Baxt
Xonaga qaytganimda, barcha menga mehr bilan qarashdi. Jin meni yoniga o‘tqazdi. Hamma yuzida tabassum, ammo men baribir o‘zimni biroz begona his qilardim.
— Kelinglar, nonushtaga ketdik, — dedi RM.
Ular meni o‘zlariga qo‘shishdi. Katta xonada uzun stol atrofida yig‘ildik. Ovqatlar tortildi: bibimbap, samgyeopsal, kimchi, va boshqa koreys taomlari.
Men ularga boqib turdim. Ular hazillashar, kulishar, bir-birlariga hurmat bilan muomala qilishardi. Jimin suzib ketayotgan baliq haqida hazil qildi, J-Hope esa ovqatni noto‘g‘ri tutgan Jungkook ustidan kuldi. Jin esa har gal menga qarab, qandaydir ko‘z bilan – “Hamma narsa joyida, xavotir olma,” degandek qarardi.
Lekin men... Men ichimda qandaydir noqulaylikni his qildim. Ularni hali to‘liq bilmasdim. Menga bu hammasi orzudek tuyulardi, lekin bir vaqtning o‘zida biroz og‘irlik ham bor edi. Ularning dunyosi, shon-shuhrati, do‘stligi — go‘zal, ammo begonadek edi.
Men sokin turib, ozgina ovqat yedim. Ular esa o‘zlarini xuddi meni yillardan beri tanigandek tutishardi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, men Jin yoniga sekin egilib dedim:
— Aka, men hozirgacha o‘zimni biroz noqulay his qilyapman... Men ular bilan hali o‘rganib ulgurmadim.
Jin ko‘zlarimga qarab, ohangdor, mehrli ovozda javob berdi:
— Men tushunaman. Sen shoshilma. Har kim bilan tanishish vaqt talab qiladi. Sen qanday bo‘lsang – shundayliging bilan go‘zalsan.
Men bosh irg‘adim. So‘ng, bir bahona bilan stolni tark etdim. Asta yurib, tashqariga chiqdim. Yuragimni siqayotgan tuyg‘ularni ichimda bo‘g‘dim.
Men bu dunyoga hali mos emasman...
Lekin balki vaqt o‘tib, men ham bu oilaning bir bo‘lagiga aylanishim mumkin...
Men deraza oldiga borib, chuqur nafas oldim. Quyosh nurlari yuzimni yoritdi. Bu yangi kun edi — yangi hayotimdagi ilk sinov kunlaridan biri.
Men asta-sekin BTS a’zolari orasiga qo‘shila boshladim. Har kuni ular bilan ko‘proq vaqt o‘tkazardim — ba’zida repetitsiyalarni tomosha qilardim, ba’zida ularning ichki jamoasi bilan suhbatlashardim. Ular menga “mehmon” emas, balki “yaqin odam” sifatida qaray boshlashdi.
Bir kuni Jin bilan studiyadan qaytayotib, u so‘radi:
— Yunso… nega boshida o‘zingni bunchalik tortding? Axir bu yer — sening yurtin-ku. Bu yerda sen xorijlik emassan.
Men chuqur nafas olib, yuragimdagi og‘irlikni ohista aytdim:
— Chunki men koreys bo‘lsam-da, hech qachon o‘zimni bu yurtga tegishli his qilmaganman. Odamlar orasida yurganimda ham o‘zimni yolg‘iz sezardim. Hatto o‘z ona tilimda gaplashayotgan bo‘lsam ham, go‘yo meni hech kim chin dildan tushunmasdi.
Jin jim bo‘lib qoldi. So‘ngra mehr bilan dedi:
— Balki sen aynan shu sababli bizga kerakdir. Chunki sen — asl koreyssan, lekin yuraging dunyo bilan bog‘langan. Sen bu yurtning ichki ovozisan.
Men ilk bor uning so‘zlariga ich-ichimdan ishondim.
Shu kundan boshlab men ularning dunyosiga yanada yaqin kirdim. Ular bilan birgalikda ovqatlandim, kuldim, hatto mashg‘ulotlarda ham qatnasha boshladim. Har bir a’zodan nimadir o‘rgandim:
RM’dan – sabr va tafakkurni,
Suga’dan – chuqur his-tuyg‘ularni yashirishni emas, ifoda qilishni,
Jimin’dan – mehribonlikni,
J-Hope’dan – energiya tarqatishni,
Tae’dan – san’atni his qilishni,
Jungkook’dan – halollik va samimiyatni.
Ular esa mendan – jimlikni tushunishni, shoshmaslikni va yurakni tinglashni o‘rgana boshlashgandek tuyulardi.
Men endi o‘zimga ayta olardim:
Men koreysman. Bu mening yurtim. Bu mening hikoyam. Endi men yashirinmasman.
Bir kuni erta tongda, Jin meni uyg‘otdi. U eshikni asta taqillatdi:
— Yunso, tur. Bugun senga bir ajabiy yangilikim bor.
Men ko‘zlarimni qiyiq qilib, yarim uyg‘oq holatda:
— Aka, yana qanday sahna tayyorgarligi? Repetitsiyami?
— Yo‘q, bu safar o‘zing uchun. Biz bugun universitetga boramiz.
Men to‘shakdan o‘tirib ketdim. Yuragimda bir to‘lqin paydo bo‘ldi. Bu so‘zlarni eshitganimda ichimda nimadir o‘zgardi. Men aslida allaqachon o‘qishga qaytishni o‘ylab yurgandim, lekin bu fikrimni hech kimga aytmagandim.
— Rostdanmi?.. – dedim hayrat bilan.
— Ha. Men sening orzularingni unutmaganingni bilaman. Sahnadan uzoqda bo‘lsang ham, bu seni kuchli qiladi. Ilm — bu ham kuchdir.
