May 30, 2025

Soyadagi Imperiya

Ep4

Hamma narsa tinch edi. Endi na soya, na tahdid. Faqat bir-biriga ko‘nikayotgan ikki odam: biri — sukutga o‘rangan, biri — yuragini yashirgan.
Yunso yengil nafas oldi. U hovlida, stulda o'tiribdi, kitob o‘qiyotgandek ko‘rinadi, lekin ko‘zlari har daqiqa narigi burchakda turgan Yoongiga qarab sirg‘anadi. U hali ham himoyachi sifatida yonida yurardi — lekin endi ko‘zlarida qattiqlik emas, e’tibor bor edi.
— Nega bunchalik jimsan? — deb so‘radi Yunso ohista, go‘yoki havo bilan gaplashgandek.
Yoongi sekin boshini burdi:
— Sen jimlikni yoqtirasan deb o‘ylagandim.
— Hozirgi jimlik... boshqa, — dedi Yunso, labida mayin tabassum. — Bu... yurak jimligi. Undan qochib bo‘lmaydi.
Yoongi biroz jim turdi. So‘ng bir qadam oldinga chiqdi.
— Men sening yuragingdan qo‘rqmayapman endi.
Bu so‘zlar Yunsoni to‘xtatib qo‘ydi. Bu — Yoongining yuragi gapirgan ilk marta edi.
Ular uzoq tikilib turishdi.
Shu payt xira shamol turdi. Barglar yerdan ko‘tarildi. Katta xavf ortda qolgandi, lekin ularning ichida — sekin-sekin unib chiqayotgan yangi tuyg‘u bor edi. Bu tuyg‘u hali nomlanmagan edi. Ammo u yurakni isitardi.
Yoongi asta, shoshmasdan, Yunsoning yoniga o'tirdi.
— Endi seni hech qachon yolg‘iz qoldirmayman.

Yunsoning hayoti sekin-asta izga tushayotgandi. Yangi sahna mashg‘ulotlari, yangi klip tayyorgarliklari. Ammo bir yangilik — yangi vizajist, Isomi. Yosh, quvnoq, ishonchli ko‘rinardi. Dastlab Yunso unga hech qanday alohida e’tibor bermadi. Faqat...

Uning Yoongiga qarashlari ko‘p edi. Juda ko‘p.


— Ko‘zingiz yumshoq, lekin kuchli, — dedi Isomi bir kuni Yoongiga, uni sahna orqasida kutayotgan payti.
Yoongi javob bermadi. Har doimgidek sokin edi.
— Siz doim shunaqa jiddiymisiz? Yoki faqat Yunso uchunmikin?

Bu safar Yoongi sal qarab qo‘ydi.
— Men himoyachiman. Boshqa narsa emas.

Isomi kulib qo‘ydi.
— Himoyachilar shunchalik jozibali bo‘lishi shart emas aslida...

U yaqinroq keldi. Juda yaqin. Shu payt eshik ochildi.

Yunso. Ko‘zlari darrov ularning holatini ko‘rdi. Yuzida hech qanday o‘zgarish yo‘qdek ko‘rindi... lekin ichida qalqigan rashk bor edi.

— Tayyorman, — dedi Yunso, ovozi sovuq.
Yoongi unga qarab, asta orqaga chekindi. Isomi esa yuzida tabassum bilan, xuddi hech narsa bo‘lmagandek ortga qaytdi.


Mashg‘ulot oxirida Yoongi yana uni kutib turardi. Hamma ketgan, atrof jim. Yunso so‘radi:

— Isomi bilan yaxshi gaplashibsan bugun.

Yoongi biroz hayron qaradi.
— Oddiy gap.

— Oddiymi? Ko‘rinishidan... yoqimli bo‘lgan shekilli.

Yoongi bu safar chuqur nafas oldi. U asta aytdi:

— Menga sen kerak. Yaqinimda. Boshqasi emas.

