Mila butun tun uxlamaydi. Soojinning nigohi, ovozi, uydagi soyasi — hammasi miyasında aylanadi. “Men yana o‘sha maktabdagi qiz emasman,” deydi u o‘ziga. Ertasi kuni u yashirincha boshqa shaharga ketish rejasini tuzadi. Telefon raqamini o‘zgartiradi. Ijtimoiy tarmoqlarni o‘chiradi. Kvartirani sotishga qo‘yadi. Ketish kuni kechasi… Telefon jiringlaydi. Yangi raqam. Hech kim bilmasdi bu raqamni. — “Qochyapsanmi, Mila?” Uning qo‘llari titraydi. — “Bu sog‘lom emas, Soojin. Bu sevgi emas.” Qarshi tomondan sokin nafas eshitiladi. — “Men seni himoya qilyapman. Sen hali ham meni sevishingni bilaman.” Mila ko‘z yoshlarini artadi. — “Sevgi qo‘rqitmaydi.” U qo‘ng‘iroqni o‘chiradi.

Bir kechasi men deraza yonida kitob o‘qib o‘tirganimda birdan chiroqlar o‘chib qoldi. Yuragim qattiq ura boshladi. Qorong‘ulik ichida kimdir derazadan tashqariga qarayotganini his qildim.

Kompaniya binosidan chiqayotganida Nari yuragi allaqachon hapriqib ketgan edi. Uning qaroridan oldin ikki olov o‘rtasida qolishini bilardi.