Shu kuni kechqurun, biz Seuldagi nufuzli universitetlardan biriga bordik. U yerda san’at va adabiyot fakulteti ko‘rgan zahotim yuragim qinidan chiqib ketgudek bo‘ldi. Darslar jadvali, kutubxonalar, auditoriyalar – hammasi ko‘zimni qamashtirardi.
Menga maslahatchi bir o‘qituvchi biriktirildi. U mendan nima bilan shug‘ullanmoqchimisan, deganda men chuqur nafas olib dedim:
— Men yozishni yaxshi ko‘raman. Hikoyalar, she’rlar, voqealar... Men yuragimdagi narsalarni qog‘ozga tushirishni orzu qilaman.
— Demak, sen allaqachon yozuvchi bo‘libsan. Endi biz faqat qog‘oz va bilim bilan sening orzularingni mustahkamlaymiz.
O‘sha paytdan boshlab, men darslarga qatnashishni boshladim. Har tongda Jin meni HYBE’ga emas, universitetga olib borar edi. U mashinada ketayotib menga doim shunday derdi:
— Unutma, sen faqat mening singlim emas, sen o‘z hayotingning bosh qahramonisan.
Men har kuni yangi narsalarni o‘rganar, yangi do‘stlar orttirardim. Avvaliga menga ko‘pchilik qiziquvchan nigohlar bilan qarardi — axir bu “Jinning singlisi” edi. Lekin vaqt o‘tib, ular mening asl kimligimni taniy boshlashdi: Yunso – orzu qiluvchi, ishlovchi, yozuvchi va inson sifatida.
Har kech Jin meni kutib olar, biz uyga birga qaytardik. U ko‘pincha so‘rardi:
— Darslar qanday o‘tyapti? Hech kim yomon muomala qilmadimi?
Men esa har gal jilmayib javob berardim:
— Yaxshi. Men asta-sekin o‘zimni topyapman. Nihoyat, men ham o‘z hayotimni qurayapman.
Darslar boshlanganiga bir necha hafta o‘tgach, men o‘zimni nihoyat ozgina joylashgandek his qila boshladim. Lekin bu uzoq davom etmadi.
Bir kuni fakultet kutubxonasiga kirdim. Odatdagidek darsim uchun yozuvlar olib chiqmoqchi edim. Shu payt, orqamdan qizlar guruhining qiyqillashi eshitildi:
— U qanaqasiga shu yerga kirgan o‘zi? Faqatgina Jinning singlisi bo‘lgani uchunmi?
— Ha, bu shunchaki "imtiyozli yulduz singlisi". Yozuvchi emish, ha-ha! Ko‘ramiz, nima yozarkan…
Men bu so‘zlarni eshitgan bo‘lsam-da, ularga ortga qaramadim. Yuragim qisilib ketdi, lekin o‘zimni tuta bildim. Qog‘ozlarimni oldim va jimgina kutubxonani tark etdim.
Keyingi kunlarda ham bunday so‘zlar to‘xtamadi. Ayrimlar menga maqsadli kulib qarashar, ba'zilar esa ijtimoiy tarmoqlarda meni "Jinning soyasida yashayotgan oddiy qiz" deb atashardi.
Lekin men ichimdan o‘zimga shunday dedim:
Men bu yerga akam tufayli emas, o‘z orzum tufayli keldim. Ular meni bilmaydi. Lekin men o‘zimni bilaman.
Bir kuni Jin meni olib ketayotganida men nihoyat ichimdagilarni aytdim:
— Aka, men bu yerda qiyinlashyapman. Qizlar meni yoqtirishmayapti. Ular men haqimda yomon gap qilishyapti. Men har kuni o‘zimni siqilayotgandek his qilaman…
Jin mashinani to‘xtatdi. U menga jiddiy qarab dedi:
— Yunso… odamlar har doim gapiradi. Ayniqsa, sen o‘z orzularing sari qadam qo‘yganingda. Ular seni tushunmasligi mumkin, lekin sen o‘zingni unutma. Men seni har bir qadamda kuzataman. Ular seni Jinning singlisi deb atashadi. Ammo men seni Yunso deb bilaman. Yozuvchi, orzusi bor qiz. Hech kim sening ichki olamingni bilmaydi. Ularni isbotlash bilan band bo‘lma. Shunchaki, o‘zing bo‘l.
Ertasi kuni, men yana darsga bordim. Va o‘sha qizlarning qarshisidan o‘tarkanman, ularning nigohi ostida boshimni baland ko‘tardim. Endi men ulardan qochmasdim. Men orqaga emas, orzularimga qarab yurardim.
Men yuragimda yana bir bor takrorladim:
Men Jinning soyasi emasman. Men o‘zimning nuringman.
Kunlardan bir kuni, adabiyot darsida o‘qituvchimiz e’lon qildi:
— Talabalar, bu semestrda har biringizdan kichik hikoya yozishingizni so‘rayman. Eng yaxshi yozilgan asar universitet jurnalida chop etiladi va bir necha noshirlar tomonidan ham ko‘rib chiqiladi. Bu imkoniyat — chin yozuvchilik sari ilk qadam bo‘lishi mumkin.
Men yuragimda titroq bilan qalamimni qo‘limga oldim. Bu faqat baho uchun emas edi. Bu — mening ichimdagini dunyoga aytish imkonim edi.
Men kechalar bilan o‘tirib yozdim. Tirik odam kabi yuragim bilan, ko‘z yoshlarim bilan, bolaligim, og‘rim, yolg‘izligim, orzularim bilan yozdim. Mening asarim — bir qizning ichki kurashi, dunyoni tushunishga urinishi, o‘zini topish haqida edi.
Bir hafta o‘tgach, o‘qituvchimiz sinfga hayajon bilan kirdi:
— Bolalar, men eng yaxshi asarni tanladim. Bu hikoya — yuragimni larzaga soldi. Men uni o‘qiganimda jim bo‘lib qoldim. Qaysi o‘quvchi yozganini eshitganingizda, hayron qolasiz.