Yunso to‘xtadi. Yuragi tez ura boshladi. Ammo javob bermadi. Chunki yurakdagi so‘zlar hamon og‘izdan chiqishga jur’at qilolmas edi.

Mashg‘ulotlar tugagach, barcha tarqala boshladi. Yunso xonadan chiqib, biroz suv ichib kelish uchun yo‘lakka yo‘l oldi. O‘sha payt sahna orqa xonasidan Isomi va Yoongining ovozlari eshitilib qoldi.

Ichkarida...

Isomi, har doimgidek, ohangdor va yurakka yaqin gapirardi:

— Bilasanmi, Yoongi... men har kuni seni ko‘rib, o‘zimni boshqacha his qilyapman.
— Isomi... bu noto‘g‘ri, — dedi Yoongi jiddiy. U har doimgidek sovuq edi, ammo ovozida bir charchoq, bir chala pushaymon bor edi.
— Noto‘g‘rimi? — Isomi kulimsiradi. — Demak, o‘sha qiz uchun sen hali ham...

Eshik ochildi.

Yunso.

Ko‘zlari qisqa lahzaga Yoongining ko‘zlariga urildi, keyin Isomining unga qarab jilmayganini ko‘rdi.

U na g‘azablandi, na so‘z aytdi. Faqat... yuragi siqildi.

— Uzr... bezovta qildim, — dedi u ohangsiz ovozda.

Va chiqib ketdi.


Yoongi darrov o‘rnidan turdi. Eshikdan chiqdi.

— Yunso! To‘xta!

Ammo u allaqachon yo‘lak burilishidan o‘tib ketgandi.

Yoongi chapga, o‘ngga yurdi, har bir xona eshigini ochdi, mashg‘ulot zalini tekshirdi, hatto pastki texnik xonagacha bordi.

U yo‘q edi.

— Qayerga ketding, Yunso?..


Yunso esa...

Xonalar orasidagi oraliqda, eski mikrofonlar saqlanadigan qorong‘i, chang bosgan xona ichida, burchakka o‘tirib olgandi.

Yelkasi silkinardi.

Qo‘lida siqilgan salfetka, ko‘z yoshlari ho‘l yonoqlaridan oqar, lablari esa jim titrardi.

"U meni tushunmayapti."
"U menga qarayapti, lekin yuragi... menga emas."

U bu og‘riqni yashirishga harakat qildi. Ammo... yurakni yashirish mumkin emas edi.

U nigohini pastga qadadi. Qorong‘ulik ichida, u yolg‘iz edi.

Lekin yuragida hamon bir nur so‘nmasdi — Yoongi uni topishiga umid.

Yoongi sahna orqasida yurar, yuragi to‘lib ketgandi. Har bir qadam — pushaymon, har bir nafas — og‘riqli edi.

"Men nega u kelganda Isomiga javob bermadim?"
"Nega unga hozirgacha ochiq gapirmadim?"

U qayerga qadam qo‘ysa, u yerda Yunsoning soyasi yurardi. Faqat u emas. Nigohi, sukuti, og‘rigan yuragi.

Yoongi boshini devorga tirab, chuqur nafas oldi.

— Men uni og‘ritdim...


O‘sha paytda...

Yunso qorong‘u xonada, chuqur nafas ololmay qolgandi. Havodek tuyilgan og‘riq, ko‘ngli aynib, boshi aylana boshladi.

Ko‘z oldi qorayib, tanasi bo‘shashdi.

U sekin egildi. Tizzalarini bag‘riga olib, titrar, lekin ko‘zlarini ocholmasdi.

Va... hushidan ketdi.


Oradan vaqt o‘tib, binoni tozalayotgan ishchilardan biri orqa xonadagi eshikni ochdi. U xira chiroqni yoqdi.

— A-a?! Kim u?..

