Tungi qoʼngʼiroq
Shkaf eshigi yopilgach… jimlik cho‘kdi.
Men hali ham ichkaridaman deb o‘ylagandim.
Lekin ko‘zlarimni ochganimda, o‘zimni karavotda yotgan holda topdim.
Hammasi oddiy.
Tong yorishgan.
Deraza yopiq.
Shkaf yopiq.
Go‘yo kechagi voqea tush bo‘lgandek.
— “Hammasi tush edi…” dedim o‘zimga.
Telefonim yonimda yotardi.
Ekranda bitta bildirishnoma:
1 ta o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroq – 02:47
Yuragim muzlab ketdi.
Qo‘ng‘iroq tarixini ochdim.
Noma’lum raqam.
Davomiyligi: 00:00
Demak, javob bermaganman.
Demak… kechagi suhbat bo‘lmagan?
G‘alati o‘zgarish
Hammomga kirib oynaga qaradim.
Yuzim o‘sha. Ko‘zlarim o‘sha.
Lekin bo‘ynimda tirnoq izlari bor edi.
Yangi.
Qizarib turgan.
Men o‘zimni tirnamaganman.
Sekin qo‘limni bo‘ynimga tekkizdim.
Shu payt telefonim vibratsiya qildi.
Xabar.
Noma’lum raqam:
“Bugun javob berma.”
Qo‘llarim muzlab ketdi.
Agar javob bermagan bo‘lsam… u qayerdan biladi?
Tashqaridagi narsa
Kech tushdi.
Men telefonni o‘chirib qo‘ydim.
Soat 02:46.
Bir daqiqa qoldi.
— “Bu safar ko‘tarmayman,” deb pichirladim.
02:47.
Telefon o‘chiq.
Lekin jiringlash ovozi xonada yangradi.
U stol ustida emas.
U mening ortimdan kelayotgan edi.
Sekin orqaga o‘girildim.
Shkaf eshigi ochiq.
Ichkarida qorong‘ilik.
Va o‘sha yerda… telefon ekrani yaltirab turardi.
Ichkaridan.
Ekranda yozuv bor edi:
“Kechikding.”