Bir zumda sinfda pichirlash boshlanib ketdi. O‘sha mendan nafratlanib yurgan qizlar hayrat va ishonchsizlik bilan menga qarashdi. Lekin men faqat o‘qituvchimga qarab jilmaydim.
— Bu hikoya shunchalik kuchli ediki, — dedi u — undagi hislar, til, ritm — barchasi professional yozuvchilar darajasida. Men bu asarni universitet jurnaliga yuboraman. Shuningdek, uni noshirlarga ham tavsiya qilaman.
Keyingi hafta, hikoyam universitet jurnalining bosh sahifasida chiqqan edi. O‘sha qizlar endi men bilan gaplashmaslikni emas, gaplashishga harakat qilayotgan edilar.
— Men… sen haqingda adashganman. Kechirasan. Hikoyangni o‘qidim. Bu... bu juda kuchli edi.
Men esa yumshoq jilmayib dedim:
— Rahmat. Men hech kimni yomon ko‘rmayman. Faqat... endi o‘zimni yo‘qotmayman.
Shu payt, Jin menga qo‘ng‘iroq qildi:
— Men o‘qidim... singlim, sen... sen meni yig‘latding. Men senga doim ishonardim, lekin endi... butun dunyo ishonadi.
Orqasida esa Suga, Jimin va Jungkookning ovozi:
— Yunsoooo! Asaring 🔥! Biz sendan faxrlanamiz!
Men esa derazadan osmonga qarab qo‘ydim. Ko‘nglimda esa shunday bir tuyg‘u bor edi:
Men endi nafaqat o‘zimga, balki boshqalarga ham ilhom bera olaman.
Asarning nomi: "Soya ortidagi nur"
Men uzoq vaqt jim edim. Shunchalik jim edimki, hatto yuragimning urishi ham o‘zimga g‘alati tuyulardi.
Ular meni "baxtli", "omadli", "yulduz singlisi" deyishardi. Lekin hech kim so‘ramadi:
— Sen o‘zingni qanday his qilayapsan?
Bolaligimda yulduzlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rardim. Ular hamma narsa jim bo‘lgan paytda porlardi. Men shunda tushundim: eng yorqin nurlar ham — faqat qorong‘ilikda ko‘rinadi.
Meni bolaligimda akam tark etgan. U ketganida men hali biror so‘zni to‘liq yozib ham bilmasdim. Har kuni deraza yoniga o‘tirib, uni kutardim. So‘ng asta-sekin unutdim. Yoki unutdim deb o‘zimni ishontirdim.
Yillar o‘tdi. Maktab, ko‘z yoshlari, urinishlar, tushkunliklar, so‘ngra orzular. Hayotda orzularga erishish uchun avval o‘zingni tanlashing kerak ekan. Men esa uzoq vaqtgacha o‘zimni tanlashga jur’at eta olmaganman.
U meni quchoqlaganida, ko‘z yoshlarim jimjimador hayotga emas, mening bo‘shliqlarimga tushdi. U menga aytdi:
— Men seni doim kuzatardim, lekin seni himoya qilish uchun jim turdim.
Shunda men tushundim: Ba’zida jimlik — himoya, himoya esa — sevgi.
Men yolg‘iz o‘sgandim, lekin har doim ichimda kimdir bor edi. U mening orzularim edi. Ular meni ushlab turdi.
Men orzularimni og‘riq bilan sug‘ordim. Endi u gullayapti.
Agar siz ham soya ichida qolsangiz, biling: bu hali hammasi tugadi degani emas. Balki sizga faqatgina nurni ko‘rish uchun to‘g‘ri burchak kerakdir.
Men endi hech kimning soyasi emasman.
Men — o‘zimman.
Men — Yunso.
Xuddi mana shunday asar o‘qituvchini hayratga soldi, talabalarni sukutga cho‘mdirdi, va butun universitet jurnalini larzaga keltirdi.
“Soya ortidagi nur” chop etilgach, universitetda hamma bu haqda gapira boshladi. O‘qituvchilar, talabalar, hatto boshqa fakultetdagilar ham Yunsoni tabriklashar, asaridan ilhomlanganlarini aytishar edi.
Ammo... hammaga ham bu yoqmagan edi.
O‘sha qizlar — ilgari Yunsoni doimo past ko‘rgan, undan ustun bo‘lishga urinib yurganlar — endi battar hasadga to‘lgan edi.
Ular bir joyda to‘planib shivirlashdi:
— Shu... yangi kelgan qiz bormi, o‘zini super yozuvchi qilib ko‘rsatmoqda.
— Ha, akasi mashhur bo‘lsa, hammaga oson-da!
— Shu asarni o‘zi yozganiga ishonmayman. Ehtimol akasi yozib bergandir...
Va shundan so‘ng, ular Yunsoni xafa qilishga urinib, yolg‘on gaplar tarqata boshlashdi. Universitetdagi forumlarda anonim postlar paydo bo‘ldi:
> "“Yunso Kim asarini o‘zi yozmagan. U faqat akasining soyasida yashayotgan oddiy bir qiz.”
"“Bu faqat ommaviylik uchun yozilgan — aslida qalbsiz satrlar.”
Yunso bu gaplarni o‘qib yuragidan nimadir uzilgandek bo‘ldi. Tashqaridan kuchli ko‘rinar, lekin ichida kuchli kurash bor edi.
Bir kuni u kutubxonada yolg‘iz o‘tirganda, o‘sha qizlardan biri oldiga keldi. U stulni surib, kinoyali kulimsirab dedi:
— Yulduz bo‘lish yaxshi-da, to‘g‘rimi? Lekin yulduzlar ham qulaydi bir kun...