Yunsoning egilgan, harakatsiz tanasini ko‘rib, ishchi hayrat va vahima bilan yugurib chiqdi:

— Kim bor? Tez yordam! Tez yordam kerak bu yerda!


Yoongi ovozni eshitdi. Orqasiga o‘girildi.

— Nima bo‘ldi?

— Qiz... haligi qiz hushidan ketgan, qorong‘i xonada...

Yoongi qotib qoldi.

Yuragi qattiq urdi. Qadam tashlab, yugurib, o‘sha tomonga yo‘l oldi.

— Iltimos... Yunso bo‘lmasin, faqat u bo‘lmasin...

Ammo... eshik ochilganida... u o‘z ko‘zlariga ishongisi kelmadi.

Yunso yerda yotardi. Ko‘zlari yumuq, yuzi oqarib ketgan. Nafasi sekin, harakatsiz.

— YUNSO!!!

Yoongi tiz cho‘kdi. Uning boshini bag‘riga oldi. Yuragi og‘ridi. Qo‘llari titrardi.

— Iltimos... meni kechir... sen bu yerda yolg‘iz qolmasliging kerak edi...

U endi hech kimdan qochmoqchi emasdi. Sevgi deb aytilmagan hislar, endi hayot uchun kurashga aylangandi.

Tungi soat 2:47.

Shifoxonadagi palatada sokinlik edi. Faqat yurak urishini bildiruvchi monitor asta "bip… bip…" deb eshitilardi.

Oyna ortida shahar yotar, lekin bu xona ichida bir dunyo yomon jimjitlik qoplagan edi.

Yunso... hanuz hushsiz. Yuzi oqarib, lablari qurib qolgan. Ko‘zlari yumuq. Nafasi sekin va zo‘rga edi. U yostiqqa bosh qo‘ygancha — go‘yo uxlayotgandek. Faqat... bu uyqu haddan ortiq cho‘zilayotgandi.

Yoongi esa... stulda o‘tirardi. Unga tikilib, har soniyani sanardi.

Qo‘llari tizzasida siqilgan, boshini egib, faqat bitta narsa deya pichirlardi:

— Men kechikdim... kechir meni, Yunso.

U yigit bo‘lishi mumkin, qo‘riqchi, hatto mafiya — lekin hozirda u... pushaymon ichida ezilgan bir odam edi. Uning yelkalari past, nigohi o‘lik edi.

— Men seni og‘ritdim... o‘zimdan qochdim... ammo aslida men... seni...
U jim qoldi. So‘ng lablari titradi.

Unga qarab turarkan, yuragi siqilardi.

— Iltimos... uyg‘on... meni qara. Yana bir marta qaragin... Qo‘rqma deb aytishimga imkon ber...

Bir tomchi yosh... yo‘q, bu ilk marta edi Yoongi ko‘zida yosh to‘kilganini his qilgan. Ammo u uni artmadi. Bu pushaymonni yashirishga haqqi yo‘q edi.


Birdan Yunsoning qo‘li sekin titradi. Barmoqlari biroz qimirlagandek bo‘ldi. Monitorning ovozi o‘zgarib chiqdi.

— Yunso?! — Yoongi o‘rnidan sapchib turdi. — Meni eshityapsanmi?

Qizning ko‘z qovoqlari asta sekin ochildi. Avval xira, so‘ng tiniqroq ko‘rindi. U dovdirab atrofga qaradi.

— Qa... qaerdaman?..

— Shifoxonada. Sen hushidan ketganding...

Yoongi uning qo‘lini ohista ushladi. Qiz esa kuchsiz jilmaydi.

— Sen... meni topdingmi?..

Yoongi charchagan bo‘lsa-da, birinchi marta yumshoq ohangda javob berdi:

— Men sendan boshqa hech kimni qidirmayman.

Yunso ko‘zlarini yumdi. Ko‘zlarida... tinchlik bor edi. Bu so‘zlar yetarli edi.