February 17

Tungi qongʻiroq

“Tungi qo‘ng‘iroq”

Ep 1

Men oddiy Universitet talasi edim. Men kamtar va chiroyli qiz, lekin oʼziga yarasha sirli men kamgap va aqlli qiz edim. Soʼngi haftadan boshlab men oʼzimni gʼalati his qila boshladim. Bir kuni kecha soat 02:47 edi. Telefonim jiringlab uyg‘otdi. Ekranda noma’lum raqam. Odatda bunday paytda javob bermayman, lekin ichimda nimadir majbur qilgandek tugmani bosdim.
— “Uyingda yolg‘izmisan?” — past, xirillagan ovoz.
Hazil deb o‘yladim. Do‘stlarimdan kimdir prank qilayotgandir.
— “Ha. Kim bu?”
Bir necha soniya jimlik. Keyin sekin kulgi.
— “Derazangni tekshir.”
Yuragim tez ura boshladi. Sekin pardani ochdim. Ko‘chada hech kim yo‘q. Qorong‘u. Faqat fonar nuri ostida tebranayotgan daraxt soyasi.
— “Hech kim yo‘q.”
— “Men tashqarida emasman.”
Telefon qo‘limdan sirg‘alib tushay dedi. Orqamdagi shkaf eshigi sekin g‘ichirladi.
Men yolg‘iz yashayman.
Uyga kelganimda barcha eshiklarni qulflagandim. Ichkarida hech kim bo‘lishi mumkin emas edi.
— “Sen… qayerdasan?”
Nafas olish ovozi. Juda yaqin. Go‘yoki qulog‘im yonida.
Shu payt telefon ekrani o‘chdi. Zaryad tugamagan edi. Xona birdan sovib ketdi. Nafasim oq bug‘ga aylandi.
Orqamdan pichirlash eshitildi:
— “Orqangga qaramagin.”
Albatta qaradim.
Shkaf eshigi ochiq. Ichkarisi qorong‘i. Lekin qorong‘ilik ichida nimadir bor edi. Ko‘zlar. Oqartgan, harakatsiz, tikilib turgan ko‘zlar.
Men qotib qoldim.
Telefon yana jiringladi. Bu safar qo‘limda emas — stol ustida. Ekranda o‘zimning ismim yozilgan.
Javob berdim.
— “Endi joy almashamiz.”
Shkaf ichidagi narsa sekin tashqariga qadam qo‘ydi.
Va men o‘zimni… shkaf ichida ko‘rdim.
Telefonimni ushlab, qorong‘ilik ichida titrab o‘tirardim. Tashqarida esa “men” turardi. U tabassum qildi. Yuzim bilan. Lekin ko‘zlari meniki emas edi.
Eshik taqilladi.
Qo‘shnimning ovozi eshitildi:
— “Hammasi joyidami? Chinqirgan ovoz keldi!”
Men baqirishga urindim. Ovoz chiqarmoqchi bo‘ldim.
Lekin tashqaridagi “men” javob berdi:
— “Hammasi yaxshi.”
Shkaf eshigi sekin yopildi.
Qorong‘ilik ichida telefon ekranida so‘nggi xabar paydo bo‘ldi:
“Endi navbat keyingisiga.” 😈

Sen qoʼngʼiroqga javob bera olasanmi?