Yunso unga qaradi. Yuragida g‘azab emas, faqat... chuqur achinish bor edi. U xotirjamlik bilan javob berdi:
— Men yulduz bo‘lish uchun yozmadim. Men o‘zimni topish uchun yozdim. Agar sizni bu bezovta qilayotgan bo‘lsa... demak, bu asar chinakam ta’sir qilgan.
Qiz hech narsa deya olmay, o‘zini yutib ketdi.
Oradan bir hafta o‘tdi. Universitet jurnalining muharriri Yunsoni alohida chaqirdi:
— Yunso, bilaman, siz haqingizda aytilayotgan gaplar bor. Lekin biz tekshiruv o‘tkazdik. Sizning ishlanmangiz, qoralamalaringiz, yozuv uslubingiz — barchasi isbotlaydi: bu asar sizniki. Siz chin yozuvchisiz. Endi esa... biz sizga stipendiya ajratmoqchimiz. Va yana: Seuldagi xalqaro adabiy anjumanga siz taklif etildingiz.
Yunso ichida bir narsa yorildi — bu g‘azab emasdi. Bu — g‘urur va minnatdorlik edi.
U sahnaga chiqib, ilk bor jamoatchilik oldida so‘zladi:
— Menga ishonmaganlar bo‘ldi. Meni tushunmaganlar bo‘ldi. Meni yerga urmoqchi bo‘lganlar bo‘ldi. Lekin... siz yerga sepgan har bir tuproq — meni ko‘paytirdi.endi men faqat o'sganman
Universitetdagi bosim, yolg‘on gaplar, past-keshliklar Yunsoning yuragiga yurakday botgan edi. U har kuni o‘zini kuchli ko‘rsatishga urinardi. Ammo bu holatlar ich-ichidan uni yeb borayotgan edi.
Bir kuni darsdan chiqib ketayotganda, o‘sha qizlar yana uni burchakka olib kirishdi. Atrofda hech kim yo‘q edi. Ular qattiq ohangda gapirishdi, itarishdi, uni haqorat qilishdi.
— Sen kim bo‘libsan?! Akang bo‘lmasa seni bu yerda hech kim tanimasdi!
— O‘zingni aqlli ko‘rsatib, hammadan ustun bo‘lishni bas qil!
— Hamma senga qaraydi — sen bunga loyiq emassan!
Ular orqasidan daftarlari va sumkasini otishdi. Yunso sukunatda qoldi. U qarshilik ko‘rsatmadi. Faqat titraganicha, bir so‘z dedi:
— Menga nega shunchalik nafrat qilasizlar?.. Men faqat... yozishni sevaman, xolos.
Qizlardan biri uni yana itardi. Shu payt Yunso boshi bilan orqaga yengil urilib yiqildi. U hushini yo‘qotdi.
U uyg‘onganda atrof oppoq edi. Yonida Jin o‘tirardi. Uning ko‘zlarida g‘am va aybdorlik aralashgan edi.
— Yunso... kechir meni. Men seni himoya qila olmadim. Men kech qoldim...
Yunso asta jilmaydi, lablari qaltirab:
— Men... endi charchadim, aka...
Jin uning qo‘lini mahkam ushladi:
— Men endi bu ishni shunchaki qarab turolmayman. Bular javobgarlikka tortiladi. Men bu voqeani ommaga chiqaraman. Sen yolg‘iz emassan!
Shu payt eshik ochildi. BTS a’zolari kirib kelishdi. Har birining yuzida chuqur g‘am bor edi. Suga, jim o‘tirganicha, sekin dedi:
— Biz bu dunyoda millionlab odamlarni xursand qilamiz, lekin ba’zan eng yaqin odamlarimizni ko‘ra olmay qolamiz.
— Biz seni endi yolg‘iz qo‘ymaymiz.
— Endi seni yana kulganingni ko‘rmaguncha tinch olmaymiz.
Oradan ikki kun o‘tgach, Jin barcha voqealarni ommaga e’lon qildi. Universitetda tergov boshlandi. Kamera yozuvlari, shohidlar va Yunsoning jarohatlari asosida o‘sha qizlar jiddiy jazoga tortildi.
Universitet rasmiy uzr so‘radi. Yunso yana shonli ravishda o‘z o‘rnini topdi. Endi hech kim uning iste’dodidan shubhalanmasdi.
Shifoxonadan chiqqach, Yunso yozuv stoliga qaytdi. U yangi asar ustida ishlay boshladi. Bu galgi asar — nafaqat o‘zi, balki minglab jim azob chekayotgan yoshlar uchun umid, najot, kuch manbai bo‘lishi kerak edi.
U sahifani ochib yozishni boshladi:
> "Menga ziyon yetkazganlar bo‘ldi, yiqitmoqchi bo‘lganlar bo‘ldi. Lekin bilasizmi? Yuragimdagi so‘zlar hech qachon o‘lmaydi. Endi men o‘z hikoyamni yozaman. Bu — mening ovozim
Yunso shifoxonadan chiqqach, bir necha kun Jinning yonida dam oldi. Unga ko‘p odamlar yozyapti, qo‘llab-quvvatlayapti. Lekin Yunso hali juda yurakdan zarba yegan — ishonchni asta tiklash kerak edi.
— Singlim, bugun sen bilan kimdir ko‘rishmoqchi, — dedi kulib.
Yunso eshik oldiga chiqqanda, qarshisida Taehyung va Jungkook turardi. Ikkalasi ham oddiy, lekin jiddiy qarash bilan:
— Bir joyga olib boramiz, — deyishdi.
— Bizga ishonsang, ko‘rasan. O‘tir, boramiz.
Ular Seul chetidagi kichik, odamlar kam yuradigan tog‘ yonbag‘riga borishdi. Atrofda yulduzli osmon, mayin shamol, uzoqda yaltirayotgan shahar chiroqlari.
