September 15, 2025

Just yours daddy

Bir kuni Tea mashg‘ulotdan qaytayotganida telefoniga qisqa xabar keldi.

“Nari… bugun tongda vafot etdi.”

Tea o‘qigan zahoti oyoqlari bo‘shashib, yerga o‘tirib qoldi. Nafasi tiqilib ketdi, qo‘llari titrardi. Qanchalar uni yo‘qotmaslikka harakat qilganini, lekin uni tushunmaganini birdaniga anglab yetdi.

— Yo‘q… Nari, iltimos… — dedi u, ovozi titrab.

Tea ko‘chaga yugurib chiqdi. Mashina haydab kasalxonaga yetib bordi. Yuragi go‘yo ko‘ksini yorib chiqayotgandek tez urardi.

Palataga kirganida esa hamma kech bo‘lgandi. Nari allaqachon oppoq choyshab ostida yotardi. Uning yuzida esa sokin tabassum qolgandek edi.

Tea hushidan ketgudek bo‘ldi. Yoniga qulab tushib, qo‘llarini uning qo‘liga qo‘ydi. Sovuq edi. Juda sovuq…

— Nari… kechir meni… — dedi u, ovozini ushlay olmay. — Men seni sevganimni ayta olmadim… Men seni asrab qololmadim…
Tea yuzini Nari qo‘liga bosib, qattiq yig‘ladi. Ko‘z
yoshlar choyshabni ho‘l qildi. Xonada faqat uning qichqiriq-yig‘isi yangrardi.

— Men seni “meniki” deb atadim… Lekin aslida men seni yo‘qotdim… — deya o‘zini aybladi u. — Endi meni kechirmaysan… endi men hech qachon seni quchoqlay olmayman…

U shu on anglab yetdi: Nari butun umri davomida faqat ozodlikni xohlagan edi. Tea esa uni zanjir bilan asrab qolmoqchi bo‘lgandi. Natija esa… fojia.

Epilog

Oradan yillar o‘tdi. Tea har safar shahar chiroqlariga qaraganida Nari tabassumini eslardi. Yolg‘iz, ichidan ezilib yashardi.

U hech qachon o‘zini kechirmadi. Chunki eng sevgan ayoliga eng katta azobni o‘zi berganini yaxshi bilardi.

Nari esa Tea qalbida abadiy yara bo‘lib qoldi.

Nari ketganidan keyin hamma narsa o‘zgardi.

Tea endi hech qachon avvalgidek bo‘lmadi. U shahar ko‘chalarida yurarkan, har bir chiroq, har bir billboard unga Narini eslatardi. Bir vaqtlar hamma narsani nazorat qilaman, deb o‘ylagan yigit endi faqat bo‘shliq va pushaymonlik bilan yashardi. U kuchli, sovuq odamdek ko‘rinsa-da, ichida sinib ketgan edi.

Idol esa sahnada yaltirab turganicha, qo‘llarini ko‘tarib, muxlislariga jilmayar edi. Ammo ich-ichida har bir qo‘shiq Nari uchun kuylanar, har bir tabassum ortida chuqur iztirob yashirar edi. U Narisiz porlashni yutqazish deb bilardi, lekin uni eslashdan ham voz kecholmasdi.

Kompaniya esa yangi yuzlar, yangi loyihalar bilan mashg‘ul bo‘ldi. Ular uchun Nari oddiygina bitta tugallanmagan sahifa edi. Ammo Tea va idol uchun Nari hayotlari davomida unutilmaydigan ismga aylandi.

Bir kecha Tea yolg‘iz ko‘chada yurarkan, osmonga qaradi. Yulduzlar yaltirab turardi. Shu payt yelkasiga shamol tegdi, go‘yo kimdir asta pichirlab o‘tayotgandek:

"Men ozodman… Endi men abadiyman."

Tea ko‘z yoshlarini yashirmadi.
Hamma narsa o‘zgargan edi.

Nari ketgan bo‘lsa ham, uning sevgisi, iztirobi va erkinlikka intilishi — ularning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborgan edi.

The End. 🌙

Ko‘zlaringda so‘nggi tabassum,
Yuragingda so‘nggi dard,
Sen ozodlikka intilding,
Ammo taqdir berdi gard.

Tea qoldi pushaymon bilan,
Hyunjin qoldi iztirob ila.
Dunyo esa davom etdi,
Sen ketding yulduzlar qila.

Endi shamol sening ovozing,
Yulduz — sening nigohing.
Chiroqlar orasida yurib,
Biz seni eslab yig‘laymiz.

Sen ozodsan, Nari.
Sening isming — abadiy.

The end