuterda. Har kecha yostiq ostiga na quvonch, na kitob emas — til daftari solinardi. U istamasdi faqat qarshilik ko‘rsatishni, u qochib emas — yuksalib ketishni xohlardi.

Bir oy ichida Selena o‘zini tanimas darajaga yetdi. Endi u koreys tilida o‘qiy olardi, gaplasha olardi, va eng muhimi: yuragidagini ifodalay olardi.

Va... toy kuni keldi.

Zalda odam ko‘p edi. Qarsaklar, chiroqlar, soxta tabassumlar. Ular uchun ajratilgan joyga o‘tirishdi. Selena qaltirayotgan bo‘lsa-da, tashqaridan buni hech kim sezmasdi.

Sunho past ovozda so‘radi:
— Meni sevasanmi?.. Avval boshqa kimnidir sevganmiding?

Selena nigohini unga tikdi. Va ichidagi qo‘rquvni yutib:
— Bo‘lgan. Hozir ham uni sevaman. — dedi.

Bu so‘zlar zalga qadar yetmagan bo‘lsa-da, Sunho uchun bu — tahqir edi.

U birdan qo‘lini ko‘tardi va… Selena yuziga zarba oldi.

Zal jim bo‘lib qoldi.

Odamlar nafasini ichiga yutdi. Selena qimirlamadi. Ammo otasi joyidan turib, oldinga intildi.
— Bu nima deganing?! — deb qichqirdi va darhol:
— Toy bekor! — dedi.

Butun oila, mehmonlar hayratda. Hammasi bir-biriga qarab qotib qolgan.

Selena esa jim turdi. So‘ng dadasi tomon yurib:
— Men Koreyaga uchaman. O‘zimni tanlagan yo‘limga. Tilini o‘rgandim. Men harakat qildim. Va bugun... o‘zim uchun tanlov qildim.

Otasi unga tikildi. U qizini hech qachon bunchalik qat’iyatli ko‘rmagan edi. Bu... yigitcha emas, qizchadek tuyulgan farzandi — endi kuchli ayolga aylangandi.

— Bor, dedi u past ovozda. — Lekin hech qachon ortga qaramagin.


✈ Aeroport.

Selena biletni olishda ham, tekshiruvdan o‘tishda ham hech ikkilanmadi. Samolyotga chiqib joyiga o‘tirgach, derazadan osmon sari tikildi.

“Sunho... juda g‘alati odam edi. Hatto u... meni kimligimni so‘ramadi,” deb o‘yladi.

U uchun bu yangi hayotning boshlanishi edi. Qorong‘ulikdan yorug‘lik sari. Majburiyatdan erkinlik sari. Soxtalikdan — haqiqat sari.

Yunso

Koreya osmoni yaqinlashmoqda edi.Yuragi kuchli urardi. Bu gal qorqish emas orzu bilan