Tae pastga qarab o‘tirib dedi:
— Hayot ba’zida juda shovqinli bo‘ladi. O‘zingni eshitolmay qolasan. Men doim shu joyga kelib, o‘zimni topaman.
Yunso asta yoniga o‘tirib, ko‘zlarini yumdi. Chunki bu yerda... haqiqatan ham tinchlik bor edi.
Jungkook yonidan issiq shokoladli termos chiqarib berdi:
— Sening uchun. Jin opa shunaqa narsalarni yaxshi ko‘rishingni aytdi.
— Rahmat. Sizlar… judayam mehribon ekansizlar.
Tae yonidan qaramay asta so‘zladi:
— Sen boshqalardan farq qilasan. Shunchaki Jinning singlisi emassan. Biz seni inson sifatida hurmat qilamiz. Sen bardavomsan, iste’dodlisan… va yuraging o‘ziga xos.
Jungkook asta boshini egib, jilmaydi:
— Shunday haqiqatli bo‘lgan qizlar kam. Biz sen bilan vaqt o‘tkazishni yoqtiryapmiz.
Yunso sekin yuragida iliqlik his qildi. Bu hissiyot — do‘stlikmi? Yoki undan biroz chuqurroqmi — o‘zi ham bilmasdi. Faqat bir narsa ayon edi: bu ikki yigit — unga chin dildan mehr ko‘rsatyapti.
Endi Yunso ko‘p vaqtini BTS bilan o‘tkazar edi. Birga ovqat, sayr, hazil, musiqa…
U Taehyung bilan san’at haqida gaplashar, she’rlar o‘qir, his-tuyg‘ularini baham ko‘rardi.
Jungkook bilan esa u quvnoq bo‘lar, raqsga tushar, karaoke aytar edi.
Bir kuni Yunso hayratda qoldi — ikkalasi birgalikda unga miniatyura sahna tayyorlab, o‘zi yozgan hikoyasiga sahnalashtirilgan chiqish qilishdi. Bu — unga ko‘rsatilgan eng samimiy hurmat edi.
U xonasiga qaytib, oynaga qarab shivirladi:
— Men yolg‘iz emasman. Endi hech qachon emas.
Yunsoning yuragida endi ikkita yorug‘ yulduz bor edi: Taehyung va Jungkook. Ularning yonida u o‘zini qadrlangan, tushunilgan va qadrli his qilardi.
Lekin... qalbi ikkala yigit orasida nimadir his qilayotgandek edi.
Kun o‘rtasi, HyBe ichidagi studiyada…
Men, Tae va Jungkook uchalamiz tezda yaqinlashib ketdik. Ular meni begona deb his qilmasdi, men ham ular bilan o‘zimni bemalol sezardim. Tae hazilkash edi, ko‘p kulardi. Jungkook esa menga musiqada ko‘maklashdi.
Biz uchalamiz birga studiyaga kirdik. Tae gitara olib, ohang chalishni boshladi, Jungkook esa ritmik doira urar, men esa pianoga o'tirdim. Ular meni sinab ko‘rishayotgandek tuyuldi, ammo ko‘proq ilhom olishayotgandek edi.
Men ilhomga to‘lib, kuchli his-tuyg‘u bilan pianoni balandroq chalib yubordim. Ichimdagi barcha quvonch, orzular ohangga aylanib, xonani to‘ldirdi. Biz kulib, musiqa bilan qo‘shilib kuyladik. Kichik bir konsertga o‘xshab ketdi.
Deraza ortida Suga bizni eshitib turardi. U og‘ir qadamlar bilan ichkariga kirdi. Uning yuzi jiddiy edi.
— NIMA BO‘LAYAPTI BU YERDA?! — u baland ovozda baqirdi.
Uning qattiq ohangi yuragimni zir titratdi. Biz birdan jim bo‘lib qoldik.
— Bu yerda har kim istaganicha musiqa chalolmaydi! Qoidalar bor! — dedi Suga, menga qarab.
— Ayniqsa sen! — deb barmog‘ini menga qaratdi. — Bu professional studiya, o‘yinchoq emas!
Men hayratda, yuragimni qo‘rquv bosdi. Ortiq hech narsa eshitmadim, faqat yuragimning "dug-dug"i.
Men asta joyimdan turdim. So‘zsiz. Ko‘zlarimda yosh.
Hech kim hech narsa demadi. Hatto Tae va Jungkook ham.
Men xonani tark etdim. Yolg‘iz.
Tashqariga chiqdim. Havo salqin edi. Yuragim siqildi. Suga menga shunchalik baqirganidan ranjidim, lekin bu yerda ehtimol men haddimdan oshib yuborgandirman, deb o‘yladim.
O‘zimga o‘zim pichirlab dedim:
— Men bu yerga to‘g‘ri kelmaymanmi?.. Balki ortga qaytish kerakdir...
Ko‘zlarimda yosh, xayolimda chalkashlik. Shu payt orqamdan qadam tovushlari eshitildi…
Men zinapoyalardan sekin tushib, binoning orqa tomoni – kichik bog‘chaga yo‘l oldim.
Qorong‘ulik sekin-sekin tusha boshlayotgandi. Mening yuragimda esa qorong‘ilik allaqachon cho‘kkan edi. Ustun tagida o'tirdim. Bosimni tizzamga qo‘yib, jimgina yig‘ladim.
Yuragim og‘rirdi. Shunchaki musiqa chalgan edim. Chunki quvongan edim. Chunki nihoyat o‘zimni o‘zimdek tutayotgan edim. Bu yerda, bu odamlar orasida… o‘zimni ozgina bo‘lsa ham erkin sezgandim.
Shu payt orqamdan bir sokin, lekin tanish ovoz eshitildi:
— Yunso… seni hammamiz qidiryapmiz.
Tae edi. U qo‘lida issiq ichimlik tutib, sekin yonimga o‘tirib qoldi. Ichimlikni menga uzatdi.
— Bu — yong’oqli kakao. Jin aytgan, bu sening eng yoqtirganing ekan, — dedi u yengil jilmayib.
Men jim edim. Uzoq tikilib turganimdan so‘ng, nihoyat so‘zga chiqdim:
— Men faqat quvongandim, Tae. Pianoda hissiyotimni aytgim kelgandi. Men bu yerda… hamma bilan baxtli edim.
Tae sekin boshini qimirlatdi. Ko‘zlari sokin, lekin yuragimni ko‘rib turgandek edi.
— Bilaman. Men ham shuni his qildim. Biz uchalamiz bir jamoa bo‘lib ketgandik.
Suga… u ko‘p narsani ichiga yutadi. Ba'zida u his-tuyg‘ularini noto‘g‘ri ifodalaydi.
Lekin u yomon emas. U shunchaki studiyaga nisbatan talabchan. Ayniqsa yangi odam bo‘lsa...
Men xo‘rsindim.
— Demak, men xato qildim...
Tae boshini chayqadi:
— Yo‘q. Aksincha. Sen o‘zing bo‘lib qolganing uchun bu juda qadrli.
Bilasanmi, seni birinchi ko‘rganimda… men sening yuragingni eshitgandim.
Sen juda samimisan, Yunso. Seni bu yerda yana musiqa chalganingni ko‘rishni xohlayman. Men va Jungkook — biz seni yoqtirib qolganmiz.
Men sekin jilmaydim. Ko‘zlarim hanuz yoshli edi, lekin endi yuragimda iliqlik bor edi.
— Rahmat, Tae. Sen… meni tushunayotgan yagona odamsan shekilli.
Tae esa yumshoq ohangda dedi:
— Emas. Biz endi hammamiz seni tushunamiz. Jin, JK, hattoki Suga ham...
Faqat sabr va vaqt kerak.
U qo‘lini uzatdi. Bu safar… men ushladim.
Biz orqaga — studiyaga qaytish uchun yo‘lga tushdik.
Hammasiga ko‘z yumdim. Men bu joyni o‘zimniki deb qabul qilishga qaror qildim. Yuragimni o‘zgartirmasdan, hislarimni bosmasdan yashash — mening tanlovim edi.
Ular meni qabul qiladimi-yo‘qmi, men endi o‘zimni yo‘qotmayman.
Kunning ikkinchi yarmida Jungkook bilan bo‘sh vaqtimiz bo‘ldi. U chizishga qiziqishini aytdi. Men ham birga o‘ynashga rozi bo‘ldim.
Studiyaning orqa qismidagi kichik ijodiy xona.
Qog‘ozlar, markerlar, rangli qalamlar… biz to‘kib tashladik. Jungkook birinchi bo‘lib qiziq rasm chizdi — qiziqarli xarakterli kartoon Jin! Men esa yoniga mo‘ralab kuldim, so‘ngra men ham rasm chiza boshladim.
Ranglar, kulgu, qog‘ozlar o‘rtasida go‘yo bolalikka qaytgandek bo‘ldik. Bizning baland ovozda kulgimiz studiyani to‘ldirdi. Hattoki Jungkook orqasiga qog‘oz yopishtirib, meni quvdi, men esa qochdim. Bu payt biz shunchalik quvnoq edikki, dunyo go‘yo faqat biz uchun bor edi.
Yaqin xonada Suga yangi qo‘shig‘i ustida ishlayotgan edi.
U boshini qo‘llari orasiga olib, kompyuterda ishlayotgandi. Nafas olishi tezlashgan. Kutilmagan shovqin, baland kulgi, devorga urilayotgan oyoq tovushlari — unga to‘g‘ri kelmasdi.
U monitor qarshisida qotib qoldi.
Qo‘shiq g‘oyasi… tovushlar… ilhom — hammasi tarqalayotgandi.
U g‘azab bilan qulog‘idan naushnikni olib tashladi. Stuldan sapchib turib, eshikni ochdi va yo‘lni qattiq bosib, biz tomonga keldi.
Uning yuzi g‘amgin emasdi — u jiddiy va charchagan edi.
Men va Jungkook darrov to‘xtadik. Suga oldimizga keldi. Uning ko‘zlarida to‘plangan charchoq, norozilik va ichki og‘riq bor edi.
— Bu yerda ishlayotgan odamlar bor! Men bu yerda yangi qo‘shiq ustida ishlayapman, sizlar esa go‘yo bog‘chadek baqir-chaqir qilib yurasizlar!
U to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga qaradi:
— Ayniqsa SEN! Nega doim hamma joyda baland bo‘lishing kerak? Hali kecha pianoda, bugun kulgi bilan! Bu yer professional joy!
Men titrab ketdim. Ichimda bir narsa uzilgandek bo‘ldi. Ko‘zim yana to‘lgan edi.
Suganing so‘zlaridan so‘ng men hech narsa demadim.
Ichimda qaynayotgan og‘riqni so‘zlar bilan aytolmasdim. Ko‘zlarimda yosh, yuragimda achchiq alam bilan shunchaki eshikni ochdim va chiqib ketdim.
Orqada Jungkookning jim qolgani, Tae'ning qo‘rquvli nigohi qoldi.
Men zinapoyalardan tushib, eshikdan chiqdim. Tashqarida yomg‘ir yog‘ayotgan edi. Mayda, ammo tinimsiz. Osmonda qorong‘ilik va bulutlar.
Men yo‘lga tushdim.
Piyoda. Oyoqlarim og‘rirdi, ammo yuragim undan battar og‘rirdi.
Shahar tinch edi, yomg‘ir tomchilari asfaltni urib, yuragimdagi har bir zarbani takrorlardi.
— Nega men? — pichirlab yig‘lardim.
— Nega men hech qaerga sig‘mayapman?..
Uyga yetib keldim. Jin bilan yashayotgan kichkina kvartiramga. Ho‘l, muzlab qolgan kiyimlarim bilan darrov xonamga kirdim.
Hech narsa demasdan, ustimni almashtirmay, ho‘l sochlarim bilan yotoqqa cho‘zildim.
Tanam qiziy boshladi. Ko‘zim ilindi. Yig‘idan charchagan edim.
Jung Kook bo‘shliqni sezdi. Tae hech kimga hech narsa demasdan eshikka qarab tikildi.
Suga esa sekin joyiga qaytmoqchi edi, ammo shu payt eshik ochildi.
Jin shiddat bilan ichkariga kirdi.
— Yunso qani?! — deb so‘radi qattiq ohangda.
— U chiqib ketdi...
— Yomg‘ir yog‘ayapti! Yolg‘izmi?! — Jinning ovozida vahima bor edi.
U asta asta Suga tomon yurdi. Sabr kosasi to‘lgandi.
— SIZ! — Jin Suganing ko‘ziga tik qaradi.
— Bir qiz, bu yerda o‘z o‘rnini topishga harakat qilayotgan bo‘lsa, sizning bu shafqatsizligingiz uni yanchadi!
— Men faqat qoidalarni... ilhomni... ishni...
— U mening singlim! — deb baqirdi Jin.
— Siz esa uni yuragidan ranjitdingiz!
Ular o‘rtasida janjal avj oldi. Ovozlar ko‘tarildi.
Shunda oraga RM tushdi. Tinch, ammo qat'iy ohangda:
— Yetar!
— Hamma tinchlanadi. Bu yer janjal qiladigan joy emas. Jin, hozir seni borliging kerak bo‘lgan yagona joy — singling yonida. Bor.
Jin bir soniya jim turdi. So‘ng darrov ortga o‘girildi.
Xonamga kirdi. Meni yotgan holda topdi. Yuzim qizargan, peshonam issiq edi.
Jin darrov holatni tushundi. Ko‘zlarida vahima bor edi.
— Yunso... sen isitmalayapsan... seni kechir, iltimos...
U meni yengil ko‘tarib, mashinasiga olib chiqdi. Ko‘chada hanuz yomg‘ir yog‘ardi.
Ko‘zimni ochdim. Yonimda oq labashtada Jin. Uning ko‘zlarida uyqu yo‘q, yuragida esa aybdorlik.
Men zaif ovozda pichirlab so‘radim:
Jin sekin jilmaydi, ko‘zlari yaltirab:
— Singlim... sen xavfsiz joydasan. Endi... men hech qachon seni yolg‘iz tashlab ketmayman.
U mening qo‘limni ushladi. Bu qo‘lda muhabbat, himoya va pushaymonlik bor edi.
Shifoxona derazasidan quyosh nurlari sekin kirib kelayotgan edi. Uzoq tundan keyin nihoyat tanam bir oz yengillik sezdi. Ko‘zimni ochsam, hali ham Jin yonimda edi. Uning yelkasi pastga tushgan, ehtimol uxlab qolgan, qo‘limni hali ham ushlab o‘tirardi.
Men asta o‘rnimdan qimirladim.
— Aka... — dedim xirgoyi ohangda.
— Yunso! O‘zinga keldingmi? Xudoga shukur...
Men boshim bilan "ha" degandek qimirladim. U yonimga cho‘kdi, peshonamga qo‘lini qo‘ydi.
— Hali ham biroz issiqliging bor, lekin yaxshiroqsan. Men seni bu holga tushib qolishingga yo‘l qo‘yganim uchun o‘zimni hech qachon kechirmayman.
Men jilmaydim, zaif, ammo chin dildan:
Tae kirib keldi. U qo‘lida bir buket mayda binafsha gullar olib kelgan. Orqasidan Jungkook ham asta yurib kirdi, qo‘lida o‘yinchoq ayiqcha.
Ular jim turib qolishdi. So‘ng Jungkook sekinlik bilan dedi:
— Kecha... men seni himoya qilolmadim. Uzr. Men faqat kulgining davom etishini xohlagandim.
— Sening kulging butun studiyani yoritib yuborgan edi. Endi u jim bo‘lib qolgandek.
Ular yonimga yaqinlashdi. Men ularni ko‘rib yana ko‘zlarim yoshlanib ketdi.
— Sizlar menga do‘stdek bo‘ldingiz... men o‘zimni begona his qilmayapman endi, — dedim.
— Ko‘ryapsanmi? Seni qadrlashadi.
Ammo bir narsa yo‘q edi — Suga.
Men so‘ramadim. U kelmaganini tushunardim.
U balki hanuz o‘zining qat'iy va og‘ir qoidalari bilan yashayotgan bo‘lsa kerak.
Ammo bu safar... men uni kechirdim. Ichimda jim, sokin kechirim bo‘ldi. Men yuragimni sovitmaslikka, mehrni saqlab qolishga qaror qildim.
Tae derazadan tashqariga qarab dedi:
— Bugun quyosh chiroyli chiqqan. Bu yangi sahifani boshlash uchun yaxshi kun.
— Hamma joying bitgach, biz seni HYBE’ga olib qaytamiz. Lekin bu safar — yuragingga hech kim putur yetkazolmaydi. Seni endi hammamiz himoya qilamiz.
HYBE binosi — Jin, Tae, Jungkook, RM, J-Hope, Jimin va Suga studiyada.
Yunso eshikni ochib kiradi. U boshqacha, betinch, ammo ich-ichidan porlab turardi.
— Nima gap, singlim? Ko‘zing chaqnayapti.
Yunso sekin chuqur nafas oldi, yuragi tez ura boshladi. U hammaga qaradi.
— Men sizlarga bir yangilik aytmoqchiman...
Men Angliyadagi Oxford Universitetiga o‘qishga qabul qilindim.
Studiya bir lahzaga jim bo‘lib qoldi.
So‘ng birdaniga qarsaklar, qichqiriqlar, kulgular.
Jin yugurib kelib, uni quchoqlaydi:
— Bu ajoyib! Men seni bilardim! Sen bunga loyiqsan! Men har doim seni olg‘a borishingni xohlaganman! Singlim endi Oksfordda!
RM (lider ohangida, chuqur fikr bilan):
— Oksford – bu bilim, izlanish va haqiqatni izlash joyi. Sen u yerga mukammal mos tushasan, Yunso. Mening fikrimcha, bu faqat boshlanish.
J-Hope (quvnoq, ammo ko‘zlari iliq):
— Vay, bu dunyodagi eng mashhur universitetlardan biri! Sen bunga erishding! Sen bilan faxrlanamiz, Yunso! Biz senga raqs qilib ko‘rsatamiz qanday quvonayotganimizni!
Jimin (mayin, muloyim ohangda):
— Men bilaman bu qanchalik qiyin bo‘lganini. Lekin sen buni uddalading. Sen o‘z orzularing sari uchayotganingni ko‘rib... yuragim eriyapti, Yunso.
Jungkook (yozuv daftarini ko‘tarib):
— Men seni sog‘inaman... lekin men senga suratlar, musiqa, hattoki videolar yuboraman. Sen hech qachon yolg‘iz bo‘lmaysan.
Tae (chuqur ohangda, xayolchan):
— Menimcha, sening o‘z yo‘ling bor. Biz sahnada bo‘lamiz, sen esa dunyoni o‘zgartirasan. Lekin unutmang, sen har doim bizning yuragimizdasan.
Suga esa jim.
U uzoqdan qaraydi, jilmayishga harakat qiladi, lekin ko‘zlarida bir oz xafalik bor. U asta yurib, Yunso yoniga keladi.
— Tabriklayman. Oksford — jiddiy ish. Men... bu yangilikni kutmagan edim. Ammo sen bunga loyiqsan.
U jilmayadi, ammo ko‘zlarida to‘sqinliksiz so‘zlar bor edi.
U o‘z hislarini ichida tutadi, lekin Yunso bu jimlik ortidagi mehrni his qiladi.
Yunso ularning yuzlariga qaraydi.
Ko‘zlarida yosh. Quvonchdan.
— Men sizni bir umr sevaman. Bu joy, sizlar... hayotimning eng yorqin sahifasi bo‘ldi.
Oksford bu orzu. Ammo yuragimda sizlar bo‘lasiz.
— Biz seni qo‘yib yuboramiz. Lekin faqat jasorat bilan, orzularing sari. Chunki biz bilamiz — sen qaytasan. Va biz seni kutamiz.
Yunsoning hayoti yangi bosqichga kiryapti. Oksford sari yo‘l ochildi.
Lekin yuragida Jin, BTS va HYBE oilasi doim yashaydi.
Incheon aeroporti. Tong saharlari.
Osmon hali yorishmagan. Shamol yengil esib turardi.
Yunso o‘z chamadonini asta tortib ketar, atrofida esa Jin, RM, J-Hope, Jimin, Jungkook va Tae yonidan bir qadam ham chetga chiqmaydi.
Ular jim ketishardi. Har kim o‘z fikrida, yuraklarida gap ko‘p.
Jin chamadonni tortib olib, hazillashib dedi:
— Men buni ham olib qolaman, bo‘lmasa oxirgi daqiqada fikringdan qaytib ketishing mumkin!
Yunso kuldi, lekin ko‘zlaridagi yoshni yashira olmadi:
— Aka, men bormasam... bu orzu faqat qog‘ozda qoladi.
RM unga pasportni topshirar ekan, yelkasiga qo‘l qo‘ydi:
— Esingda bo‘lsin, sen yolg‘iz emassan. Har safar darsga kirganingda, bizning ovozlarimizni eshit, yuragingda olib yur.
J-Hope unga o‘zining birinchi sahnadagi rasmini berib:
— Bu sening ilhoming bo‘lsin. Chunki bir kun kelib sen ham minglab odamlarni ilhomlantiradigan qiz bo‘lasan.
— O‘zingni ehtiyot qil. U yerdagi odamlar seni tushunmasligi mumkin, lekin sen doim bizni eslasang, kuch topasan.
Tae esa hech nima demadi. Faqat qo‘lini ushlab turdi. U ko‘zlar bilan gaplardi.
Jungkook esa oxirgi daqiqada yugurib kelib, unga chiroyli daftarchani berdi:
— Bu biz bilan o‘tgan barcha xotiralar uchun. Har kuni bir sahifa yoz, keyin qaytib kelganingda biz o‘qib beramiz.
Yunso uni kutdi. Atrofga qaradi. Ammo Suga kelmadi.
U yuragini bosib, o‘zicha pichirladi:
— U mendan xafa emas... u shunchaki vidolashishni yomon ko‘radi.
— U sendan faxrlanadi. Men ko‘rdim. Faqat... yuragidagi tuyg‘ularni ko‘rsatish unga har doim og‘ir bo‘lgan.
— Men uni tushunaman. Uni kechirdim ham. Chunki men uni ham o‘rgandim.
Yunso chiqish darvozasi oldida to‘xtadi.
BTS azolari qo‘l silkitishar, jilmayib, ko‘zlarida yosh bilan turishardi.
U yuragini mahkam tutdi. Bir nafas oldi. So‘ng orzular sari birinchi qadamni qo‘ydi.
Samolyot ko‘tarilarkan, Yunso oynadan pastga qaradi.
Sevgi, do‘stlik, xafagarchilik va orzular aralashib, bitta hayot bobiga aylandi.